9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun
9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun
Amir Temur - dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strateteg va siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson.

1363 yilda Tug‘luq Temurning vafoti Movarounnahr uchun bo‘lgan kurashlarni kuchaytirib  yuboradi. Lekin    mo‘g‘ul   bosqinchilari  osonlikcha  Movarounnahr yerlarini  bermasliklari ma’lum  edi.  Shu munosabat  bilan  Amir Temur  va Tug‘luq  Temur vafotidan  so‘ng  Movarounnahrdan  haydalgan Amir  Husaynning birlashgan  qo‘shinlari 1365  yilda  Ilyosxo‘ja qo‘shinlariga  qarshi  ittifoqlikda kurash  boshlaydilar. Toshkent  va  Chinoz oralig‘ida  bo‘lgan  mashhur «loy  jangi» ittifoqchilar  o‘rtasidagi kelishmovchilik  tufayli  mag‘lubiyat bilan  tugaydi. 

 

Ushbu voqealardan  so‘ng  Amir Husayn  va  Amir Temur  o‘rtasida  dastlabki  ixtilof   boshlanadi.      «Loy   jangi»da     g‘alabaga    erishgan  Ilyosxo‘ja  uchun  Movarounnahrga keng yo‘l ochilgan edi.

 

       U  katta qo‘shinlar  bilan  Samarqandga yurish  boshlaydi.  Bu paytda  Samarqanddagi  Mavlonzoda va  Abu  Bakr boshliq  sarbadorlar  Ilyosxo‘jaga qarshi  chiqadilar.     Mahalliy  aholining  vatanparvarlik       namunalarini  ko‘rsatib qarshilik  qilganliklari  tufayli Samarqandni  bir  oz qamal  qilib  turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrni butunlay tark etishga majbur bo‘ladilar.

      Movarounnahrda mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan g‘alaba haqida xabar eshitgach,  Amir  Temur va  Amir  Husayn Movarounnahrga  yo‘l  olib Samarqand  yaqinidagi  Konigil  degan   joyda   sarbadorlarning   rahbarlari  bilan   uchrashadilar.   Bu uchrashuvda o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari hiyla yo‘li bilan  o‘ldiriladi.  Movarounnahrda  Samarqand taxtini  Amir  Husayn egallab,  uning  hukmronligi tiklanadi.  Shu  vaqtdan boshlab  Amir  Husayn va  Amir Temur o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashib ketadi.

 

       Bu  vaqtga kelib  butun  Movarounnahr yerlarida  o‘zaro  urushlardan so‘ng  ijtimoiy-iqtisodiy   ahvol  og‘irlashib   ketgan   edi.  Mana   shunday   bir  vaqtda,  mamlakatda  o‘zaro urushlarga  barham  beradigan markazlashgan  davlat  tizimini barpo  etish  nihoyatda zarur  edi.  Buni birinchi  bo‘lib  anglagan Amir  Temur   Amir Husaynga  qarshi  zimdan kurash  olib  borib 1370  yilda  Movarounnahr taxtini egallashga muvaffaq bo‘ladi.

Vatan  haqida   qayg‘urish,   Vatan  mustaqilligini   tiklash   haqidagi fikrlar  shu  yillar yuzaga  chiqib,  Amir Temur  Balx  shahrida chaqirilgan  qurultoyda Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi. Biroq  mamlakatda ahvol  og‘ir  edi. Movarounnahr  hududi  hali mo‘g‘ul  istilochilaridan   batamom    xalos   bo‘lmagan,  qashshoqlikka       mahkum     etilgan mehnatkash  xalq  og‘ir kunlarni  boshidan  kechirmoqda edi.    Amir  Temur taxtga  o‘tirgach,  birinchi harakatni  mamlakatni  mo‘g‘ul istilochilaridan  ozod  qilib, mustaqil  markazlashgan  davlatni   barpo  qilishga    qaratdi.  Mamlakatni boshqarishda yangi va mukammal tartib qoidalar joriy qildi. 1370  yildayoq Amir  Temur  Samarqand shahar  devorini  qurdirishga 

kirishadi. Shuningdek, qo‘rg‘on va saroylar binoqildiradi. Bu qurilishlar  mo‘g‘ullar istilosidan 150 yil keyingi birinchi qurilishlar edi.

Amir Temur davlatining tashkil topishi

Amir  Temur   O‘rta   Osiyoda  markazlashgan   davlat   tashkil  qilishda, ma’rifat ishlarini rivojlantirishda katta rol o‘ynadi.

      Temur     o‘z   tasarrufida      markazlashgan        davlatni     yuzaga   keltirish  maqsadida Kesh shahridan Samarqandga ko‘chib o‘tib, uni Movarounnahrning  poytaxtiga aylantiradi.  Sohibqiron  aniq, muloxazalari    bilan    xalqni zulmdan  ozod qilish  va  uzoq yillik boshboshdoqlik hukmron bo‘lgan yerda markazlashgan   davlat  tuzish   mushkulligini   sezganligi  sababli   dastlab mamlakatni  tashqi xavfdan  saqlash  maqsadida asosini  barlos  urug‘lari tashkil  etgan yengilmas  va  jangovor milliy  qo‘shin  to‘zadi, ularga  katta imtiyozlar beradi.

      Temur  davlat boshqaruvida,  ichki va  tashqi  siyosatda asosan  o‘z  qo‘shinlariga suyanganligi  sababli harbiy  islohotga,  ya’ni qo‘shin  boshliqlarini  tanlash, lashkar  qismlar, ularning  joylashishi,  askarlarning qurollanishi  va  harbiy intizom  masalalariga keng  e’tibor  bergan. U  qo‘shinlarini  o‘nlik, yuzlik, minglik kabi  askariy  birikmalarga bo‘lgan.  Uning  uchun har  bir  askar jang qilish  uslublarini  yaxshi bilishi  farz  hisoblagan. Amir  Temur  lashkarlarga ham katta  e’tibor berib,  ular  nizomni qat’iy  bajarishi,  jangda ayovsiz  va  dovyurak bo‘lishi,  dushmanga  yumshoq muomalali  va  adolatli bo‘lishi  lozim  deb hisoblardi.   Ibn   Arabshohning   yozishicha,  Temur   askarlari   ichida  taqvodor, saxovatli, xudojo‘y  kishilar  ko‘p bo‘lgan.  Ular  bechoralarga xayru  ehson ko‘rsatish, boshgaog‘ir kunlar tushganda yordam qo‘lini cho‘zish, asirlarga yumshoq muomalada  bo‘lish va  ularni  ozod etishga  odatlanganlar.  Amir Temur  doim  jangda jasorat  ko‘rsatgan  amirlar va  askarlarga  alohida e’tibor  bilan  qaradi.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook