просмотров
Natijada Sohibqiron uyushqoqlik hukm surgan yuz minglik qo‘shinlari ichida intizomni mustahkamlash bilan o‘z davlatining poydevori bo‘lgan qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘ldi.
Temur Movarounnahr taxtini egallagan vaqtdan boshlab, o‘z davlati chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Shu maqsadda u Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni o‘z tasarrufiga oladi. Xorazmga besh marotaba yurish qilib, 1388 yilda unibutunlay bo‘ysundiradi, bu yerda hukmronlik qilayotgan sufiylar sulolasini tugatadi. Temur o‘zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni o‘z tasarrufiga oladi. 1394-1395 yillarda OltinO‘rda xoni To‘xtamishga qarshi yurish qilib, uning ko‘p sonli qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi va Oltin O‘rda hududini egallaydi.Temurning bu g‘alabasi Oltin O‘rdaga juda katta zarba berish bilan birga Temur qo‘shinlarining Volga daryosi bo‘ylarida bemalol yurishlariga ham keng yo‘l ochdi. Ta’kidlash joizki, Temurning bu g‘alabalari tarix sahnasida ulkan ahamiyat kasb etdi.
AmirTemur 1398 yilda Hindistonga qilgan yurishida Dehli shahrini, 1400 yilda Suriyaga qilgan yurishida g‘alaba va Bayrut shaharlarini, 1401 yilda Damashq shahrini egallaydi. 1402 yilda usmoniylar imperiyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi yurishida uni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba bilan Temur Yevropaning usmoniylar asoratiga tushishini bir necha o‘nyillar orqaga surib yubordi.
Temur 1404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga keladi va Xitoyga yurish uchun harbiy taraddud ko‘radi. Shubhasiz, Temur bu yurish uchun o‘zoq yillar tayyorlanib, jang uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni yillar davomida to‘plagan edi. 1404 yilda Temur 200 minglik qo‘shin bilan Xitoy safariga otlandi. Ammo Temurning qattiq betobligi tufayli uning qo‘shinlari 1405 yilning yanvar oyida Xitoyga yaqin bo‘lgan chegara shahar O‘tror shahrida to‘xtaydilar va shu yerda 1405 yilning 18 fevralida buyuk sohibqiron Amir Temur vafot etadi. Vafotidan oldin o‘g‘illariga shunday vasiyat qiladi:
“O‘g‘illarim! Millatning ulug‘ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va tadbiq eting. Millatning dardiga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va Ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsun. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkularini ko‘rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas...”
Amir Temurning xarami
Saroy Mulk xonim Chig‘atoy ulusiga mansub bo‘lgan mo‘g‘ul xonlaridan Qozonxonning qizi bo‘lib, 1341 yilda tug‘ilgan edi. Saroy Mulk xonim balog‘atga yetgach, 1355 yilda amir Husayn o‘z nikohiga kiritadi. 1370 yilda amir Husayn qatl qilingach, Amir Temur nikohiga kiradi. Zotan, sohibqiron Amir Temur mazkur Saroy Mulk xonim tufayli “Kuragon” unvoniga musharraf bo‘ladi. Kuragoniborasi mo‘g‘ulcha so‘z bo‘lib, “kuyov” degan ma’noni ifodalar edi. Saroy Mulk xonim xon avlodiga mansub bo‘lgani tufayli haramdagi barcha malikalardan ulug‘ hisoblanib, “katta xonim” (Bibixonim) degan unvonga ega bo‘ldi . Saroy Mulk xonim o‘z zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat sohibasi bo‘lgan.
Shuningdek, husn-latofat bobida ham benazir bo‘lgan. Amir Temur o‘zining ulug‘ bekasi Saroy Mulk xonimga atab 1399-1404 yillar mobaynida Samarqanddamashhur
Bibixonim masjidini qurdirgan edi. Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulk xonimdan farzand ko‘rmagan.
Сообщения из Facebook