9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun
9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun
Amir Temur - dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strateteg va siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson.

Shohrux Mirzo

Shohrux Mirzo Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li bo‘libu 1377 yil tug‘ilgan.  Uning  onasi Tag‘oy  Turkon  Og‘odir. U  yoshligidan Saroy Mulk Xonim tarbiyasida  bo‘lgan. U  20  yoshida otasining  Falastin  yurishida qatnashadi.  1397 yilda unga Xuroson, Seyston va Mozandaron hokimligi topshiriladi.

   U  yoshligidan shariatga  qattiq rioya  qilgan. Shuning  uchun Temur uni  valiaxd qilishni xush ko‘rmagan edi. Temur vafotidan keyin taxtga davogar bo‘ladi va Pir Muhammad bilan sulh tuzib Xalil Sultonga yurish qilgan edi. Pir Muhammad  vafotidan so‘ng o‘zi kurasha boshlaydi. 1409 yilga kelib Samarqandni oladi va  o‘g‘illariga  hududlarni bo‘lib  berib,  o‘zi Hirotga  qaytadi.  Uning davrida  mamlakat bir muncha gullaydi va poytaxtni Hirotga ko‘chiradi. U ko‘pincha davlat ishlarini xotini Gavharshod bilan boshqarar edi.

      Ancha qarib qolgandan keyin taxt vorisini tayinlay olmay qoldi, xotiniga esa  nabirasi Alouddavla  Mirzoni  mo‘ljallagan ekani haqida aytadi.  U o‘z ajali  bilan 1447 yilda vafot etadi.

     Ulug‘bek   Mirzo  Shoxruh Mirzoning to‘ng‘ich   o‘g‘lidir.  U 1394   yilda tug‘ilgan. Unga Muhammad Tarag‘ay deb ism beradilar. Keyinchalik o‘zgarib ketadi.

1398   yilda besh  yoshli Ulug‘bekni  otasi  uni   Sharafiddin Ali Yazdiyning tarbiyasiga topshiradi. U yoshligidan kitob o‘qishga qiziqqan. 

       1404 yil 10 yoshda bo‘lganida unga Og‘o Begimni unashtirish marosimi bo‘lib  o‘tadi. 1404  yilning  kuzida Temur  Xitoy  yurishida Sayram,  Avliyo  ota, Ashpardan to Xitoy chegarasigacha Ulug‘bekka in’om qiladi. Ammo Temur 1405 yilda vafot etadi. 1409 yilda Ulug‘bek Movarounnahr hukmdori bo‘lgach otasining ham yurishlarida ishtirok etmay qo‘yadi. 1413 yil Ahmad Mirzo taklifga binoan kelmaganligi  uchun Farg‘onaga  qo‘shin  tortadi va  g‘alaba  qozonadi.1425 yilda Mo‘g‘ulistonga qarshi yurish boshlaydi. U bu jangda ham g‘alaba qozondi. 1426 yilda esa    Baroq  o‘g‘longa qarshi  kurashadi  va yengilib  Samarqandga  qaytadi. 1447 yil vafot etdi.  

     Ibrohim  Mirzo  Shohruh Mirzoning  2  o‘g‘lidir. U  1394  yilda tug‘ilgan.  Uning   onasi  To‘ti   begim   edi.   Shohruh Mirzo 1409   yilda Xalil  Sulton  Mirzodan Movarounnahrni  tortib  olgach, unga  Balx  viloyati hokimligini topshiradi. U tabiatan muloyim ochiq ko‘ngil edi. Sharafiddin Ali Yazdiy ham o‘z "Zafarnoma"sini uning huzurida birqancha vaqt yozadi va asarda to‘xtalib o‘tadi.

     Ibroxim  Mirzo  1435 yil  40  yoshida kasal  bo‘lib vafot  etadi. Undan  uch  o‘g‘il qoladi. Sulton Abu Isxoq Mirzo, Ismoil Mirzo, Abdullo Mirzolar edi. 

     Boysung‘ur Mirzo Shoxruh Mirzoning 3 o‘g‘lidir. U 1397 yilda tug‘ilgan.  U  tabiatan o‘qimishli  odam  edi. 1414-1416  yilgacha  Mozandaron, Astrobod  va Jurjon viloyatlarida hokimlik qiladi.

   1416-1420yilgacha   Hirotda   otasiga  vazirlik  qiladi.   Vazirlik  paytida  Hirotda kutubxona tashkil qiladi. 1431 yilda otasi unga Astrobod hokimligini  topshiradi. Keyingi  davrlarda  kasalllika    chalinib  1433  yilda vafot  etadi.  Undan uch o‘g‘il qoladi, Alouddavla Mirzo,Abulqosim Bobur Mirzo va Sulton  Muhammad Mirzolardir.

 

     Suyurg‘atmish   Mirzo  Shoxruh  Mirzoning   4   o‘g‘lidir.  U   1398   yilda tug‘ilgan. Onasi Mulkat Og‘o begimdir. U yoshlik davrini otasining hashamatli  saroyida o‘tqazadi. U avval otasi saroyida xizmat qiladi keyinchalik esa 1418  yilda Qobul hukmdorligini oladi. 

      Biroq 1426 yil u to‘satdan og‘rib, vafot etadi. Undan 2 o‘g‘il qoladi, Ma’sud  Mirzo va Qorachar Mirzolardir. 

     Muhammad  Juki  Mirzo Shohruh  Mirzoning  5 o‘g‘lidir.  U  1403 yilda  Hirotda  tug‘ilgan. Onasi  Gavharshod  begim edi.  U  yoshligidan kasalmand  va nimjon bo‘lib  o‘sdi. 1419  yilda unga  Mo‘g‘uliston  sobiq xoni  marhum  Sham’i Jahonning  qizi  Mehr Nigor Og‘oni  nikoh qiladilar. U  Baroq  O‘g‘longa qarshi  yurishida ishtirok etadi. 

    1433  yilda Shohruh   Mirzo   o‘g‘li Muhammad  Jukiga Garmser  va afg‘onlar  viloyatini  topshiradi. 1443  yilda  esa Muhammad Juki Balx  viloyatini  hokimi etib tayinlanadi. 1445 yilda 45 yoshida vafot etadi. Undan uch o‘g‘il qoladi, Ali Mirzo, Muhammad Qosim Mirzo va Abubakr Mirzolardir.  


Amir  Temur  saltanati  tarixiy zarurat  edi.   Ijtimoiy  hayot, xalqlarning hayoti tarzi shunday buyuk bir shaxsning dunyoga kelishini kutar edi.   Turon,   binobarin,   Mavorounnahr, Eron,   Ozarbayjon,   Xuroson mo‘g‘ullar  oyog‘i ostida  ingrar,  najot istar  edi.  Shunday najot  farishtasi  Temur  bo‘ldi.   U   tarix  sahnasiga   chiqib,  Turon  zaminini   mo‘g‘ullardan  tozaladi. 

   Amir   Temur davrida   madaniyat,  san’at, ilm fan gurkirab o‘sdi  va rivojlandi. Jahongir qayerga bormasin o‘sha yerdan eng qo‘li gul ustalarni, hunarmand va san’atkorlarni, shoiru olimlarni ozor yetkazmay olib keldi, ularni  tarbiyalab  voyaga yetkazdi.  Uning  davrida Samarqand  yer  yuzining sayqaliga,  Buxoro   islom  dinining   quvvatiga   aylandi.  Turon  yurti o‘z madaniy taraqqiyoti bilan jahonning ko‘zini qamashtirdi.

 

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook