просмотров
Umar Shayx Mirzo
Umar Shayx Mirzo Amir Temurning 2-o‘g‘li bo‘lib 1356 yilda tug‘ilgan. Umar ShayxMirzoning onasi To‘lin Og‘odir. Umar Shayx Mirzo harbiy ishlarga iqtidori yuksak bo‘lib, mohir chavandoz va tolmas jangchi bo‘lgan. Shu bois bo‘lsa kerak, uning jangovarlik faoliyati haqida ko‘pgina naql va rivoyatlar yozib qoldirilgan.
1370 yilda sohibqiron Amir Temurning Husayn ibn Musallabga qarshi olib borgan jangida 15 yoshli Umar Shayx Mirzo alohida jangovarliknamunasini ko‘rsatgan. Shuningdek, u Farg‘onada mo‘g‘ullarga qarshi ko‘pgina janglarda ishtirok etadi. U o‘zining mardligi bilan sohibqiron qo‘shinida ustuvor sarkarda bo‘lgan.
Umar Shayx Mirzo Sirjon qal’asini muhosara qilish ishini amir Idigu barlosga topshirib, o‘zi Sherozga keladi. Sherozda ishonchli kishilardan amir Sanjaq huzuriga kelib, uni fors mamlakatlarini zabt qilish ishiga mutassadi qilib, so‘ngra otasi sohibqironning huzuriga jo‘naydi. Umar Shayx Mirzo Kurdistondan o‘tib borayotganda, yo‘lchekkasidagi Harmotu qal’asiga ko‘zi tushadi. Qal’ani yaqinroqdan tomosha qilish niyatida bir tepalikka chiqib, qal’a tomon nazar tashlaydi. Shu payt qal’a ichidan otilgannogahoniy o‘q Mirzoning qulog‘i tagidagiko‘k tomiriga kelib tegadi va Umar Shayx Mirzo shu zahoti jon beradi.
Umar Shayx Mirzo jasadini avval Sherozga muvaqqad dafn qiladilar. Keyinchalik marhum Umar Shayx Mirzoning xotinlari Sevinch Qutlug‘ Og‘o begim, Beka Mulk Og‘o begim va Mulkat Og‘o begimlar hamda hali voyaga yetmagan (sag‘ir) o‘g‘li Iskandar Mirzolar jasadni Sherozdan Keshga (Shahrisabz) olib keladilar va temuriylar xonadoni uchun maxsus qurilgan daxmaga dafn qiladilar.
Marhum Umar Shayx Mirzodan olti o‘g‘il qoladi. Ularning kattasi Pir Muhammad Mirzo 16 yoshda edi. Undan keyingilari Rustam Mirzo, Iskandar Mirzo, Ahmad Mirzo, Saidi Ahmad Mirzo va Boyqaro Mirzolar edi. Amir Temur Fors mamlakatining hukmdorligini 16 yoshli Pir Muhammad Mirzoga topshiradi.
Pir Muhamad Mirzo Umar Shayx Mirzoning katta o‘g‘li bo‘lib, 1379 yilda tug‘ilgan. Otasi vafotidan so‘ng fors xukmronligi unga topshiriladi. Sherozga xukmronlik qila boshlaydi.
1400 yilda Amir Temur Pir Muhamad Mirzoni harbiy yurishlariga chaqiradi. Pir Muhamad Mirzoo‘zini kasallika solib bormaganligi sababli uni hokimlik vazifasidan chetlashtiradi. Faqat 1403 yilda Pir Muhamad Mirzoga Sherozni qaytarib beradi. UkasiIskandar Mirzo bilan Umar Mirzo qarshi urush olib boradilar va sulx asosida qutulib qoladilar.
PirMuhamad Mirzo ukasi Iskandar Mirzoga Yazd viloyatini beradi. 1409 yilda Pir Muhamad Mirzo Xuziston mamlakatini zabt etadi.
PirMuhamad Mirzo Sheroziyni Xoja Husayn Sharbatdor ismli amiri bor edi. Ana shu ko‘rnamak amir Xoja Xusayn bir necha yomon odamlar bilan til biriktirib, qorong‘u tunda odil podshohzodaning chodiriga kirib, uni qatl qildiradi. Pir Muhamad Mirzo 31 yoshida halok bo‘ladi. Undan 2 o‘g‘il qoladi:
Kattasi Umar Shayx Mirzo, kichigi Solih Mirzolardir.
Umar Shayx Mirzo 1398 yilda tug‘ilgan edi.
1408yilda Pir Muhamad Mirzo Isfaxon viloyatining hokimligini Umar Shayx Mirzoga in’om qiladi. Umar Shayx Mirzo1429 yilda 31 yoshida Xurosonda vafot etgan.
SolihMirzo 1406 yilda tug‘ilgan. U otasi o‘limidan so‘ng Shoxruh Mirzo saroyida xizmat qilgan. U Alouddavla Mirzo hamda Abdulatif Mirzo o‘rtasida jangda Chechektudagi harbiy qo‘shinga bosh edi. Abdulatif Chechekni mag‘lubiyatga uchratgach u Xirotga qochadi va1452 yilda 46 yoshida vafot etadi.
RustamMirzo Umar Shayx Mirzoning 2 o‘g‘lidir. U 1381 yilda tug‘ilgan. 1403 yilda Temur unga Isfaxon hukmronligini beradi. Abubakr Mirzoga qarshi kurashdaqo‘shinlari qattiq shikastlanadi.
U o‘zbeklaridan Sayd barlosni fitnasini payqagach uni ko‘zini ko‘r qilib qal’ada saqlar edi, ammo u uning bir ko‘zi ko‘rishi tufayli qochib Sheroz qal’asiga qochadi. Pir Muhammad uni o‘z himoyasigaoladi. Bundan xafa bo‘ladi va ukasi Iskandar bilan Pir Muhammadga qarshi qo‘shin tortadi. 1410 yilda aka- ukalar o‘rtasida muzokara chiqib jangda mag‘lub bo‘ladi va Qaro Yusuf turkman xuzuriga panoh izlabketadi. 1412 yilda Rustam Mirzo Qaro Yusuf huzuridan qaytib Tabriz orqali
Isfaxonga keladi. Uning amiri Xoja Ahmad kutib oladi. Rustam Mirzo Xoja Ahmadnio‘ldirtiradi. Shu voqeadan so‘ng isfaxonliklarning Rustam Mirzodan ihlosi qaytadi. Ayni vaqtda IskandarMirzo Isfaxonga qo‘shin tortib kelayotgan edi va Rustam Mirzo yengilishni bilgach Xuroson tomonga ketadi. 1412 yilShoxruh Mirzo yonida panoh topadi. Shu paytda Iskandar Mirzoni tutib Shohruh Mirzo huzuriga keltiradilar. Ukasiga tegishli yerlar Rustam Mirzoga o‘tadi hamda ukasi unga topgshiriladi. Rustam Mirzo uni ko‘ziga mil torttirib ko‘r qiladi.
1415 yilda Boyqaro Mirzoning qo‘shiniga bas kela olmasligini bilib ukasini qatl qildiradi. Boyqaro Mirzo qarshilik befoyda ekanligini bilib Shoxruh Mirzoga bosh egib keladi va uning yerlari Rustam Mirzoga o‘tadi.1424 yil vafot etadi. Undan 2 o‘g‘il qoladi Usmon Ali Mirzo, Sulton Ali Mirzo. .
IskandarMirzo Umar Shayx Mirzoning 3 o‘g‘lidir. U 1384 yilda tug‘ilgan. Onasi Mulkat Og‘o begim edi. 1403 yilda Amir Temur Iskandar Mirzoni Hamadon viloyatiga hokim qilib tayinlagan edi.
1407yilda Pir Muhammad ukasini Iskandar Mirzoni qamoqqa oladi va Yazd viloyatidagi barcha xazinalarni Sherozga keltiradi. Iskandar Mirzoni qo‘loyog‘ini bog‘lab, Hirot dorissaltanasiga yuboradi. Biroq, u yo‘lda qochdi va Rustam Mirzo bilan birlashdi. 1409 yilda ularni ikkalasini ham Pir Muhammad mag‘lubiyatga uchratadi. U Xuroson sari qochadi.
Keyinchalik Andxo‘y atrofiga keladi va u yerning hokimi Sayyid Ahmad uniAndxo‘ydagi ekanligini Shoxruh Mirzoga maktub orqali bildiradi. 1410 yilda akasi Pir Muhammad yoniga qaytadi va akasio‘ldirilgandan keyin uning o‘rniga taxtga o‘tirdi. 1411 yilda uKermon viloyatiga karab yo‘l oldi va sulh tuzulib Sherozga qaytadi. 1412 yildaesa Iskandar Mirzo Qum vilotiga qarab yo‘l oladi va shu asnoda mag‘lubiyatga uchrab poytaxtni Isfanxonga ko‘chiradi.
Iskandar Mirzoning Pir Ali Mirzo degan o‘g‘li bo‘lgan. U 1400 yilda tug‘ilib, otasining vafotidan keyin 1415 yilda olamdan o‘tadi.
Ahmad Mirzo Umar Shayx Mirzoning 4 o‘g‘lidir. U 1388 yilda tug‘ilgan. U 1404 yilda Temurning Xitoyga yurishida o‘ng qo‘li bo‘lgan. Temur vafotidan keyin u Shohruh Mirzo xizmatida bo‘ldi. 1409 yilda Hisor viloyatini bo‘ysuntirish uchun jo‘natadi. Shu yildan e’tiboran Farg‘ona hukmronligini oladi. Urushlardan so‘ng u 1416 yil Hirotga qaytib keladi. Uni qamalda ushlaydilar. U Ka’batulla ziyoratiga yo‘l oladi va qaytib kelmaydi, 1425 yilda o‘sha yerda vafot etadi.
Saydi Ahmad Mirzo amirzoda Umar Shayx Mirzoning 5o‘g‘lidir. U 1391 yilda tug‘ilgan. Otasi vafotidan so‘ng Shoxruh, Mirzo mulozamatida bo‘lgan. Unga Shibirg‘on viloyatini suyurg‘ol qilib bergan. U 1429 yilda vafot etadi. Uning Ahmad Mirzo va Usmon Mirzo degan o‘g‘li bo‘lgan.
BoyqaroMirzo Umar Shayx Mirzoning 6 o‘g‘lidir. U 1393 yilda tug‘ilgan. Uning onasi Mulkat og‘o begimdir. Otasi vafot qilganda u endigina 1 yoshda edi. Amir Temur vafotidan so‘ng u Shoxruh Mirzo huzurida mulozamatda bo‘ladi.
1414 yilda Shoxruh Mirzo Hamadon hukumatini, Vuruja va Nehovand qal’alari hamda butun Luristonni suyurg‘ol qilib beradi. U 1415 yilda Sherozga yuradi. Uni amirlar hamda qozilar kutib oladi va darvozani ochib beradilar.
1423 yil uni Samarqandga Ulug‘bek huzuriga jo‘natadilar va Ulug‘bek Mirzo farmoniga ko‘ra uni qatl qiladilar. Undan 3 o‘g‘il qoladi - Muzaffar Mirzo, Muhammad Mirzo, G‘iyosinddin Mansur Mirzolardir.
Mironshoh Mirzo
Mironshoh Mirzo Amir Temurning 3 o‘g‘li bo‘lib, 1366 yil tug‘ilgan. U Temurning Xurosonga yurishlarida 14 yoshidanoq ishtirok etgan. Xarbiy kuchni yaxshi egallagan. 1393 yil Temur Shimoliy Eron, Iroq va Zakavkaziyani Mironshoxga topshiradi.
Abubakr Mirzo 1382 yil Mironshohning mo‘g‘ul xotinidan tug‘ilgan. Temur uni otasini o‘rniga taxtga o‘tqazganda unga tegishli yerlar ko‘payadi. Ukasi unga nisbatan dushmanlik ruhida qaraydi va akasini 1405 yilda Umar Mirzo tomonidan qal’aga qamatadi va tegishli boylikva xaramlarini oladi.
Keyinchalik Sultoniyani qo‘lga kiritgach Umar Mirzoga tegishli beklar tomonga o‘tadi. 1408 yilda Qora Yusuf bilanbo‘lgan jangda yengiladi.
Umar Mirzo Mironshoh Mirzoning 2 o‘g‘lidir. U 1383 yilda tug‘ilgan. Xurosonda Shoxruh Mirzo mulozamatida bo‘ladi.1407 yilda vafot etadi. Xalil Sulton Mirzo Mironshoh Mirzoning 3 o‘g‘lidir. U 1384 yilda tug‘ilgan. U yoshligidan Saroy Mulk Xonimni tarbiyasida bo‘lgan. U juda shijoatli bo‘lgan, bobosining Hindistonga yurishida 15 yoshidan ishtirok etgan. U Temurning1399-1404yilgi 7 yillik urushlarida faol qatnashadi va 1402 yilda Turkiston chegaralarini qo‘mondonligini topshirgan edi. 1405 yilda Temur vafot etgach u o‘zqo‘shinlari bilan Samaqand taxtini egallaydi. U 1411 yil vafot etadi. Undan bir o‘g‘il qoladi.
Iyjal Mirzo Mironshoh Mirzoning 4 o‘g‘lidir. U 1387 yilda tug‘ilgan. 1415 yil aprel oyining boshida qandaydir kasalga uchrab, uch kun yotib, 11 aprel 1415 yilda Ray shaharida vafot etadi.
Suyurg‘atmish Mirzo Mironshoh Mirzoning 5 o‘g‘lidir. U 1399 yilda tug‘ilgan. U biron viloyatga hukmronlik qilmasdan 1411yil vafot etgan.
Sulton Muhammad Mirzo Mironshox, Mirzoning 6 o‘g‘lidir. Uni qachon tug‘ilib va qachon vafot etgani noma’lum. U haqida faqatgina Bobur Mirzoning mashhur “Boburnoma” asarida to‘xtaladi. Lekin Shohruh Mirzo hayotlik davrida tuzilgan "Nasabnoma"da Mironshoh Mirzoning Sulton Muhammad Mirzo nomli o‘g‘li bo‘lganligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Unga ko‘ra undan bir o‘g‘il qolganligi aytib o‘tiladi.
Сообщения из Facebook