Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (1-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (1-qism)
Biz hayot kechirayotgan dunyo shunchalar ajoyibki, undagi mo’jizalar kishini lol qilib qo‘yadi. Bugun ana shu ajoyibotlar haqidagi ajoyib faktlar bilan tanishib olishingiz mumkin.

1. Germaniyaning Gamburg shahri ko‘priklar miqdoriga ko‘ra dunyo bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.Ushbu shaharda 2300 dan ziyod ko‘priklar bo‘lib, ularning soni Venetsiya, Amsterdam va Londondagi ko‘priklar miqdori birga olinganidan ham ko‘proqdir.

 2.Yevro banknotining teskari tomonida ko‘priklar tasvirlangan. Bular real obektlarning fotosuratlari emas, shunchaki turli me’moriy uslublarning chizma tasvirlaridir. Ular bir banknot muayyan uslubga bag’ishlangan. 2011 yili Gollandiyadagi Speykenisse shahrida me’mor Robin Stam rangli betondan foydalangan holda yevrolardagi barcha yettita ko‘prikni bunyod etgan.

3. Dunyodagi eng sersuv daryo Amazonkaning uzunligi 7000 kilometr bo‘lsa-da, unga bironta ham ko‘prik qurilmagan edi. 2010 yildagina Amazonkaning irmog‘i Riu-Negru ustiga ko‘prik qurildi. Manaus portini Iranduba shahri bilan bog‘laydigan ushbu ko‘prikning uzunligi 3595 metrni tashkil etadi.

4. Norveg ijodkori Veborn Sand Leonardo da Vinchining loyihasi bo‘yicha piyodalar ko‘prigini qurgan. Buyuk italyan ijodkori ushbu ko‘prik loyihasini Usmonlilar imperiyasi sultoni Boyazid II uchun ishlab chiqqan edi. 240 metr uzunlikdagi ushbu ko‘prik Konstantinopoldagi (hozirgi Istanbuldagi) Oltin Shox ko‘rfazi ustiga qurilishi lozim edi. Loyiha amalga oshirilmay qolgan, biroq 5 asrdan so‘ng kichraytirilgan o‘lchamda norveglar tomonidan amalga oshirildi.

5. Fanda absolyut nol, ya’ni -273,15 daraja harorat tushunchasi mavjud. Yaqingacha ushbu harorat nazariy hisoblanardi. Biroq fan mutaxassislari laboratoriya sharoitlarida rodiy bo‘lagini absolyut nolga uch daraja yetmagan haroratgacha sovuta olishdi. 

6. Sayyoramizdagi eng sovuq harorat Antarktidadagi «Vostok» stantsiyasida 1983 yili qayd etilgan.U yerda Selsiy bo‘yicha -89,2 daraja sovuq kuzatilgan. Yer yuzidagi eng sovuq shahar esa Yakutsk shahridir. Bu yerda qishda -40 daraja sovuq o‘rtacha ko‘rsatkich hisoblanadi.

7. 1709 yili Parijda o‘sha paytda ixtiro qilingan termometrlar ushbu hudud uchun rekord ko‘rsatkich -24 darajani ko‘rsatgan. Mahalliy bino muzga aylangan,ibodatxonalardagi qo‘ng’iroqlar esa chalingan paytda darz keta boshlagan.

8. Insonterisi +17 darajagacha sovuganida sovuqdan og’riqni his qiladi. Inson ko‘zlari ayozda yoshlanishi mumkin, lekin muzlamaydi. Chunki sovuqni qabul qiluvchi asab to‘qimalari ko‘zlarda mavjud emas.

9. Havo harorati -20 darajagacha soviganida metall buyumlar unga tegingan odamda lahzalik yaxlash paydo qiladi. G‘oyatda sovuq havoda og’ir jimoniy mehnat yoki sport bilan shug’ullanish salomatlik uchun zararli. Yilning ayozli paytida parhez tutishni ham keyinga surgan ma’qul, chunki och odam to‘q kishiga nisbatan tezroq sovqota boshlaydi.

10. Jahondagi eng mashhur reklama muzeyi Parijda joylashgan. Dastavval u afishalar muzeyi sifatida faoliyat yuritishi ko‘zlangan edi. Hozirda uning kolleksiyasida XVIIIasrdan hozirgi davrgacha mansub 100 mingdan ortiq plakatlar mavjud. Muzey eksponatlarining bir qismi doimiy ko‘rgazmaga qo‘yilgan, qolganlari esa muzey qarashli bo‘lgan Les Arts Decoratifs kompaniyasi uyushtiruvchi namoyishlarda taqdim etib turiladi.

11. Braziliyaning yirik shaharlaridan biri San-Pauluda tashqi reklama taqiqlangan. Shahar ko‘chalarida bilbordlar, plakatlar, reklama bannerlari umuman yo‘q. Shuningdek shahar ko‘chalarida varaqalar va risolalar tarqatish ham man etilgan.

12. Birinchi bosma e’lon 1472 yili Angliyada paydo bo‘lgan. U London shahridagi cherkovlardan biriga osib qo‘yilgan bo‘lib, diniy kitob sotilishi haqida xabar qilar edi.

13. Reklama sohasida fotografiyadan foydalanish 1839 yili AQShda boshlangan. Jurnallardan birida Toasted Corn Flakes makkajo‘xori qalamchalari qutichalarining suratlari e’lon qilingan.

14. Birinchi neonli peshlavha 1912 yili Parijda o‘rnatilgan edi. U Monmartrdagi sartaroshxonalardan birining peshtoqiga qo‘yilgandi. Neon gazidan reklama borasida foydalanish esa farang olimi Jorj Klod tomonidan mutlaqo tasodifan kashf etilgan.

15. Internetdagi birinchi banner 1994 yil 27 oktyabrda Hotwired onlayn jurnalining saytida joylashtirilgan edi.

16. Choy daraxti moyi aslida Tibetdan kelib chiqqan. Ushbu moydan ajoyib totli ichimlik- choy ham tayyorlanadi. Tibetda ushbu choydan kuniga 50-60 finjongacha ichiladi. Uning tarkibida choy daraxti moyi, tuz va quruq choy mavjud bo‘ladi.

17. Insoniyat tarixidagi eng birinchi qaynoq shokolad ichimligini chili qalampiri va makkajo‘xori qo‘shilgan holda tayyorlashgan. Shokolad urug’lari haqidagi dastlabki ma’lumotlar qadimgi maya qabilalarining miloddan avvalgi V asrga doir manbalarida qayd etilgan.

18. Eng birinchi taomlar retseptlari jamlangan kitob milodning 62 yilida rimlik Apitsius tomonidan e’lon qilingan. Ushbu kitobda imperator Klavdiy tanovul qiladigan taomlar bayon qilingan edi.

19. Qadimgi va o‘rta asrlarda Yevropada asaldan boshqa shirinliklar mavjud bo‘lmagan.Faqatgina XII asrga kelibgina shakar iste’molga kiritilgan. Uni salib yurishi qatnashchilari Sharqdan keltirishgan edi. 

20. Dastlabki ketchup 1690 yili Xitoyda yaratilgan. Ushbu ketchup tarkibida pomidor sharbati yo‘q edi va u marinadlangan baliq, mollyuskalar hamda ziravorlardan iborat bo‘lgan.

21. Hammaga ma’lum u mashhur banan aslida daraxt emas, balki ulkan giyohdir.

22. Tropik nok sanalgan avokado esa qushlar uchun nihoyatda zaharli hisoblanadi.

23.  Yer sharida balandligi dengiz sathidan 7200 metrdan yuqori b´lgan kamida yuzta tog’ tizmasi bor. Ularning barchasi Markaziy va Janubiy Osiyoda  joylashgan. Eng balanda cho’qqilar yuzligining balandligi jamlansa, taxminan 83,78 km ni tashkil etadi, ya’ni koinot va Yer o´rtasidagi rasmiy chegaraga 16,22 km yetmaydi xolos.

24. Sayyoramizdagi baland choqqilar yuzligining jamlanma balandligi taxminan 754,5 kmdan iborat bo‘ladi. Bunday balandlikdan deyarli 3,19 ming km uzoqlikda turgan ob'yektni ko‘rish mumkin. Bu degani Toshkentda turgan kishining Moskvani ko‘ra olishini anglatadi.

25. Har bir qit’aning o‘z baland nuqtalari mavjud. Yevropada Monblan, Amerikada Akonkagua, Avstraliyada Kostyushko, Afrikada Klimanjaro, Osiyoda Jomolungma cho’qqilar ieng baland hisoblanadi. Jomolungma, ya’ni Everest cho’qqisining balandligi 8848 metrni tashkil etadi va u butun dunyo bo’yicha ham eng baland nuqta hisoblanadi. 

26. Baland cho’qqilar  qatorida hamon inson tomonidan zabt etilmaganlari ham bor. Butan mamlakatidagi Gangkxar Puyensum cho'qqisi inson qadami yetmagan cho’qqidir. Uning dengiz sathidan balandlig 7570 km ni tashkil etadi.

27. Yer sharidagi eng yirik vulqonli cho’qqi Gavayi orollaridagi Mauna Loa cho’qqisidir.Uning umumiy xajmi taxminan 75 ming kub.km ni tashkil etadi.  Bu degani shuki, unga Kaspiy dengizi hamdaYevropadagi eng yirik chuchuk suvli ko‘l-Ladoga ham birgalikda joylasha olishi mumkin. Mauna Loaning suv usti qismi balandligi 4169 metr. Uning suv osti qismi bilan qo‘shilgan balandligi esa 10203 metrgacha yetishi mumkin. Zero, uning asosiy qismi suv ostida joylashgan.

28. Sayyoramizdagi eng baland faol vulqon Chilida joylashgan Oxos-del-Salado cho’qqisi bo‘lib,uning balandligi 6893 metrdan iborat.

29.O’rgimchaklar hamda qo‘ng’izlar yer yuzida eng ko‘p tarqalgan hashoratlar qatorida turishadi. O’rgimchaklarning  35 mingdan ziyod, qo‘ng’izlarning esa 400 ming turi bor. Ta’kidlash joizki eng katta qo‘ng’izning o‘lchami 17 santimetrdan oshadi. Aksariyat o‘rgimchaklar esa ovchi-yirtqichlar sanaladi va ularning hammasi bir yilda yeydigan hashoratlar vazni sayyoramizdagi barcha odamlarning vaznidan ham kattaroq bo‘ladi.

30.  Yer yuzidagi eng tez uchar hashorat ninachi bo‘lib, uning tezligi soatiga 57 kilometrgacha yetishi mumkin. Sakrashga usta hashoratlar esa chigirtka va burgalardir. Chigirtka o‘z tanasidan 40 barobar uzunroq masofaga, burga esa 130 barobar uzunroqqa sakray oladi.

31. Attacus Atlas kapalagi dunyodagi eng katta kapalakdir. Uning parvoz paytidagi yoyilgan qanotlari kengligi 30 santimetrgacha yetadi.

32. Oddiy asalarilarda 5 ta ko‘z bo‘lib, 3 tasi boshning tepa qismida, 2 tasi old tomonida joylashgan. Asalari qanotlarining tezligi daqiqaga 1100 martagacha yetadi, hozirda dunyo bo‘yicha asalarilarning 20 mingdan ortiq turlari borligi aniqlangan.

33. Suvarak  9 kungacha boshsiz yashay olishi mumkin. Urg’ochi suvarak esa yil davomida 2million donagacha tuxum qo‘yishi qobiliyatiga ega.

34. Yer sayyorasida chumolilarning 9 mingga yaqin turlari bor. Ta’kidlash joizki,chumolilar hech qachon uxlashmaydi.

35. Zaharli hashorat sanalgan setse pashshasi harakatlanayotgan har qanday narsaga hujum qiladi. Qizig'i shundaki ular hech qachon zebralarga hamla qilishmaydi, zero ularni ranglar almashinuvi sifatida qabul qiladi.

36. Malina danakli rezavor bo‘lib, balandligi bir yarim metrgacha yetishi mumkin.Malinaning olti yuzga yaqin navlari mavjud. Bir tup malinadan bir-bir yarim kilogrammgacha hosil yig’ish mumkin.

37. Yuz gramm malina atigi qirq bir kalloriyaga ega buladi. Uning tarkibida inson miyasi va qon-tomir tizimini oziqlantirish uchun zarur fruktoza hamda glyukoza kabi moddalar yetarlicha.

38. Sariq malina qiziliga qaraganda kamroq foydali. Aslida oziq moddalar qora malinada ko‘p bo’ladi. Biroq ushbu nav Amerikada yetishtirilgani bois Yevropa hamda Osiyoda juda kam uchraydi. Aslida dunyo bozorida malina yetishtirish bo‘yicha Rossiya yetakchi sanaladi.

39. Malina eng mazali dori hisoblanadi. Zero, undan tayyorlangan murabbo isitmani tushirish va terlatish xususiyatlariga ega. Qadimdan malina sharbati bilan tomoq kasalliklarini davolab kelishadi.

40. Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, malina tarkibidagi katta miqdorda mavjud vitaminlar, pektin moddalar, efir moylari, olma, limon va salitsil kislotalar, shuningdek saxaroza uning foydalilik, dorivorlik xususiyatlarini yanada kuchaytiradi.

41. Malina yetishtirish bilan antik rimliklar shug’ullanganligi manbalardan ma’lum. Malina haqidagi ma’lumotlar Katon, Pliniy kabi tarixchilarning asarlarida qayd etilgan.

42. Malina kosmetik maqsadlarda ham ko’pdan beri qo‘llanilmoqda. Bu borada malinaning nafaqat hosilida, balki barglari va gullaridan ham foydalaniladi. Malinaning ayniqsa teriga nisbatan ijobiy ta’sirlari g’oyatda kuchli, shu bois uni muntazam iste’mol qilish ayollarga tavsiya etiladi.

43.Yevropalik futbol ishqibozlarining «Ole-ole-ole» hayqirig’i aslida Ispaniyadan kelib chiqqan.  Bu o‘lkada korrida yoki flamenko raqslari vaqtida «Ole» deya xitob qilinardi.  Ushbu so‘z esa VIII asrda Ispaniyani bosib olgan arablar namoz paytida aytuvchi «Olloh» so‘zining transformatsiyasi sifatida paydo bo‘lgan.

44. Taniqli musiqachi Xulio Iglesias yoshligida darvozabon sifatida Madridning «Real» klubi darvozasini  himoya qilgan.  Biroq uning futbol sohasidagi faoliyatiga 20yoshida nuqta qo‘yildi. Zero, u avto halokat tufayli 3 yil shifoxonada yotdi.  Falaj holatida bo‘lgan Xulioning faqat qo‘llarigina erkin ishlardi.  Oqibatda ugitara chalishni o‘rgandi va keyinchalik mashhur san’atkor sifatida tanildi.

45. Futbol rasmiy ravishda dunyodagi oltita mamlakatda taqiqlangan.  Ular qatorida Afg’oniston, Kampuchiya hamda Grenlandiya ham bor.  Shuningdek, sokker, ya’ni yevropacha futbol o‘ynashga AQShning Yuta shtatida ruxsat etilgan, faqat stadion cherkovdan kamida 1,5 mil uzoqlikda bo‘lishi shart.  Beysbol, golf va amerikacha futbol uchun ushbu masofa yarim milga teng. 

46. Italiyadagi Asti shaharchasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvida hujumchi Maskio koptokni tepolmay yerni titib yubordi. Natijada uning oyog’i qattiq shikastlandi.  Tuproqni tekshirilganda bu yerda g’oyatda qimmatli, tarixiy ahamiyatga ega skelet borligi aniqlandi.  Maskio pul mukofoti hamda «Arxeologik tadqiqotlarga ishtiyoqi uchun» nishoni bilan taqdirlandi. 

47. 2005yili Angliya ligasining kubogi finalida stadionda shovqin kuchliligi rekordi qayd etildi.  «Liverpul» o‘yinchisi Riis«Chelsi» darvozasiga gol urgan paytdagi hayqiriq kuchi 130,7 detsibelga yetdiva «Ginness rekordlar kitobi»ga kiritildi.

48. Beshik qadim davrlardanoq, ko‘chmanchilik zamonidan beri ishlatib kelinadi. Zero,ushbu anjom bolali ayollarning mushkulini yengillatib, ularning xo‘jalik ishlari bilan shug’ullanishlari uchun katta shart-sharoitlar yaratardi.

49. Beshiksozlik hunari ham o‘ziga xos malakani, yetarlicha bilimu tajribani talab qiladi. Zero,beshikni yasashda kerakli yog’ochdan tortib qurilmaning o‘ziga xos sinoatlarini ham bilish zarur.

50.Turlicha shakldagi yog’och detallarni yasash, ularni mohirona birlashtirish,tashqi bezaklarga ishlov berish beshiksozdan ko‘p narsani talab qilishi shubhasiz.

51. Beshik chaqaloq uchun nihoyatda qulay anjomdir. Maxsus tuvak hamda sumak go‘dakning o‘ziga zararsiz holda, quruq o‘rinda uxlashini ta’minlaydi. Beshikning tebranma harakatli ekanligi esa bolani tinchlantirishga, tezroq uxlashiga ko‘maklashadi.Shuningdek, maxsus yopinchiqlar va to‘shamalar chaqaloqni turli hashoratlar bezovta qilishidan ham muhofazalaydi.

52. O’zbekiston hamda Qirg’izistonda alohida ahamiyatga ega marosimlardan biri «beshik to‘yi» hisoblanadi. Chaqaloq ilk bor beshikka belanadigan kunda o‘tkaziluvchi ushbu marosimda uning ona tomonidan qarindoshlari go‘dakning ota uyiga turli sovg’a-salomlar bilan tashrif buyurishadi, kerakli rasm-rusumlar bajariladi. Chaqaloqni birinchi bor beshikka belash sharafiga katta yoshli, serfarzand ayollardan biri munosib ko‘riladi. «Beshik», «alla» so‘zlari onalik alomatlariga aylanganligi bejiz emas, albatta.

 53. Mashhur jahongir Aleksandr Makedonskiy Hindistonga yurishidan so‘ng limon mevalaridan o‘z yurtiga jo‘natadi va ular Yevropada «hind olmasi» deya nomlanadi. Chunki o‘sha paytdagi limonlarning mazasi nordon emas, shirin bo‘lib, ularni aftni bujmaytirmay yesa ham bo‘lar edi.

54. Taniqli sayyoh Jeyms Kuk Britaniya Admiralligi tomonidan dengizchilarni S vitamini tanqisligi tufayli qo‘zg’aladigan xavfli kasallik - singadan qutqarish yo‘lini topganligi uchun qirollik jamiyatining oltin medali bilan taqdirlangan. Ko’k dengiz sayohatlariga limonlar olib ketishni taklif qilgan. O’sha paytdan beri Britaniya dengizchilariga «limonchilar» deb laqab qo‘yilgan.

55. Atoqli kompozitor Dmitriy Shostakovichni bir kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II choyga taklif qiladi. Mashhur bastakor choyni ichib bo‘lgach, finjondagi limon bo‘lagini ham yeb qo‘yadi. Ushbu holat yig’ilganlarni lol qoldiradi, chunki limon bo‘lagini finjonda qoldirish kerak edi. Biroq Yelizavetta II ham haqiqiy qirolichadek ish tutadi. U bastakordan so‘ng o‘z limon bo‘lagini ham yeydi, natijada qolganlarga ham shunday qilishga to‘g’ri keladi. Hozirda esa bu odat an’anaga aylangan.

56. Ispanlar apelsinni o‘zaro baxtli muhabbat timsoli deb hisoblashadi.  Limon esa javobsiz muhabbat ramzi sanaladi.  Shilqim muxlisiga oyimqiz o‘zining unga nisbatan javob tuyg’ulari yo‘qligiga ishora ma’nosida limon sovg’a qilish mumkin.

57. XVIII asrda badavlat rus zodagonlari Gollandiyadan limonli noyob ne’mat -marinadlangan limonlar keltirishga buyurtma berishardi.  Hindistonda limonlarni marinadlash ularni saqlashning eng ishonchli usuli sanaladi.

58. MDX mamlakatlaridagi barcha transport vositalarining 70 foizga yaqini dizel yonilg’isi bilan harakatlanadi. Sababi shuki, dizel yonilg’isi benzindan ko‘ra ancha tejamli, shu bilan birga ikki barobar arzon. Biroq hozirgi kunda bir litr dizel yonilg’isining narxi AI-92 rusumli benzin narxidan yuqori.

59.Venesuelada yonilg’ining bir litri atigi 2 sent turadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari aholisi esa bir kecha-kunduzda benzinga deyarli bir milliard dollar sarflashadi. Dunyo bo‘yicha yonilg’iga qo‘yilgan eng baland soliq Buyuk Britaniyada bo‘lib, u 188 foizni tashkil etadi.

60. Dizelli dvigatel olmon muhandisi Rudolf Dizel tomonidan ko‘plab sinovlar va xatolar yo‘li orqali yaratilgan. U o‘zi yaratgan dvigatel uchun yaroqli yonilg’i topishga juda ko‘p vaqt sarflagan. 

61. Xozirgi paytda yonilg’i sifatida tobora ko‘proq qo‘llanilayotgan tabiiy gaz asosan metandan shakllantiriladi. Shuningdek, unga etan, propan, butan va pentan ham qo‘shilishi mumkin. Tabiiy gaz qazib olinadigan yonilg’i turlari ichida eng tozasi hisoblanadi.

62. Yonilg’i xomashyosining asosiy turlari neft, tabiiy gaz va ko‘mirdir. Butun dunyo bo‘yicha neftning qolgan zahiralari (hali ochilishi mumkin bo‘lgan konlarni hisobga olmagan holda) 1150 milliard barreldan oshmaydi.

63. Neft nafaqat qora, balki yashil, jigarrang, qizil, hatto umuman rangsiz bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, u suyuq holatdan tashqari qattiq va gazsimon holatlarda ham uchraydi.

Oltin qazib olish aslida g’oyat murakkab, chunki u tabiatda aytarlicha ko‘p uchramaydi. Butun dunyo bo‘yicha bir soatda eritib olingan po‘lat miqdori insoniyatning butun tarixi davomida olingan oltin miqdoriga teng bo‘ladi.

64. 2011yili dunyo bo‘yicha oltin qazib olish 2,8 ming tonnani tashkil etdi. Eng ko‘p oltin Xitoy, Avstraliya va AQShda topildi. Insoniyatning butun tarixi davomida150 ming tonnadan 200 ming tonnagacha oltin qazib olingan.

65. Xozirgi paytda dunyo bo‘yicha bank zahiralari 32 ming tonna oltin qiymatiga teng baholanadi. Jahondagi eng ko‘p oltinga ega davlatlar AQSh (8.1 ming tonna),Germaniya (3.4 ming tonna) hamda Xalqaro Valyuta jamg’armasi (2.8 ming tonna) hisoblanadi.

66. Jahondagi eng katta tabiiy oltin bo‘lagi 1872 yili Avstraliyada topilgan. 25x63 santimetr o‘lchamlarga hamda 70 kilogramm vaznga ega ushbu yaxlit bo‘lakni «Uzoq kutilgan sayyoh» deb atashdi.

67. Oltin eng cho‘ziluvchan, lekin g’oyatda og’ir metall. 1 gramm oltindan 3 kilometr uzunlikdagi sim yasash mumkin. Tomonlari 37 santimetrli oltin kubi esa 1 tonna og’irlikka ega bo‘ladi.

68. Mutaxassislar hisobiga ko‘ra, dunyo okeanlarida 10 milliard tonnadan ziyod oltin mavjud. Bu degani shuki, dengizlardagi har kub milyaga 25 tonna oltin to‘g’ri keladi.

69. Oz miqdordagi oltinni yesa ham bo‘ladi. Osiyodagi ayrim mamlakatlarda mevalarga, jelega, qahva va choyga oltin qo‘shiladi. Dunyodagi eng qimmatbaho gamburger tarkibiga ham oltin qo‘shilgan.

70. Dunyodagi eng qimmatbaho yong’oq makadamiya hisoblanadi. Birinchidan, unga nafaqat oziq-ovqat, balki kosmetika sanoatida ham ehtiyoj katta. Ikkinchidan uni terish va qayta ishlash g’oyatda og’ir ish. Makadamiya Avstraliyada dastlabki yevropaliklar paydo bo‘lganidan beri g’oyatda qadrlanib kelinadi.

71. Seyshel yong’og’i deb ataluvchi meva aslida Seyshel palmasi hosilidir. U tabiatdagi eng katta yonqoq sanaladi. Uning og’irligi 30 kilogrammgacha, pishish vaqti esa 10 yilgacha yetishi mumkin. Seyshel palmasining o‘zi 800 yil umr ko‘radi. Ushbu meva Seyshel orollari davlatining timsoliga aylangan.

72. Bostondagi Tafts universiteti olimlari bodom qondagi «yomon xolesterin» miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega ekanligini isbotlashdi. Shuningdek, bodom tarkibida foydali omega-3 yog’ kislotalari mavjudligi bois miyaga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Qadimgi Misr gullab-yashnagan paytlarda bodom mag’zini faqat fir’avnlar va ularning a’yonlarigina tatib ko‘rishardi, chunki uning narxi g’oyatda qimmat edi. Ispaniyada hozirda ham bodom oliy maqom yong’oq sanaladi.

73.Boshqa barcha yong’oqsimonlardan farqli o‘laroq kashtan nisbatan yog’siz va kam kaloriyalidir. Uning 60 foiz tarkibi uglevodlardan iborat. Kashtanlar dunyoda g’oyatda ommalashgan taom sanaladi. Fransiyada har yili kashtanlar festivali o‘tkazilib, ularni butun mamlakat bo‘yicha qovurib pishirishadi. Iste’molga faqat yaroqli kashtan navi olinadi, oddiylarini esa yeyish mumkin emas, chunki ular odamni nihoyatda kuchli zaharlashi mumkin. Yer sayyorasida shaharlar odamlardan ko‘ra kam, biroq ular ham butun quruqlikning 1 foizga yaqin maydonini egallaydi.

74. Aholisiningmiqdori bo‘yicha jahondagi eng katta shahar Xitoyning Shanxay shahridir. Statistikaga ko‘ra, 2011 yil oxirida bu yerda 23 431 000 kishi yashagan.Taxminlarga ko‘ra, hozirgi kunda bu miqdor million kishiga ko‘p.

75. Egallagan maydoniga ko‘ra eng katta shahar Avstraliyadagi Sidneydir, uning umumiy maydoni 12144.6 kvadrat kilometrdir. Dunyodagi eng kichik shahar esa Xorvatiyadagi Xum shahridir. Uning aholisi soni 25 kishigacha boradi.

76. Uzunligiga ko‘ra eng katta shahar Meksikaning Mexiko shahri bo‘lib, uni to‘g’ri kesib o‘tish uchun 200 kilometrdan oshiq yo‘l bosib o‘tish kerak.

77. Jahondagi eng yuqorida joylashgan shahar La-Rinkonada (Peru) shahri. U dengiz sathidan 5100 metr balandlikda joylashgan. Barcha shaharlardan eng past joylashgani esa o’lik dengiz sohilidagi Neve-Zoar (Isroil) shahri bo‘lib, u dengiz sathidan 395 metr pastlikda joylashgan.

78. Dunyodagi eng shimoliy shahar sifatida Shpitsbergen arxipelagining ma’muriy markazi -Longyir (Norvegiya) shahri qayd etiladi. Eng janubiy shahar esa Argentinadagi Olovli Yer hududida joylashgan Ushuayyadir.

79. Dunyodagi eng qimmat shahar Shveytsariyadagi Syurix shahri hisoblanadi.

80. Dunyodagieng yirik shahar aglomeratsiyasi Yaponiyadagi «Tokio-Iokagama» majmui bo‘lib,bu yerda 37 126 000 kishi yashaydi.

81. Insonlar turli-tuman narsalarni jamlab, kollektsiyalar yig’ishadi. Egalari uchun ushbu kollektsiyalar hayot ma’nosiga ham aylanadi deyish mumkin.

82. Kimoshdi savdosida sotilgan eng qimmatbaho xususiy kollektsiya 207.4 million dollarga sotilgan. Biroq eng qimmatli va qadrli kollektsiya sifatida mashhur ixtirochi Tomas Edisonga qarashli  patentlar kollektsiyasi hisoblanadi. Ushbu kolleksiyada ixtirolarning 4000 patenti mavjud bo‘lib, ularning barchasi Tomas Edisonga tegishli.

83. Dunyodagi eng mukammal kollektsiyalardan biri hozirda Ermitaj muzeyida saqlanayotgan 2000 to‘plamdan iborat o‘yin kartalari kollektsiyasidir.

84. Dunyodagi eng birinchi kolleksiya qadim ilmiy asarda tavsiflangan o‘simliklar kolleksiyasi sanaladi. Ushbu kolleksiyaning egasi faylasuf Aristotel bo‘lgan. U ko‘plab mamlakatlardan keltirilgan giyohlarni yig’ib tavsiflagan.Kollektsiyaning asosiy ta’minotchisi Aleksandr Makedonskiy bo‘lgan.

85. Moliya dahosi Devid Rokfeller bolaligidan hashoratlarni kollektsiya qilish bilan shug’ullangan. Xozirda ushbu kolleksiyada 157 000 turdan ortiq hashorat bo‘lib,uning bahosi taxminan 2.7 milliard dollarni tashkil etadi. Qizig’i shuki, aynan Rokfellerning o‘zi uchta yangi turdagi hashoratni kashf qilgan va ularning ikkitasiga uning nomi berilgan.

86.Dunyodagi eng katta kolleksiya - tramvay vagonlari kollektsiyasi bo‘lib, uning egasi Filadelfiya shahrida yashaydi, lekin hech kim uning nomini bilmaydi. Yana bir noyob kolleksiyalardan biri oq fillar kolleksiyasidir. Ma’lumki 1767 yili Birma qiroli Siam qiroliga qarshi aynan uning qimmatbaho oq fillar kolleksiyasiga havas qilgani bois ham urush ochgan.

87. 1983 yil 9 iyulda AQShda tug’ilgan osyotr ovlangan eng katta chuchuk suv balig’i sanaladi. Uning og’irligi 212,28 kilogrammni tashkil etgan. Ushbu rekord Xalqaro baliqchilik uyushmasi tomonidan rasman qayd etilgan.

88. Qarmoqda ushlangan eng katta suv jonivori oq odamxo‘r-akulaning vazni 1208 kg, uzunligi esa 5,13 m edi. Ushbu o‘ljani 1959 yil 21 aprelda Janubiy Avstraliyadagi Dinael-Bey qo‘ltig’ida 58 kilogrammlik leska yordamida Elf Dian tutgan.

89. 1978 yil iyun oyida uzunligi 6,2 metr, og’irligi 2268 kg bo‘lgan oq akula Azor orollaridagi San-Migel gavanida baliqchilar tomonidan garpun yordamida ovlanib,qirg’oqqa olib chiqilgan.

90. 1910 yili Avstraliyadagi Tufold- Bey qo‘ltig’ida Archer Devidson tomonidan moviy kit garpun bilan o‘ldirilgan. Ushbu kit shunday tarzda halok etilgan eng katta suv jonivori bo‘lib qoldi. Uning uzunligi 29,56 metrni, birgina jag’ suyagi uzunligi esa 7,1 metrni tashkil etgan.

91. Afrikada belkurak va cho‘kich yordamida ham baliq ovlanadi. Ushbu qit’adagi ayrim mintaqalarda protopter deya nomlanuvchi baliq yashaydi. Quruqlikda yashashga ham qodir bu baliq qurg’oqchilik davri o‘tgunicha balchiq qatlamining chuqur tubiga ko‘milib oladi. Ularni kuraklar bilan qazib ovlab mahalliy aholi iste’mol qiladi yoki ma’lum vaqtgacha saqlanishi uchun yana ko‘mib qo‘yishadi.

92. Dunyodagi eng baland sharshara Anxel nomi «farishta» ma’nosini anglatadi, u joylashgan tog’ esa, qarangki, Auyantepui, ya’ni «Iblis tog'i» deb ataladi.

93. 1848yili Niagara sharsharasi bir kecha-kunduzdan ko‘proq vaqt to‘xtab qolgan. Zero, g’oyat katta muzlik Niagara daryosi suvini to‘sib qo‘ygan edi. Shuningdek, sharshara Shimoliy Amerika fuqarolarini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi muhim havza hamdir.

94. Norvegiya haqli ravishda sharsharalar mamlakati hisoblanadi; Chunki dunyodagi eng yirik yigirmatta sharsharadan yettitasi ushbu mamlakat hududida joylashgan.

95. Sayyohlar diqqatiga sazovor xush manzara sharsharalardan biri Shotlandiyada bo‘lib, «KiltFolls» deya ataluvchi ushbu sharsharaning suvlari to‘g’ridan-to‘g’ri Atlantika okeaniga tushib turadi.

96. Mashhur sayyoh Livingston tomonidan topilgan va ingliz qirolichasi sharafiga nomlangan Viktoriya sharsharasida shunday qoya borki, bu joydan faqat sentyabr va dekabr oylaridagina suvga sakrash imkoni bo‘ladi.

97. Antik Rim davrida Italiya hududida inson qo‘li bilan Kaskata dele Mramore sharsharasi bunyod etilgan. U hozirda ham odamzod yaratgan eng baland sharshara sanaladi. Balandligi esa 165 metrni tashkil etadi.

98. Quyosh tizimidagi eng baland tog’lar Yer sayyorasida emas, boshqa sayyoralarda joylashgan. Jumladan Marsdagi Olimp cho‘qqisi 21.2 kilometr balandlikka ega.Galaktikamizdagi eng baland cho‘qqi esa Vesta asteroidida joylashgan Reyasilviya cho‘qqisi bo‘lib, u 22 kilometr balandlikka ega.

99.  Yer sayyorasidagi Jomolungma (Everest)cho‘qqisi 8848 metr balandlikka ega holda kurramizning eng baland nuqtasi sanaladi.

100. Sayyoramizda dengiz sathidan hisoblaganda 7200 metrdan ziyod balandlikli 100 dan ortiq cho‘qqilar mavjud. Agar eng baland cho‘qqilar yuzligining balandligi jamlansa,754.5 kilometrli cho‘qqi hosil bo‘ladi. 

101. Sayyoramizdagi eng baland cho‘qqi Himolay tog’larida joylashgan va balandligi 8000 metrdan ziyod Annapurna sanaladi. Statistika bo‘yicha, uni bo‘ysundirishga intilgan har to‘rt alpinistdan biri halok bo‘lgan.

102. BMT 57- Bosh Assambleyasining 2003 yanvaridagi qaroriga ko‘ra, har yili 11 dekabrda Xalqaro tog’lar kuni nishonlanadi.

103. Butan mamlakatidagi Gangxar Puyensum cho‘qqisini hozirga qadar bironta ham alpinist zabt eta olmagan. Alpinistlar eng ko‘p chiqadigan cho‘qqi AQShdagi Monadnok cho‘qqisi 965 metr balandlikka ega va u boshlovchi alpinistlar orasida mashhur.

104. Sayyoramizdagi eng yirik vulqonli tog’ Gavayi orollaridagi Mauna Loa bo‘lib, uning hajmi taxminan 75 ming kub kilometrga teng. Bu shuni anglatadiki, unga butun Kaspiy dengizi va yana qo‘shimcha ravishda Ladoga ko‘li ham joylashishi mumkin.

105. Rang-barang shirinliklarning tayyorlanishi ko‘p jihatdan qandolatpaz, konditer tomonidan ado etiladi. “Konditer” so‘zi italyancha “kandiyere” “shakarda qaynatmoq” so‘zidan olingan. Zero, qandolatpazlik ham aynan shakardan boshlangan. XV asr oxiri - XVI asr boshlarida qandolatpazlik Italiyada, aynan Venetsiyada g’oyatda rivojlandi. Bunga qadar Yevropaga shirinliklarni arablar olib kelishardi. Aynan arablar dunyodagi eng qadimgi qandolatpazlar sanaladi, chunki shakar ularga 850 yildan boshlab ma’lum edi. 

106. Dunyodagi eng katta konfetni Gummi vear Factory firmasi qandolatpazlari yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Bo‘yi 1.68 metrli ayiq-konfetni yaratish uchun ularga 4 tonna vaznli qolip kerak bo‘ldi. Konfetning o‘z og’irligi esa 633 kilogrammni tashkil etdi.

107. Chupa-chups shirinligi nafaqat Yer sayyorasida balki koinotda ham shuhrat qozongan. 1995yili “Mir” orbital stantsiyasidagi fazogirlar shirinliklar yuborishni so‘rashadi. Olimlar tomonidan eng xavfsiz qandolat namunasini topish bo‘yicha jiddiy tadqiqotlar o‘tkazildi. Oqibatda Chupa-chups konfetlari vaznsizlik holatida ham xavfsiz ekanligi bois “Chupa-Chups” kompaniyasiga yanada zo‘r shuhrat keltirdi.

108. “MasterFud” kompaniyasi tomonidan eng katta konfetlar qutisi tayyorlangan. Kengligi 1.5, uzunligi 2.5 metr bo‘lgan qutiga 800 kilogramm shokolad konfetlari joylashgan.

109.Turkiyadagi Alajaxoyuk qishlog’i yaqinida qazishmalar olib borayotgan arxeologlar nogoh 3250 yil avval qurilgan to‘g’on borligini aniqlashdi. Qarangki, to‘g’onni tiklashga muvaffaq bo‘lindi va u hozir ham odamlarga sug’orish borasida ko‘mak bermoqda.

110. Las-Vegas shahrida 48 kilometr masofada AQShning diqqatga sazovor joylaridan biri - Guver to‘g’oni joylashgan. Ushbu inshootni ko‘rish uchun har yili kamida 9 million sayyoh tashrif buyuradi. Ko‘rish uchun 9-11 dollarlik chipta xarid qilish kifoya. 1935 yili ishga tushirilgan mazkur to‘g’on «Transformerlar» va «Universal askar» filmlari kadrlarida ham o‘z aksini topgan.

111.Misrdagi mashhur Asvon to‘g’oni bevosita sobiq Ittifoq qo‘llab-quvvatlashi, ko‘p tomonlama yordami orqali bunyod etilgan. To‘g’on yaqinidagi nilufar guli tarzidagi minora-memorial ushbu hamkorlikning o‘ziga xos yodgorligidir. 11 yil davomida qurilgan to‘g’on hozirda Misrning katta qismini elektr bilan ta’minlab turadi. Shuningdek, 5 Misr funti evaziga to‘g’onni bemalol tomosha qilish mumkin.

112. Kanadadagi Rober Burass nomidagi to‘g’on balandligi 53 qavatli bino bilan teng. Suv maxsus omborga o‘nta ulkan pog’onalardan oqib tushadi. Xar bir pog’onaning maydoni futbol o‘yingohi o‘lchamlaridan ikki barobar kattadir. Suv ombori va to‘g’on Kanadaning XX asr 70-yillaridagi premer-ministri Rober Burass sharafiga nomlangan.

113. Koinotda bo‘lgan birinchi fazogir mushukning laqabi Fellicette, ya’ni Astromushuk bo‘lib, u 1963 yili Frantsiya tomonidan kosmosga uchirilgan va ushbu parvozni muvaffaqiyatli yakunlagan.

114. Ispaninkvizitsiyasi zamonida Rim papasi Innokentiy VIII mushuklarni «iblis dastyorlari» deb atadi va oqibatda minglab mushuklar yoqib yuborildi. Afsuski, mushuklarning ommaviy qirg’ini kalamushlarning ko‘payib ketishiga sabab bo‘lib,Yevropada «Qora o’lim» (vabo o‘lati) tarqalishiga olib keldi.

115. Xozirda dunyodagi eng qimmatbaho mushukning laqabi Little Nicky bo‘lib uning uchun egasi 50 ming AQSh dollari to‘lagan. Aslida Little Nicky egasining qarilik tufayli o‘lib ketgan mushugidan klonlashtirilgan edi.

116. Mushuksimonlar  oilasiga mansub eng yirik jonivor hozirgi paytda Amur yo‘lbarsi sanaladi. U uzunligi bo‘yicha 3.6 metrgacha, vazni bo‘yicha 320 kilogrammgacha yetishi mumkin.

117. Mushuk qisqa masofalarga soatiga 50 kilometr tezlikda yugura olish qobiliyatiga ega. Shuningdek u o‘z bo‘yidan 5 barobar katta balandlikka ham sakray oladi.

118. Yer yuzida 500 milliondan ziyod uy mushuklari mavjud bo‘lib, ularning qirqqa yaqin zotlari aniqlangan.

119. Atigi7 yil mobaynida bir juft mushuk va ularning avlodlari umumiy miqdorda 420000 dona mushukchalarni dunyoga keltirishi mumkin.

120. «Ginnessrekordlar» kitobiga kiritilgan eng og’ir mushuk avstraliyalik Himmy bo‘lib,uning vazni 21 kilogramm bo‘lgan va 10 yoshida vafot etgan.

121. Tovuqsimonlar oilasi tarkibida 250 dan ziyod turlar mavjud. Tashqi ko‘rinishi hamda o‘lchamiga ko‘ra farqlanadigan turfa qushlar ushbu oilaga mansub. Bedanadan tortib karqur, qirg’ovul kabi yovvoyi qushlar ham tovuqsimonlardan sanaladi. Parrandachilik nafaqat go‘sht va tuxum, balki pat va par olish imkonini beradi. 

122. G’ozlarni xonakilashtirish eramizdan 2 ming yil avval qadimgi Misrda boshlanganligi to‘g’risida ma’lumotlar bor. Ular inson tarafidan xonakilashtirilgan dastlabki parrandalar hisoblanadi.  Keyinchalik G’ozlarni Yevropa, Xitoy, Sibir kabi mintaqalarda ham ko‘paytirila boshlagan.  Birgina Rossiyaning o‘zida g’ozlarning 20 dan oshiq zoti bor. 

123. Kurka ming yil avval Amerikada xonakilashtirilgan. XVI asrda ushbu parranda ispan dengizchilari tomonidan Yevropaga keltirildi.  Kurkaning vazni 5 kilogrammdan 30 kilogrammgacha yetishi mumkin. Amerika qit’asida kurkalarning 2 ta yovvoyi turi ham mavjud. 

124. Yovvoyi kaptarlar Yer yuzida 35 million yil avval paydo bo‘lgan.  Xozirda Yevropa, Shimoliy Afrika, Janubiy Osiyo hamda Kavkazda istiqomat qiladigan ko‘k kaptarlar barcha zamonaviy kaptarlar ajdodi hisoblanadi.  Ko‘plab qadimgi afsonalarda va rivoyatlarda kaptar tez-tez tilga olinadi.  Masalan, Ossiriya malikasi Semiramida o‘limidan so‘ng kaptarga aylanib qolganligi haqida asotir bor.  Falastinda esa kaptarlarni ma’budlar sharafiga qurbonlik qilishgan.  Kaptar yahudiylarda muhabbat va bokiralik, nasroniylarda esa tinchlik va do‘stlik timsoli sanaladi.

125. Tabiiy sof holatda temir Yer sayyorasining ayrim joylaridagina, masalan Grenlandiyaning g’arbida uchraydi xolos. Shuningdek, ba’zan toza temir meteoritlarda ham topiladi. Temir ko‘proq kimyoviy birikmalar tarzida uchraydi. Gematit, getit, magnetit, pirit kabi minerallarga ega ma’danlardan temir olinadi. 

126. Temir- qizil qon tanachalari - eritrotsitlarda mavjdud murakkab oqsil-gemoglobinning tarkibiy qismlaridan biridir. Eritrotsitlar inson tanasida kislorod va boshqa kerakli gazlarni tashib yuradi.

127. Temir kimyoviy reaktsiyalarga yengil kirishadi. U galogenlar, oltingugurt, fosfor va uglerod bilan reaktsiyada bo‘ladi. Toza temir ruxlangan prokat tunukalarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

128. 1813 yili Napoleon bilan urush paytida pruss malikasi Marianna davlat xazinasini to‘ldirishning o‘ziga xos usulini o‘ylab topdi. Nemis ayollariga o‘z tilla taqinchoqlarini «Temir uchun oltinimni beraman» degan yozuvli va temirdan yasalgan taqinchoqlarga almashtirish taklif etildi. Bunday taqinchoqlarni taqish tezda urfga aylandi va sohibasining vatanparvarligini ta’kidlab ko‘rsatardi. Aynan shu g’oya 1813 yili mashhur nemis mukofoti Temir xochning yaratilishiga turtki bo‘ldi. Temir xoch nishonida  qimmatbaho metallardan faqat kumush gardishgina bor edi.

129. Antarktida qit’asidagi Teylor muzligidan vaqti-vaqti bilan qonli sharshara oqib chiqadi.Undagi suv ikki valentli temirga ega bo‘lib, zang hosil qilgan holda suvga qonli-sarg’ish rang beradi. Bu ikki valentli temirni suvda yashovchi bakteriyalar hosil qilishadi.

130. Sahrolar Yer sayyorasi yuzasining 3/1 qismini egallagan. Chilidagi Atakama sahrosining ayrim qismlarida yomg’ir yoqqanligi hech qachon qayd etilmagan. Shu bilan birga ushbu biyobonda 1 milliondan ziyod inson yashaydi.

131. Sahroi Kabirni velosipedda kesib o‘tish bo‘yicha jahon rekordi 2011 yili tegishli masofani (1084 mil) 13 kun 5 soat 50 daqiqa 14 soniyada bosib o‘tgan ingliz fuqarosi tomonidan o‘rnatilgan.

132. Xar yili sayyoramizdagi 46 ming kvadrat milga yaqin ekinzor yerlari iqlimiy o‘zgarishlar, hamda o‘rmonlar kesilishi bois cho‘lga aylanib bormoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, yerlarning cho‘llashuvi 110 mamlakatdagi 1 milliarddan ziyod inson turmushiga tahdid qilmoqda.

133. AQSh dagi Moxave sahrosida Ajal Vodiysi mavjud. Bu joy Shimoliy Amerikaning dengiz sathidan eng past, quruq va issiq nuqtasi bo‘lgani uchun ham shunday nomlangan.

134. Voyaga yetgan toshbaqa sahroda suvsiz 1 yildan ortiq vaqt yashashga va Selsiy bo‘yicha 60 darajagacha issiq haroratga dosh berishga qodir.

135. Sahroi Kabir dunyodagi eng katta cho‘l bo‘lib, uning maydoni 9 million kvadrat kilometrdan ziyoddir. Eng kichik sahro esa Kanadada joylashgan. Ushbu Karkross cho‘lining maydoni atigi 2.6 kvadrat kilometrdir. 

136. Xitoyda joylashgan Taklamakon sahrosida gohida qor yog’ib turadi. Kuzatilgan eng ko‘p qor yog’ishi uzluksiz 11 kun davom etgan.

137. Cho‘llardagi barxanlar yiliga o‘rtacha 7-10 metr tezlikda ko‘chib turadi. Sahrolarda qum bo‘ronlari ham yuzaga keladi, ularning balandligi gohida 200-300 metrgacha yetishi mumkin.

138. Chayonlar dengizdan quruqlikka chiqqan eng qadimgi bo‘g’im oyoqli jonivorlardir. 400 million yil avval ular Jahon okeani suvlarida yashashardi va ularning uzunligi 1 metrgacha yetardi. Ushbu o‘lcham quruqlikka chiqqandan so‘ng kichraygan bo‘lsa-da, gavda shakli o‘zgarmay qolavergan.

139. Qadimgi Bobil taqvimlarida chayonlar rasmlari mavjud. Miloddan avvalgi 1150 yilda burjnomalarda chayon odam paydo bo‘lgan. Qadimgi misrliklarda esa Serket ma’budasi chayonlar hukmdori sanalardi. Ma’buda chayonboshli yoki boshida chayon turgan holda tasvirlangan. Tarixga kirgan birinchi misrlik hukmdor ham «o’liklar kitobi»da ma’lumot berilgan fir’avn yoki podsho Chayondir.

140. Antik Rimda Chayon burjida dunyoga kelganlar shaharlarni bunyod etuvchi yoki vayron qiluvchi deb hisoblanardi. Imperator Tiberiy ushbu burj ostida tug’ilgan edi. Qadimgi Yunon afsonasiga ko‘ra, dengiz ma’budi Poseydonning mashhur ovchi o‘g’li - Orion kibr u havo bilan bu dunyoda o‘ziga hech kim teng emasligini va yo‘lida uchragan har qanday jonivorni o‘ldirishini aytib maqtanadi. Orion so‘zlarini tugatib ulgurmasidan uning oyoqlari yoniga ko‘rimsiz chayon yaqinlashadi. Chayon nashtarini sanchib, maqtanchoqni zaharlab o‘ldiradi. Olimp ma’budlari Orionning maqtanchoqligidan cho‘chishgan edi, shu bois uning o‘limidan mamnun bo‘lishdi. Tashakkur sifatida ular chayonni osmonga ko‘tarib, burjlar qatoriga joylashtirishdi. O’shandan beri Orion o‘z qotilidan yashirinadi, samoda Chayon burji paydo bo‘lishi bilan Orion gorizont ortiga berkinadi.

141. Kaktussimonlar oilasi o‘z ichiga 2.5 ming o‘simlik xilini oladi. Ularning eng kichigi «blossfeldiya» deb ataladi va bo‘yi atigi 1-3 santimetrga yetadi. Eng yirik kaktuslar esa ulkan kaliforniya sereuslaridir. Ularning balandligi 20 metrgacha, yoshi esa 150 yilgacha yetishi aniqlangan. Sereus poyasida ichishga yaroqli 2 tonnagacha chuchuk suv bo‘ladi.

142. Dunyoda yagona ochiq osmon ostidagi kaktus bog’iga mashhur kurort - Monte-Karloga borganda tashrif buyurish mumkin.

143. «Kaktus»  nomini taniqli tabiatshunos olim Karl Linney o‘ylab topgan. Ushbu so‘z har qanday tikanli giyohni anglatuvchi qadimgi yunoncha «kaktos» so‘zidan olingan.

144. Kaktusdan faqat gulchilikda emas, oziq-ovqat sanoatida ham keng, foydalaniladi. Kaktuslar shirinliklar, darmondorilar, shampun va sovunlar, alkogolli ichimliklar hamda boshqa ko‘p narsalarni tayyorlashda kerakli ashyodir. Ishlab chiqarish chiqindilari esa yirik qoramol uchun ozuqa sifatida ishlatiladi.

145. «Vilyams Lofoforasi» deya nomlanuvchi kaktusni Lotin Amerikasidagi ko‘plab hindu qabilalari muqaddas o‘simlik sifatida e’zozlashadi. Ushbu kaktusga duch kelganda albatta salomlashish zarurligiga, yo‘qsa giyoh xafa bo‘lgan holda beodobni duoyibad qilishiga hindular qattiq ishonishadi.

146. Bir fermerning soddaligidan foydalangan olg’irlar unga Oq uyni (AQSh ning bosh binosini) 99 yilga ijaraga berishadi. Buning uchun fermer 100 ming dollar to‘lagan. Ushbu voqea 1925 yili yuz bergan edi.

147. Birtovlamachi Avstraliyadan kelgan tijoratchiga Ozodlik haykalini pullagan! AQSh hukumati ko‘rfazni kengaytirish niyatidaligini va shu bois haykal xalaqit berayotganligini maxfiy ravishda bildirgan muttaham ko‘p o‘tmay ushlanib, besh yil ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lsa-da, qamoqdan keyin umrini farovonlikda o‘tkazgan.

148. Tovlamachi ayollardan biri «Malika Karabu» sifatida tarixda qolgan. Sobiq oqsoch ayol o‘zi uchun chiroyli afsona to‘qib chiqargan va ekzotik mamlakatning malikasi sifatida deyarli uch oy davru davron surgan.

149. Tarix ichra ma’lumu mashhur tovlamachilardan biri - graf Kaliostro. U barchani o‘zining 1800 yoshda ekanligiga ishontirgan va buning sababi mo’jizakor eliksirdaligini aytgan. Graf Kaliostro o‘zining «yoshlik eliksiri» uchun g’oyat katta miqdorda pullar olgan va o‘limi oldidan aslida o‘z peshobini sotganligiga iqror bo‘lgan.

150. Politsiya va boshqa tegishli xizmat mutaxassislarining tasdiqlashicha, Parijdagi Luvr muzeyi qisman yoki butunlay 18 marotaba sotilgan. Sankt-Peterburgdagi mashhur Ermitaj ham kamida 4 marta «sotilgan» yoki «ijaraga berilgan».


 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook