Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar
Mutlaqo tasodifan yaratilgan kundalik turmushimizdagi buyum va mahsulotlar
Turli davrlarga oid ba’zi eng muhim ixtirolar tasodifan kashf qilingani tarixdan ma’lum. Bu kimningdir omadsiz tajribasi yoki bo’lmasa oshxonada sodir bo’lgan ehtiyotsizligining natijasi bo’lishi mumkin.

Mikroto’lqinli pech

Mikroto’lqinli pech

Uzoq 1946 yilda amerikalik Persi Spenser mikroto’lqinli to’lqinlarni tarata oladigan magnitronning imkoniyatlarini o’rganishga kirishdi. Kunlarning birida ishlayotgan apparatning yonida turgan olim cho'ntagidagi shokolad erib ketganini sezib qoladi. Bo’lib o’tgan voqeadan taajjublangan Persi magnetronning yoniga jo’xori donlarini qo’yib ko’rdi va natijadan hayratga tushdi – jo’xori donlari butunlay ochilgan edi. Ixtirochi bundan keyinyana bir qancha tadqiqotlar o’tkazar ekan, past chastotali energiya ta’siri ostida qisqa vaqt ichida ovqat pishirish mumkinligi haqida o’ylay boshladi. Bir yildan so’ng esa dunyda ilk mikroto’lqinli pech yaratildi.

Printer

Printer

Tezkor printer bizning kundalik hayotimizga kirib kelganiga ancha bo’ldi. Biroq Canon kompaniyasining muhandisi qaynoq kavsharlagich (payalnik)ni sharikli ruchkaning ustiga tasodifan qo’ymaganida bu kashfiyotning bo’lmasligi ham mumkin edi. Yuqori harorat ta’siri ostida ruchkaning siyohi oqib ketadi va bu narsa yuqori harorat ta’siri ostida pechat qila oladigan moslama yaratish g’oyasini keltirib chiqardi.

Vazelin

Vazelin

1859 yilda neft ishlab chiqarish sanoatining ishchilari neft nasos quvurlarining devorlariga to’planib qolinayotgan yopishqoq modda haqida tinmay shikoyat qila boshladilar. Navbatdagi mojarolardan birining guvohi bo’lgan angliyalik kimyogar – Robert Chezbro bu narsaga qiziqishini bildirdi va darhol ushbu neft mahsulotidan namuna olib, uni tekshirishga kirishdi. Tekshirish natijasida ushbu modda terini juda zo’r yumshatib, yaralarni tuzatishi aniqlandi. Jelesimon ushbu modda “vazelin”, deb atala boshlandi va tezda ommalashib, turmushning turli sohalarida foydalanila boshlandi. Robert Chezbroning o’zi ham kashfiyotining shifobaxshligiga ishonar va har kuni ushbu yopishqoq moddani bir qoshiqdan iste’mol qilar edi. Shuni ta’kidlash joizki, kimyogar olim ancha uzoq umr ko’rdi va 96 yoshida vafot etdi.

Temir beton

Temir beton

Fransiyalik bog’bon Jozef Mone palma ko’chatining savdosi bilan shug’ullanar edi, lekin oxirgi paytlarda katta talofatlar ko’ra boshladi. Chunki ko’chatlar solingan tuvaklar yo’lda sinib qolar, nihol esa nobud bo’lar edi. Jozef biznesini saqlab qolish uchun bu muammoni hal qilish yo’llarini qidira boshladi va yechimini topdi: u tuvaklarni betondan yasadi va ularni temir chiviqlar bilan mahkamladi. Ushbu konstruktsiya shunchalik mustahkam bo’lib chiqdiki, bog’bon palma ko’chatining savdosini to’xtatib, temir beton konstruktsiyalarini  ishlab chiqarish bilan shug’ullana boshladi.   

Shokoladli pasta

Shokoladli pasta

Ishonasizmi, butun dunyo bo’ylab millionlab muxlislarga ega bo’lgan shokoladli pasta ham tasodifiy xato natijasida vujudga kelgan. Qandolatchi Petro Ferrero yarmarka uchun konfetlar tayyorlayotgan vaqtida mahsulotning bir qismi erib, oqib keta boshladi. Zarar qilmaslik uchun Petro konfetlardan shokoladli massa tayyorlab, uni nonga surtib, sota boshladi. Kutilmaganda mazkur shirin gazak iste’molchilar tomonidan talashib-tortishib sotib olindi. Ko’p o’tmay qandolatchi dunyoning eng daromadli kompaniyalaridan biriga asos soldi.

Umumiy mavsum rerzinasi

Umumiy mavsum rerzinasi

Amerikalik ixtirochi Charlz Gudir uzoq yillar davomida rezinaning xususiyatlarini o’rganar ekan, uning turli xil haroratlarga chidamli qilish yo’llarini qidirar edi. Bir kuni navbatdagi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan tajribadan so’ng uyga qaytmoqchi bo’lgan Charlz tasodifan plitaning ustiga kauchuk, oltingugurt hamda qo’rg’oshin aralashmasini agdarib yuboradi. Qaynoq harorat ta’sirida to’kilgan aralashma qorayib, qattiqlashdi va aynan ixtirochi olim qidirayotgan narsaga aylandi. Shu tariqa vulkanizatsiya shinalari va umumiy mavsum pokrishkalari yaratila boshlandi.

Superyelim

Superyelim

1942 yilda amerikalik fizik olim Garri Kuver portativ qurollarning nishonga olish moslamasini tayyorlash uchun shaffof plastik yaratish ustida ish olib borar edi. Tajribalari davomida olim ko’p marotaba namunalarni osongina yopishtira olgan ssianokrilat nomli material bilan ishladi. Biroq uning bu sifatiga ortiqcha e’tibor berib o’tirmadi. Oradan olti yil o’tgandan keyingina bu moddaning xususiyatining qadriga yetdi. Mana shunday qilib superyelim paydobo’ldi. Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Vyetnam urushi davrida bu yelimni askarlarning jarohatlariga surtib, ularni yopishtirib, qon to’xtatilar edi.

Paketchali choylar

Paketchali choylar

Taajjub, lekin paketchali choylar ham tasodifan yaratilgan ixtirolar sirasiga kiradi. Gap shundaki, 1940 yilda nyu-yorklik savdogar choylarni maydaroq qadoqlarda chiqarib ko’rmoqchi bo’ldi, shuning uchun choy dona chalarini tunuka idishidan to’kib, kichik ipak matoli paketchalarga joyladi. Biroq iste’molchilar choyni to’g’ridan to’g’ri paketchasi bilan birga damlashdi va natijasidan juda mamnun bo’lishdi. Keyinchalik esa Adolf Rambold ismli muhandis choylar uchun maxsus marli yaratdi va hozirgi kundagi paketchali choylar ishlab chiqarila boshlandi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook