Paketli choylar, sun’iy zagar va qo’l soatlari : Birinchi jahon urushi davrida yaratilgan ixtirolar va ularning kundalik hayotimizga kirib kelishi
Paketli choylar, sun’iy zagar va qo’l soatlari : Birinchi jahon urushi davrida yaratilgan ixtirolar va ularning kundalik hayotimizga kirib kelishi
2018 yilning noyabr oyida insoniyat tarixidagi eng katta miqyosdagi qonli nizolardan biri – Birinchi jahon urushining tugaganiga 100 yil to’ladi. Har bir urush tarixda o’z izini, asoratlarini qoldiradi, albatta. Biroq Birinchi jahon urushi insoniyatga katta qurbon va zararlardan tashqari kundalik turmushimizga kirib kelgan bir qator kutilmagan va foydali kashfiyotlarni ham meros qilib qoldirdi. Quyida shunday ixtirolarning ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.

Qon quyish

Qon quyish

1917 yildan boshlab Birinchi jahon urushida qatnashayotgan barcha mamlakatlarning harbiy gospitallarida qon quyish keng yo’lga qo’yildi. 

Undan avval esa uchta ilmiy yangilik: qonning bir-biriga mos tushmaydigan guruhlarga bo’linishi, oz miqdordagi ssitrat natriy (limon kislotasining natriyli tuzi) qo’shimchasi qon quyilishining oldini olishi hamda qonni muzlatgichda saqlash mumkinligi kashf qilingan edi.

Qon quyish kashfiyoti tufayli Birinchi jahon urushi davrida 92% yaralangan britaniyalik askarlarning hayoti saqlab qolindi.

Plastik jarrohlik

Birinchi jahon urushi davrida Britaniya armiyasida xizmat qilayotgan Yangi Zelandiyalik jarroh Garold Gilles birinchi bo’lib yarador askarlarning yuzlariga tanalarining boshqa joyidagi terini ko’chirib o’tkaza boshladi. Bu jarroh yaralangan hamda yuzlari kuygan askarlarning dastlabki qiyofalarini qaytarish uchun haykaltaroshlar bilan ham maslahatlashgan.

Urushdan keyin Gilles frontda orttirgan tajribasini “Yuzning plastik jarrohligi” nomli ilmiy ishlariga birlashtirib, dunyodagi ilk plastik jarrohlik klinikasiga asos soldi.

Alyumin protezlar

Alyumin protezlar

Ilk alyuminiyli protezni 1912 yilda britaniyalik muhandiz Charlz Dezutter oyog’idan ajralgan akasi uchun tayyorladi. Muhandisning akasi havaskor uchuvchi bo’lib, aeroplanda uchayotganida halokatga uchragan edi. Birinchi jahon urushi yillarida bunday protezlar katta hajmda tayyorlana boshlandi. Alyumin protezlar yog’ochli protezlardan ko’ra ancha qimmatroq tursada, yengilligi va chidamliligi bilan ajralib turar edi.

Sun’iy zagar

1916 yilda germaniyalik shifokor Karl Guldchinski ochlikdan hamda raxitdan azob chekayotgan rangpar bolalarni kvarts lampalar bilan muolaja qila boshladi. Yoz oylarida esa ularga quyosh nurlari ostida toblanishni buyurdi.

Tajriba yangi usul suyaklarni mustahkamlashini ko’rsatgandan keyin, butun Germaniya bo’yicha bolalarni kvarts lampalari bilan muolaja qilishga kirishildi.

Keyinchalik ultrafialet organizmda kaltsiyning so’rilishini ta’minlovchi D vitaminining ishlab chiqarilishiga yordam berishi aniqlandi.

Moviy rangli xalatlar

Moviy rangli xalatlar

Frantsiyalik harbiy jarroh Rene Lerish maxsus jarrohlik kiyimlar boshqa tibbiyot mutahassislarning kiyimidan ajralib turishi hamda uning sterilligini nazorat qilish maqsadida jarrohlik operatsiyalarini o’tkazuvchi shifokor va hamshiralarga moviy rangdagi xalatlar kiyishlarini tavsiya etdi. Urushdan keyin bu odat butun dunyo bo’ylab tarqaldi.

Momiq paxta va tagliklar

Birinchi jahon urushigacha yaradorlarning jarohatlarini bog’lashda antibakteritsid xususiyatga ega bo’lgan sfagnum po’panagi yohud korpiya (lattadan titib olingan ip) dan foydalanilgan. Birinchi jahon urushi yillarida har bir fazilatli ayol korpiyani terishni o’zining vatanparvar burchi, deb bilar edi.

1914 yilda Amerikaning Kimberli-Clark kompaniyasi Antanta davlatlarining gospitallariga momiq paxtani yetkazib berish bo’yicha patentga ega bo’ldi. Hamshiralar bunday yangi mahsulotning foydasini bilib, undan boshqa maqsadlarda ham foydalana boshladilar.

 Urushdan keyin bog’lov materiallariga bo’lgan ehtiyoj tushib ketdi. Kimberli-Clark omborxonalarida katta miqdorda paxta momig’i yig’ilib qoldi. Bu mahsulotni nimaga ishlatish mumkinligini o’ylab topish kerak edi. 

Yig’ilib qolgan momiq paxtani qo’llanilishiga joy topildi. 1920 yildan boshlab Kotex brendi ostida ilk gigiyenik tagliklar sotuvga chiqarildi.

“Militari” uslubi

“Militari” uslubi

Harbiylar tovuslarga o’xshab bezanmasdan kiyina boshlaganlaridan keyin erkak va ayollar harbiylarning formasiga taqlid qilib kiyina boshladilar. Shu zayl “Militari” uslubi urfga kirdi. 

“Militari” uslubining ajralib turuvchi xususiyatlari – sarg’ish-kulrang hamda zaytun rangi, keng yelka va ulama cho’ntaklaridir.

Frantsiya mudofaa vaziri Ejen Etyen: “Qizil ishtonlar – bu fransuz armiyasining ramzidir!” deb ta’kidlar edi. Biroq nemislarning tezotar vintovka va pulemyotlari fransuzlarni an’anasi va harbiy bashangliklaridan voz kechishlariga majbur qildi. Nemislarga qizil ishton kiygan raqiblarini nishonga olish qiyinchilik tug’dirmas edi-da. 

Britaniyalik bosh qo’mondon Jon French birinchilardan bo’lib to’rtta ulama cho’ntakli toraytirilgan uzun kurtkani kiyib, uni o’z nomi bilan atadi. 

So’ngra harbiy frenchni soldatlarga ham kiydira boshladilar. Siyosatchilardan birinchi bo’lib askarlar bichimidagi frenchni Aleksandr Kerenskiy kiya boshladi. Iosif Stalin ham ko’p yillar davomida french kiyib yurgan, keyinchalik esa uni marshal mundiriga almashtirgan.

Charm kurtkalar

Birinchi jahon urushi charm kurtkalarni urfga kirgizdi – bunday matoga bit va burgalar o’rnasha olmas edi. Oktyabr revolyutsiyasi arafasida ular Rossiyaga katta hajmda olib kelingan edi, biroq bolsheviklarga nasib etdi hamda komissar va chekistlarning maxsus kiyimlariga aylandi. Urushdan keyin bunday kurtkalar chiroyi hamda qulayligi uchun qadrlana boshlandi va butun dunyoda urfga kirdi.

Zamokli ilgaklar

Zamokli ilgaklar

Amerikaga migratsiya orqali kelib qolgan shved Gideon Suindbek 1913 yilda “zamokli” ilgaklarning patentini qo’lga kiritdi. Sanoat bu kashfiyotga qiziqish bildirmadi, biroq britaniyalik hamda kanadalik dengizchilar undan foydalanishni o’zlariga ma’qul ko’rdilar. Foydalanganda ham kiyimda emas, qimmatbaho mayda narsalar solinadigan belbog’dagi karmonlar uchun ishlatildi.

1920 yilda bu ixtiro frantsiyalik dizayner hamda Hermens firmasining diqqatini o’ziga tortdi. Shu tariqa “zamok” ilgakli ayollar sumkalari ishlab chiqarila boshlandi. 1937 yilga kelib esa bunday ilgaklar erkaklarning shimlarida qo’llaniladigan bo’ldi.

Parashyut

Birinchi jahon urushining havo hujumlarida ancha yillar oldin ixtiro qilingan parashyutlartni esga ola boshladilar. Parashyut yordamida ilk bor frantsiyalik Andre-Jak Garneren 1797 yilning 22 oktyabrida havo sharidan sakragan edi. Shu tariqa Andre, uning rafiqasi, jiyani hamda shogirdlari parashyutda sakrash bo’yicha namoyishlar uyushtirib, daromad qiladigan bo’ldilar. 

1912 yilda rossiyalik Gleb Kotelnikov halqani tortilishidan yoyiladigan yig’ma jildli parashyutni patentladi.

1918 yilning yozida esa parashyutlar nafaqat yaralangan uchuvchilarni qutqarish uchun, balki desantli operatsiyalarda ham foydalanila boshlandi. Frantsiyalik mayor Evrar hamda uning qo’li ostidagi ikki nafar askar parashyut yordamida nemislarning Ardennadagi qarorgohlarining orqa tomoniga tushib, parashyutda tushirilgan portlatgichlar bilan temir yo’llarni portlatib, front liniyasi orqali sog’-salomat qaytishga muvaffaq bo’ldilar. 

Biroq parashyutning tinch zamonda foydali ekanligi dargumon. Undan hozirgi paytda harbiy sohadan tashqari sportda va kosmik apparatlarni yerga tushirilishida foydalaniladi, xolos.

Qo’l soatlari

Qo’l soatlari

Tasmali qo’l soatlari Birinchi jahon urushining uchuvchilari uchun ixtiro qilingan. Bunday soatlar qulay, ixcham va o’ng’ay edi, ammo ko’pchilikning fikricha, ko’rimsiz va obro’siz hisoblanar edi. Salobatli sanalgan zanjirli cho’ntak soatlari esa bir necha o’n yilliklardan keyingina muomaladan chiqarildi. 

Urush shuningdek komandirlarning vaqt o’lchovining aniqligi talabini ham qo’yar edi. Askarlarni hujumga boshlash uchun aniqlik talab etilar edi. Bir soniya oldin yoki keyingi harakat ham askarlarning hayti uchun xavf solishi muqarrar edi. Aynan ana shu davrda “Vaqtni aniqlashtirib olaylik!”, degan ibora muomalaga kirib keldi.

Zanglamaydigan po’lat

Sheffildlik metallurg Garri Brearli Britaniya harbiy boshqarmasining buyurtmasiga binoan artelleriya stvoli uchun olovda erib ketmaydigan qotishmani ixtiro qilishi kerak edi. Bunday qotishma qizib ketmasligi hamda o’q otish tezligining oshishini ta’minlashi zarur edi. Metallurg kutilayotgan natijaga erishmasada, xrom qo’shilgan po’lat korroziyaga chidamli ekanligini aniqladi.

Yozgi vaqtga o’tish

1916 yilning 30 aprelida Germaniya hukumati kechki soat 11 da soat millarini bir soat oldinga surishga farmon berdi. Bu yo’l bilan kunning yorug’ qismidan ko’proq foydalanib, yoritish vositalaridan tejash rejalashtirilgan edi. 21 may kuni Britaniyada ham shunday qonun kuchga kirdi. Rossiyada yozgi vaqtga o’tish 1917 yilda, Amerikada esa 1918 yilda yo’lga qo’yildi. 

Urush tugaganidan so’ng bu odat bekor qilinib, Ikkinchi jahon urushi yillarida yana tiklandi. Keyinchalik yana bekor qilinib, 1970 yillardagi neft inqirozi davrida yana qayta yo’lga qo’yildi.

Paketchali choylar

Paketchali choylar

Birinchi jahon urushidan sal oldin amerikalik savdogar Tom Sallivan ipak matoli paketchalarda sotayotgan choylardan birini damlab ko’rdi.

Choyni yo’l sharoitida saqlash, damlash uchun bunday qulay usul Drezdenning Teekanne firmasini qiziqtirib qo’ydi. Urush yillarida bu firma paketli choylarni frontga yetkazib turdi, faqat bunda choy ipak matoli paketchalarda emas, dokali paketchalarga joylangan edi. Askarlar bunday mahsulotni “choyli bomba”, deb atashar edi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook