просмотров
Odatda, tonal krem ishlab chiqaruvchilar uning qanday teriga mo’ljallanganligi borasida aniq ma’lumot bermaydilar. Aynan shu noaniqlik tasodifiy nohishliklarga sabab bo’lishi mumkin.
Ayrim hollarda ko’zguga boqa turib, teringiz tonal krem ta’siridan zarar ko’rayotganini guvohi bo’lasiz. Siz bilan bir hil krem harid qilgan dugonangiz esa o’zining “Mo’jizaviy krem”i va uning ajoyib ta’siri haqida hikoya qilishdan charchamaydi. Bunga sabab tonal krem tanlash borasida teri turini hisobga olmaslikdir.
Yogli yuz terisi
Yog’li yuz terisida ko’zga tashlanuvchi asosiy muammo – teridan haddan tashqari ko’p yog’ arjalishidir. Sizga mos tonal krem esa teridagi ortiqcha yog’ni singdirib olish hususiyatiga ega bo’lishi lozim.
Yechim:
Tarkibida turli yog’lar bo’lgan tonal kremlardan foydalanish yuz teringizga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu borada ta’siri 8 soatga yetuvchi tonal kremlar qol kelishi mumkin.
Odatiy xato:
Aksariyat ayollar ortiqcha yog’lardan halos bo’lish maqsadida burun va peshona sohasini haddan tashqari ko’p upalaydilar. Aynan shu sabab burun va peshona sohasida husnbuzarlar paydo bo’ladi. Albatta, barchasiga kremni aybdor sanab, navbatdagi vositani harid qilishingiz orqali undan qutilishingiz mumkin. Biroq buning oddiy va juda oson yo’li mavjud. Yog’ yigilib qolgan burun sohasi upalashdan voz keching. Burun va peshona sohasini ortiqcha yog’dan xalos etuvchi va uni bir zumda o’ziga singdiradigan oddiy salfetka bilan artib oling.
Tanlov
Krem tanlashda uning tarkibi va och tusli ekanligiga e’tibor bering. Bunday kremlar och tusli krem- upa yoki tonal krem- muss deb yuritiladi.
Aralash teri
Odatda aksar ayollar burun va peshona sohasidagi yog’li qatlamdan kelib chiqqan holda yog’li teriga mo’ljallangan tonal kremdan foydalanadilar. Buning natijasida yonoqlarda po’st tashlash va turli yallig’anishlar kelib chiqadi. Bu kabi muammolarga duch kelmaslik uchun teri turini aniqlab olish lozim.
Tanlov
Suyuq tonal krem teringizni a’lo darajada qoplab, kerakli sohadagi yog’ni o’ziga singdirib oladi.
Quruq teri
Ququr teri sohiblarining asosiy muammosi teri po’st tashlashidir. Odatda, sizga mos bo’lib ko’ringan krem po’st tashlashni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.
Yechim
Krem tarkibida faol namlantiruvchi komponentlar va terini to’yintiruvchi yog’lar borligini hisobga oling.
Tanlov
Quruq teri uchun suv-gelli tarkibga ega va namlantirish uchun mo’ljallangan kremlar mos keladi.
Сообщения из Facebook