
просмотров
Bizlarga nima kerak bo'ladi?
Xamir uchun:
250 ml sut (bir oz ilitib olamiz)
2 choy qoshiq quruq xamirturushlar
50 gr shakar
500 gr un
chimdim tuz
2ta tuxum
50 gr saryog'
Nachinka:
60 gr saryog'
150 gr shakar
1,5-2 choy qoshiq koritsa

Tayyorlanilishi
1. Unni o'rtacha tog'orachaga elakdan o'tkazib olamiz. Shakar, xamirturush va chimdim tuz qo'shamiz
2. Tuxumlarni aralashtirib shu tog'arachaga solamiz.
3. Sutni ilitib tog'orachadagi masaliqlarga qo'shamiz.

Xamir tayyorlashni boshlaymiz.
Sut qo'shganimizdan so'nng xamirni bir hil massa qilib uqalaymiz va ora-orada saryog' qo'shamiz.
Xamir unchalik qattiq bo'lib ketishi kerak emas, bir oz yumhoq va cho'ziluvchan bo'lish kerak.
Xamirni paket bilan yopib issiqroq xonaga 1,5-2 soatlarga qoldiramiz.

Xamir ko'tarilgunicha nachinkani tayyorlab tursa bo'ladi:
Barcha masalliqlarni aralashtirib olamiz - saryog', koritsa va shakar hammasi bir maromda

Xamir ko'tarilganidan so'ng xamirni yoyamiz

Nachinkani hamma joyiga bir hil qilib solib chiqamiz

Zich rulet qilib orab qo'yamiz

Va bir hil o'rtacha bo'lakchalarga kesib chiqamiz

Deyarli yaqinda tayyor bo'ladigan bulochkalarimizni tunukaga qo'yib 180 darajada isigan duxovkaga 20-30 daqiqaga qo'yib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Сообщения из Facebook