просмотров
Insonga yaxshi yashash uchun nima kerak? Ko’p pul? Katta uy? Keng mehmonxona, shinam oshxona va bir necha yotoqxonami?
Texas universiteting ekologiya professori Jeff Uilson, bularning bari zarur emas deb hisoblaydi – siz o’zingizda bor barcha narsalarning yarmidan voz kechishingiz mumkin va bu bilan hech nima yo’qotmaysiz. Professor o’zining nuqtai nazarini g’ayrioddiy tajribasi bilan mustahkamlashga qaror qildi.
Bir necha yil oldin Uilson 230 kv.m lik maydonga ega katta uyda yashagan. Biroq ajrim boshiga tushganda, o’zining avvalgi uyidan besh marotaba kichikroq bo’lgani jara uyga ko’chib o’tishga qaror qilgan. O’sha paytlardanoq professor axlat konteyneriga ko’chib o’tishni rejalashtira boshlagan.
Ijara vaqti oxirlab qolganida, Uilson o’zining barcha narsalarini sota boshlagan. O’zi bilan kiyim solingan kichik chamadonni olib qolgan. Uning sharti bo’yicha maydoni 3 kv.m bo’lgan axlat idishida yil davomida yashashi kerak edi. Ishoning, u aqldan ozmagan.
2014 yilda Jeff o’zining yangi uyiga ko’chib o’tdi. Bu uyni yashash uchun qulay deb bo’lmasdi. Birinchi olti oy davomida uyga hech qanday o’zgartirishlar kiritmadi. Ostiga karton qo’gozlardan joy solib uxladi va rostdan ham zarur bo’ladigan qulayliklar haqida o’yladi.
Birinchi o’rinda professor konditsioner o’rnatdi – chunki kunduz kuni konteyner ichidagi harorat 55 darjagacha ham ko’tarilib ketib, dimlanib qolardi. Keyingi qadam esa “aldamchi” pol bilan, unga o’rnatilgan kiyim qutilari bo’ldi va u devorlarni oq rangga bo’yab chiqdi.
Jeff asta sekinlik bilan o’zining kichik uyini qulaylashtira boshladi. Kichik matras va yostiqlar bilan qulay uxlash joyi yasadi. “Tush ushlovchi” va boshqa mayda ajoyib narsalar bilan bezatdi.
Endi uning yashash joyini oddiy axlat konteyneri deya olmaysiz, chunki endi unda yashash uchun kerakli barcha narsalar bor: elektr toki, xojatxona va ovqat tayyorlash uchun kichik plitka.
Albatta, o’zining tajribasi bilan professor axlat konteynerlarida yashashga chorlamaydi. Bunday g’ayrioddiy loyiha bilan, u shunchaki, odamzot kamroq joy egallab, suv va energiyani tejay olishi, shu bilan bir qatorda kamroq chiqindi qoldirishini isbotlamoqchi bo’ldi.
Eng muhimi shundaki, bizning baxtimiz va qulay yashashimiz sharoitimizga emas, o’zimizga bog’liqdir.
Сообщения из Facebook