просмотров
Albatta, hayolingizga birinchi bo’lib fast food va qovurilgan taomlar kelsa kerak. Biroq sizni biroz hayron qoldiramiz, chunki ro’yxatimizda siz umuman kutmagan mahsulotlar bor.
Tezkor uglevodlar
Achchiqqina kofe bilan issiqqina va yoqimli bo’lgan tonggi pishiriq qanchalik yevropacha ko’rinmasin,bunday ertalabki nonushta sizga butun kunga yetadigan energiya bermaydi. Qonga shakar tezlik bilan tushgani sababli, tezkor uglevodlarni harakatga keltiradi va siz albatta charchoq va uyquni his qilasiz. Shuning uchun biz sizga ertalabki ratsiondan oq non va shirin pishiriqni olib tashlashni maslahat beramiz.
Kofe
Kofe haqida gapirar ekanmiz, sizni ogohlantirib qo’yishimiz kerak, bu ichimlik juda makkor. Tog’ri u rostdan ham uyqini ochadi, faqat kam miqdorda bo’lsa. Kuniga ikki chashka kofe ichib, siz kuchingizga kuch qo’shilganini his qilasiz, ammo bu normani oshirib yuborsangiz, teskari effektga olib keladi. Yana shuni aytish kerakki, har bir ortiqcha ichilgan kofe bilan siz kuchliroq uxlashni xohlaysiz.
Olcha va gilos
Oldinda rezavor mavsum, imkoniyat bo’ldi deguncha qulupnay, olcha va malina iste’mol qilamiz. Olcha yoki gilosni kunduzgi tanovvul uchun tanlamang. Chunki reza mevalar melotonin gormonining tabiiy manbasidir – bu gormon uyquni boshqaradi, olcha sharbatini esa, xattoki, uyqisizlik bilan qiynaladigan insonlarga maslahat berishadi.
Agar ish joyingizda uxlab qolishni istamasangiz, chernikani afzal ko’ring. Ushbu reza siz uchun ajoyib kuch manbayi bo’ladi va qiziq ish kunida energiya beradi. Bir xovuch gilosni esa, yaxshisi uyqudan oldin yeng, qattiq uxlaysiz.
Soyali mahsulotlar
Yapon restoranidagi tushlik – yaxshi fikr emas, ayniqsa, oldinda hali qiladigan ishlaringiz ko’p bo’lsa. An’anaviy miso sup yoki tofuli salat ko’proq kechki ovqatga mos keladi. Buning sababi, soyali mahsulotlar turli xil aminokislotalarga bor, shu jumladan triptofan ham. Triptofan aminokislotasi yuqorida aytib o’tilgan melotanin sintezida qatnashadi.
Go’sht va tovuq
Triptofan bilan faqat soyali mahsulotlar boy emas. Ushbu aminokislotaning darajasi go’shtda ham yetarlicha baland. Ayniqsa, kurka go’shtida, quyon go’shtida va tovuqda ko’p, shuning uchun barcha go’shtli ovqatlarni kechki paytga olib qo’ying, tushlikka esa masalan, baliq yengi yoki skumbriya.
Bodom
Biz har doim yong’oqlarni foydali oziqa sifatida iste’mol qilamiz, bu tasodif emas. Ular to’yimli va shu bilan birga oshqozonga og’irlik qilmaydi, ayniqsa kichik xovuch bilan kifoyalansa. Shunga qaramasdan kun paytida bodom yeyishdan o’zingizni tiying, chunki unda magniy juda ko’p. Ushbu mikroelement mushaklar yumshashiga olib keladi, demak, siz kunni aktiv rejimda davom ettira olmaysiz.
Banan
Bu meva bodomga o’xshab magniyga boy. Kun davomida bitta banan iste’mol qilish sizning energiyangizga ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, ko’p qaytariladigan xato – mashg'ulotlardan dan oldin banan yeyish, chunki mushakni dam oldirish xususiyatiga ega magniy, sizga samarali mashq qilishga yo’l qo’ymaydi.
Sut va sut mahsulotlari
Ro’yxatimiz so’ngida uyqi chaqiruvchi yana bir mahsulotlar guruhini aytib o’tmoqchimiz. Gap ko’pchilik ertalabki nonushtaga iste’mol qilishni yoqtiradigan sut va sut mahsulotlari haqida ketmoqda.
Agar siz ro’yxatimizni diqqat bilan o’qigan bo’lsangiz, allaqachon aminokislota nimaligini va triptofan uyqi garmoni – melatonin ishlab chiqirishini bilasiz. Shunday qilib, sut mahsulotlarida ham triptofan bor va ertalabdan tvorog yoki yogurt yeb, tushlikkacha holsiz xis qilishingiz mumkin.
Сообщения из Facebook