просмотров
Nima ham derdik, shaharliklar uchun o’ylashga mavzu bor: quyida siz tanishadigan o’ntashaharda yashovchi aholi bilan solishtirganda, ular o’rtacha qishloq hayotibilan yashashadi. Har bir shaharning o’ziga yarasha xususiyatlarini hisobgaoladigan bo’lsak, bu faktlar ularni o’zlari o’ylagandan ko’ra omadliroq yoki omadsizroq tomondan ko’rsatadi.
Bir narsani unutmaslik kerak, biz “ekstrimal” deganda bu joylarga snoubord yoki alpinistlik anjomlarini ko’tarib borish kerakligini nazarda tutmaymiz.
Ushbu o’n shahar turli spektrlarning ekstrimal chegarasida joylashgan. Keling ular bilan yaqinroq tanishamiz!
10. Eng ko’p aholili shahar
Bu dunyo shaharlarining tarixida eng baxsli shahar hisoblanadi, chunki ayni pik paytida ko’p shaharlarda xuddi juda ko’p aholi yashayotgandek tuyiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning bazi aholisi ko’p va zich joylashgan shaharlarida byurokratik strukturasi juda eskirgani va yetarlicha mablag’ ajratilmasligi tufayli, aholini ro’yxatga olishda aniq natijalar olish qiyin muammo. Bu ayniqsa, ikki shaharga tegishli: Jakarta (Indoneziya) va Dehli (Hindiston). Lekin ushbu shaharlarning xattoki eng baland ko’rsatkichlari Tokiyo (Yaponiya) bilan solishtirganda hech narsa emas.
2016 yilning noyabr holatiga ko’ra Tokiyoning aholisi 37.830.000 kishini tashkil etgan. Bu katta raqamni baholash uchun: MRB axborotiga ko’ra, Yaponiya aholisi127.000.000 kishini tashkil etadi. Aholining chorak qismidan ko’prog’i shahar hududida yashaydi. Shunga qaramay, uni hech ham eng katta yoki eng aholi to’lib ketgan shahar deb bo’lmaydi.
9. Eng katta yer hududiga ega shahar
2016 yilning iyul oyida Guardian jurnalida keyingi 40 yil ichida shaharlar hududi uch martta kengayishi to’g’risidagi maqola paydo bo’ldi. Ehtimoldan holi emaski, taxminan shuncha vaqt istalgan tez rivojlanayotgan shaharga dunyoning eng ilg’or shaharlaridan o’zib ketishga yetarli bo’ladi. Bu borada chempion shahar shak shubxasiz Nyu-Yorkdir, uning hududi 8683 km² (shahar chekkalari bilan hisoblaganda).
Bu hudud kattaligi bo’yicha keying o’rinda turadigan Tokiyo bilan solishtirganda 1700 km²ga kattadir. Shunga qaramasdan, Nyu-Yorkda o’sish 2016 yilga kelib sekinlashdi. Biroq ilg’or shahardan o’zib ketishi mumkinligi haqidagi gap haqiqatga aylanishi hech gap emas.
8. Aholi eng zich joylashgan shahar
Xattoki Nyu-York va Tokiyo kabi aholisi zich va katta megapolislar, odamlar kichikkatalakda 100 dollar to’lab yashashga rozi bo’lgan aholisi neg zich joylashganshahar bilan tenglasha olmaydi. Har qalay bu shaharlarda odamlar o’ziga to’q va arziydigan uy va xonadonlarda yashay oladi.
Bunday shaharga borishning keragi yo’q, chunki aholining o’zi oyoq bosishga qiyinchilik bilan joy topadi. Yana bu hammaga ma’lum aholisi zich shahar Gonkong ham emas. Bu shahar haqida G’arbiy yarimshardagi odamlar xatto eshitishmagan, mashxurlik haqida esa gap bo’lishi mumkin emas. Bu Dakka shahri, Bangladeshdagi eng katta megapolis.
Dakka aholisi 12.235.000 kishini tashkil etadi. Bu Nyu-Yorkning shahar yonlaridagi aholi bilan qo’shib hisoblaganda taxminan million kishiga kam, biroq hududi 323,75 km² dan kam. 2.5 km²ga 110.000 kishi to’g’ri keladi. Telegraph axborotiga qaraganda bu dunyodagi yashash uchun eng yomon joylar ro’yxatining ikkinchi o’rinida turar ekan. Achinarlisi shundaki, Dakka aholisi uchun yashash yaqin yillarda yanada yomonlashadi, chunki u dunyodagi eng tez o’sayotgan shaharlardan biri.
7. Eng qimmat shahar
Ko’chadan o’tib ketayotgan oddiy yo’lovchi bu yana o’sha Nyu-York bo’lsa kerak deb o’ylashi mumkin. Chunki qirg’oq bo’yidagi uy narxi 130 million dollarga ham yetishi mumkin. Lekin biz juda o’zgaruvchan olamda yashamoqdamiz, shu sababli Tinch okeanini kesib o’tib, haqiqiy g’olibni qidiramiz.
2014 yilholatiga ko’ra bu mashxurlik Singapurga tegishli bo’lgan. Chunki unda kommunal xizmatlar, oziq-ovqatlar narxi oshib ketgan (Nyu-Yorkdan 11% ga yuqori), kiyim-kechaklar (50% ga yuqori) va avtomobil narxlari. Biroq avtomobilingiz bo’lmasa ham ahvol yaxshilanmaydi, chunki qolgan transport turlari Nyu-Yorkka nisbatan uch baravar qimmat.
Ahvol o’zgaruvchan bo’lsa ham, 2016 yilda ushbu rekord hali ham Singapurga tegishligicha qolgan, ikki yil ichida ko’rsatgichlar tepaga va pastga 10% bilan o’zgarib tugan. Bunday iqtisodiy ko’rsatkichlar keskin o’zgarishi shuni anglatadiki, qanadaydir vaqt kelib bu shahar yashash uchun eng arzon shaharga aylanishi mumkin.
6. Eng sog’lom shahar
Har xillik uchun endi ijobiy rekordga ega bo’lgan shaharni ko’ramiz. Havo tozaligini saqlash va aholi umrini uzaytirish maqsadida ko’p shaharlar ushbu shahar tanlagan yo’ldan borishga harakat qiladi. Oldimizda yana unchalik mashxur bo’lmagan shahar.
Bu shahar-davlat Monako knyazligi, O’rta Yer dengizi qirg’oqlaridan tashqari butunlay Fransiya bilan o’ralgan. Agar siz Formula-1 poygasi bilan qiziqsangiz yoki Greys Kellining muxlisi bo’lsangiz, albatta, Monako haqida eshitgansiz. Bu hudud bor yo’g’I 2 km² ni tashkil etadi, aholisi esa 38.000 kishi.
Shunga qaramasdan Monako “soliqdan himoya” shahar ham hisoblanadi, shu sababli juda ko’plab boy insonlarni o’ziga jalb etadi. Monakoda nafaqat sog’liqni saqlash uchun qimmat tibbiy xizmatdan foydalanadigan odamlar yetarli, balki –bu yerda ekologiya masalasi ham birinchi o’rinda turadi, davlat ishchilari elektromobillar bilan ta’minlanadi. Bu esa o’z navbatida havo ifloslanishini oldini olib, u keltirib chiqaradigan kasalliklarni bartaraf etadi. Natijada Monakoda yashovchi aholining hayot davomiyligi 89,6 yil.
5. Yo’l harakati eng yomon shahar
Xattoki transportlar tirbandligida soatlab qolib ketadigan haydovchilar ham, bu qanchalik yomon bo’la olishini tasavvur qilishmaydi. Hayotingizdagi eng yomon tirbandlikni tasavvur qiling, endi uni bir necha martaga ko’paytiring, natija esa bu shahardagi oddiy holat!
Agar siz bunday holatni tasavvur qila olsangiz, demak Mexiko shahridagi oddiy haydovchining hayotini ham tasavvur qila olasiz. Bu shahar bir necha yillar davomida eng yomon yo’l harakatili shahar nomini olib kelmoqda. Shu bilan birga bu shahar birinchi beshlikka kiruvchi g’arbiy yarimshardagi shahardir.
Oddiy kun paytida meksikalik haydovchi belgilangan manzilga, tirbandlik bo’lmaganida, kamida 66% ga ko’proq vaqt sarflab yetib boradi. Pik paytiga borib esa, bu ko’rsatgich101% ga ko’tariladi.
Har bir haydovchi tirbandlikda ish kunining deyarli bir soatini yo’qotadi. Xattoki dam olish kunlarini va kunning tirbandlik bo’lmaydigan vaqtlarini ham hisobga olganda, Mexikoning oddiy aholisi yiliga 227 soatini tirbandlikda turishga sarflar eka, bu 9,5 sutkaga teng. Bu shaharda bunday daxshatli yo’l harakatiga chidayotgan odamlarga hayron qolmay ilojing yo’q.
4. Dunyoning eng kambag’al shahri
Dunyodagieng kambag’al shahar o’n yillab urushlar eng ko’p bo’ladigan tumanda joylashganiningajablanarli tomoni yo’q. Urush tugaganiga 14 yil bo’lgan bo’lsa ham Monroviyani(Liberiya) tiklanayotgan shahar deb bo’lmaydi.
Bu Liberiyadagieng katta shahar va mamlakatning poytaxti, aholisi million kishidan ortiq.Shunga qaramasdan, boshqalar uchun oddiy hayot qulayliklari bu yerda yo’q.
Ommaviytransport vositalari kam yuradigan xususiy taksilar bilan chegaralangan. Elektrtarmog’I chidamsiz, shu sababli kredit kartochkalarini o’qiydigan bankomatlarhaqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Elektr tarmog’iga imkoniyati borlar esa,undan tungi 2 dan ertalabgi 6 gacha foydalanishlari mumkin.
Suvquvurlari va kanalizatsiya infrastrukturasi Monroviyda shunchalik qoniqarsizki,aholinig uchdan bir qismidagina undan foydalana oladi. Qolgan aholi esa o’zlariyasashadi yoki ommaviy foydalaniladigan joylarigadan qoniqishadi. Xattokixojatxonasi ishlaydiganlarning ham ishlari yaxshi emas, chunki kanalizatsiyatizimi shunchalik yomonki, shahar Ebola virusi tarqalganiga hayron bo’lmasangizham bo’ladi.
3. Eng baxtli shahar
Qayg’uli narsalarni qo’ying! Kayfiyatni ko’tarib, e’tiborimizni biror pozitiv narsaga qarataylik!Shaharning baxtliligini aniqlash qiyin yoki aksililmiy tuyulishi mumkin, chunki baxt bu abstrakt omildir. Biroq, ko’chmas mulk va tabiiy resurslar bo’yicha konsalting xizmatlarini ko’rsatuvchi va loyihalashtirish bilan shug’ullanuvchi xalqaro Arcadis kompaniyasining aniqlash uslublari hozircha ishonishga majburqiladi.
Aniqlash jarayonida aholining sog’lik darajasi, ma’lumoti va bandligi shaharda yashash narxi va jinoyatchilik darajasi bilan nisbatan solishtirilgan. Shaharlar bo’yicha yig’ilgan ma’lumotlar ishlab chiqilganda, bu shahar Seul – Janubiy Koreya poytaxti bo’lib chiqqan. Bir tomondan olib qaraganda yonidagi xavfli qo’shnisi istalgan paytda yadroviy qurol bilan yo’qotib yuborishi mumkin bo’lgan shahar qo’rquvda yashashi kerak edi, lekin unday emas.
Baxtga qarshi bu katta bo’lmagan hokimiyat muxlislari uchun aytib o’tamizki, bu omad juda katta shahar rejalashtirilishi bilan tushuntirilishi mumkin. Seul hokimiyati ko’p tomondan globalizatsiya siyosatini qo’llab quvvatlaydi. Ko’pchilik baxtli shaharda bunday narsalarga e’tibor qaratmasa ham bo’ladi degan fikrga keladi, lekin bu haqida yaxshilab o’ylab ko’rish kerakka o’xshaydi.
2. O’lim eng ko’p shahar
Bu ro’yxatimizdagi eng salbiy shahar. Ko’p odamlar shaharlar qishloqlarga nisbatan yashash uchun xavfli deb bilishadi (biroq 2013 yilda o’tqazilgan izlanishlar natijasiga ko’ra shaharlar kam aholi yashaydigan hududlarga qaraganda xavfliroq emas ekan), shuning uchun eng o’lim ko’p shahar o’t ochish uchun ochiq zona deb hisoblashadi. Bunday shahar esa Kakarakas, Venesuellaning poytaxti.
“Dunyo Atlasi” xabar berishicha, joriy yilning fevral oyida poytaxtda odam o’ldirish hodisalari 100.000 kishi uchun 119,87 taga yetgan, bu esa 2,1 million aholi boshiga yiliga 2517 ta odam o’ldirilishini bildiradi. Bu o’limlar soni 100.000 kishi uchun 100 ta hodisadan ko’proq tog’ri keladigan 4 ta shaharlardan biridir. Karakasda qanday qotilliklar sodir bo’lishini tasavvur qilish uchun aytib o’tish mumkinki, Venesuellaning yana ikki shahri qotillik bo’yicha dunyo birinchi o’nligining ro’yxatida. Lekin bu yangilik emas. 2011 yilning o’zida Karakasda qotillik darajasi Bog’doddan ham yuqorilab ketti. Umid qilamizki dam olish kunlarini bu shaharda o’tkazmoqchi bo’lganlar rejalarini o’zgartirishga ulgurishadi.
1. Dunyoning eng qo’rqinchili shahri
Ushbu ro’yxatimizni neytral fakt bilan yakunlaymiz. Quyidagi vaziyatda bu eng birinchi qurilgan shaharlardan biri demoqchi emasmiz (bunday shaharning nomi Iyerixon, allaqachon tashlandiq joyga aylangan). Biz qidirayotganimiz bu odamlar doimiy yashab keladigan qo’rqinchili shahardir.
Bu shaharAfrikaning biror bir odamlari evolyutisya qilgan shahri bo’lsa kerak deb o’ylashingiz mumkin. Balki u Sharqiy Osiyoda deb o’ylarsiz? “Sivilizatsiya belanchagi” deb nom olgan qadimiy Mesopotamiya joylashgan YaqinSharqqa nima deysiz? Ha, aniqlanishicha bu Yaqin Sharqda, xalqaro xabarlarni tomosha qiladigan odamlar allaqachon gap qaysi shahar haqida ketayotganini bilishgan bo’lsa kerak. The Guardian jurnalining habar berishicha, bu urushlar changalida vayron bo’lgan, Siriyaning Aleppo shahri.
Aleppo shahar sifatida eramizdan avvalgi 6000 asrlarida qad ko’targan. U oson himoyalanadigan tepaliklarga ega bo’lgan. Quayk daryosiga chiqa olishi uni hozirgi Turkiya bilan bog’lagan, va savdo sotiqning muhim markaziga aylantirgan.
Beqaror Yaqin Sharqda joylashganligi sababli uni ko’plab hukmdorlar bosib olgan, assiriyaliklar, misrliklar va boshqalar. Hozircha Aleppo shahri haqiqiy talon-tarojlikni boshidan o’tqazmoqda. Lekin biz ishonch bilan ayta olamizki, shahar albatta tiklanadi. Axir ming yillik tarix davomida shahar bir necha bor urushlardan keyin qayta qad ko’targan.
Сообщения из Facebook