просмотров
Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr o’zining qirollik majburiyatlaridan tashqari, 20 yildan ortiqroq muddatda ikkinchi ishda, ya'ni uchuvchi bo’lib ishlayotganini tan oldi.
Gollandiya De Telegraf gazetasida, Villem-ALeksandr (Willem-Alexander) KLM aviakompaniyasining Fokker yo’lovchi samolyotlarida “taklif qilingan uchuvchi” vazifasida 21 yillik ish faoliyatini yakunlagani haqida aytib o’tdi.
Taklif qilingan uchuvchi vazifasida qirol oyiga 2 martadan va ikkinchi uchuvchi vazifasida ishlagan. Endilikda esa, “Fokker” samolyotlarini ekspluatatsiyadan olinayotganligi sababli, qirol Boeing 737 samolyotida uchish uchun, qayta tayyorlov kurslarini o’tar ekan.
Uch farzandning 50 yoshli otasi va 17 million golland fuqarolarining monarxi, uchuvchilik kasbini o’zining hobbiysi deb ataydi. U uchun uchish o’zining qirollik mas’uliyatlarini yerda qoldirib, boshqa narsaga e’tiborni jamlashga yordam berar ekan.
“Sizda samolyot, yo’lovchilar va ekipaj bor, siz ularning hayoti uchun mas’uldirsiz, - deydi Niderlandiya qiroli De Telegraf gazetasiga bergan intervyusida. - Siz osmonga yerdagi muammolarni olib chiqa olmaysiz. Siz butunlay yerdan uzilib, fikringizni va butun e’tiboringizni boshqa narsaga qaratasiz. Men uchun bu –ishning eng tinchlantiradigan tomonidir”.
Villem-Aleksandrning uchuvchilik kvalifikatsiyasi borligi va u KLM aviakompaniyasining yo’lovchi reyslarida uchishi sir emas edi. Lekin bu qanchalik tez-tez sodir bo’lishini hech kim bilmasdi. Villem-Aleksandrning aytishiga qaraganda yo’lovchilar uni kamdan kam tanib qolishadi, ayniqsa, 11 sentabr terakt fojiyasidan keyin avialayner bortida xavfsizlik kuchaytirilgan bir paytda.
“11 sentabrga qadar uchuvchilar kabinasi doim ochiq turardi va yo’lovchilar birma-bir meni ko’rish uchun kelib, o’zlarining mamnuniyatlarini bildirishardi, yoki meni uchuvchi o’rnida ko’rganlariga hayratlanishardi”,- deydi u va shu bilan birga, hozirda KLM aviakompaniyasining uchuvchi formasida Amsterdam Sxipxol (Schiphol) aeroportida yurganida kimdir uni kamdan-kam tanib qolishini qo’shimcha qilib o'tdi.
Xattoki, baland ovozli aloqa orqali e’lon qilayotganida ham, ikkinchi uchuvchi sifatida o’zining ismini aytmaydi. Shu sababli yo’lovchilar uning ovozidan kamda-kam hollarda tanib qolishadi. “Yo’lovchilarning aksariyati baland ovozli aloqa orqali qilinadigan e’lonlarga e’tibor berishmaydi”, - deb aytib o’tadi u.
Сообщения из Facebook