Olimlar tarixiy meroslarimizni qacnhalik chuqur o’rganishsa, savollar shunchalik ko’payib bormoqda. Qadimiy dunyo biz o’ylaganimizdan umuman boshqacha bo’lganga o’xshaydi.
Quyidagi narsalar ajdodlarimiz biz o’ylagandan ko’ra ko’proq narsani bilganligini ko’rsatadi.
Kolumbiya oltin samolyoti, eramizning IV-VII asrlari
Kolumbiyaning oltin samolyoti Kimbaya madaniyatining artefaktlariga tegishli. Olimlarning ko’pchiligi bunday jismlar qush va hasharotlarning stillashtirilgan tasviri deb hisoblaydi, ba'zilar esa bu jismlar uchar moslamalarni bildiradi deydi. Shu bilan birga, oltin samolyotlarning masshtabli modellari rostdan ham aerodinamik xususiyatga ega ekan.
Rim dodekayderi, eramizning II-III
Shunga o’xshash yuzlab narsalar turli mamlakatlar hududida topilgan: Italiya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Vengriya va xatto Vetnamda. Gipotezalarga qarganda dodekayder shamdon bo’lib, o’yin toshi, suv quvurlari uchun yoki qo’lqop uchun bog’lovchi bo’lib xizmat qilgan.
Nirmud linzasi, er. av. 750-710 yillar
1853 yil hozirgi zamonaviy Iroq hududida Nirmud shahrida tog’ xrustalidan bo’lgan linza topilgan. Linza uch baravar kattalashtira oladi, lupa sifatida ishlatilgan bo’lishi mumkin. Biroq ba’zi olimlar u teleskopning bir bo’lagi, yoki mebel bezagi bo’lgan deb hisoblaydi.
Bog’dod batareyasi, er. av. 2500 yillar
Batareya ichida temir sterjenli misli silindir joylashgan idish. Elektrolit bilan to’ldirilgan idish o’zida 2 voltga yaqin kuchlanish hosil qila oladi. Taxminlarga ko’ra Vavilon aholisiga galvanizatsiya usuli ma’lum bo’lgan, u tilla qoplama uchun ishlatilgan. Biroq skeptiklar qarshilik bildirmoqda, ularning fikricha, bunday idishlar faqat xujjatlarni saqlash uchun ishlatilgan.
Fest diski, er.av. 2700-1400 yillar
1908 yil Krit orolinng qirg’og’ida qadimiy Fest shahrining qazilma ishlarida terrakotali disk topilgan. Bu diskning kelib chiqishi va uning iyerogliflari hozirgacha noma’lumligicha qolmoqda, u yasalgan loy Kritda uchramaydi, yozuvlar esa mahalliy yozuvlarning birortasiga o’xshamaydi.
Piramidalar qurilish texnologiyasi
Olimlar hozirgacha piramidalar qurilishi haqida biror aniq to’xtamga kelgani yo’q. Bu haqida turli taxminlar bor, ulardan biri tosh bloklar qurilish joyining o’zida yasalgan. Biroq bu geologlarning ta’kidlariga qarshi, ularning aytishicha, bloklar qayta ishlangan, tabiiy xususiyatga ega.
Sabu diski, er.av. 3100-3000 yillar
Misrning Sakkara qishlog’ida Sabu qabrining qazilma ishlarida toshli disk topilgan. Bu diskning analoglari hozirga qadar topilmagan, shu sababdan u qanday yasalganligi va nima uchun ishlatilganligi noma’lum. U ovqat solishga, yortgichlikka va g’ildirak bo’lishga ham mos emas.
Antikiter mexanizmi, er.av. 100 yil
Bu moslama Antikiter shahri yaqinida cho’kib ketgan kemadan 1901 yilda topilgan. U yog’och korpusda 30 ta bronza tishli, oldi va yon qismida bronzali siferblatli strelkalari bor bo’lgan. Mexanizmni ko’pincha eshik kompyuteri deb atashadi, chunki uning yordamida osmon jismlari harakatini kuzatish va quyosh va oy tutilishlarini aniqlash mumkin edi.
Dehlidagi temir ustun, er. 415 yili
Dehlining ajoyib ko’rkamligidan biri 1600 yoshli ustun, shu yillar davomida umuman korroziyaga uchramagan. Ustun meteorit temiridan yasalgan degan fikr paydo bo’lgan edi, lekin u tasdiqlanmadi. Ko’rinishidan Qadimgi Hindistonliklar temirni qayta ishlashning maxsus usulini bilgan, ular temir ustida atmosfera tas’iriga bo’y sunmaydigan oksid qoplama yarata olgan.
Egiluvchan shisha, er. 14-37 yillari
Qandaydir usta tushib ketsa ham sinmaydigan egiluvchan shisha yaratgam. Undan u kubok yasab, imperator Tiberiyaga tuxfa qilgan. Imperator sovg’ani boshqacha baholab, ajoyib material oltin va kumushni qadrsizlantirishi mumkin deb hisoblaydi, va shisha quyuvchini o’limga mahkum qiladi.
Chjan Xen seysmoskopi, er. 132 yili
Seysmoskop mashxur Xitoy ixtirochisi Chjan Xen tomonidan yaratilgan va u davr yozuvlariga qaraganda ishlab turgan. Yer qimirlashi yaqinlashganda ajdarxo og’zidan bronzali shar chiqib uning to’g’risidagi qurbaqa og’ziga tushgan. Yaxshilab qaraganda, asbob ajdarxolar boshini richag yordamida birlashtirib turgan mayatnik hisobidan ishlagan.
Nebradan disk, er.av. XVII asr
Ushbu quyosh, oy va yulduzlar tasviri tushirilgan disk 1999 yili Germaniyaning Nebra degan joyidan topilgan va ko’plab bahslarga sabab bo’lgan. Ushbu topilmani sal qolsa qalbaki deb o’ylashdi, biroq izlanishlar u haqiqiy ekanini tasdiqladi. Ushbu qurilma quyosh botish va chiqqish jarayonida burchaklarni o’lchashga xizmat qilgan va astronomik o’lchovlarga ko’maklashgan.
Сообщения из Facebook