просмотров
Asalni termik qayta ishlash mumkin emas
To’g’ri ovqatlanish modasining ishqibozlari aytishiga qaraganda, asalni isitish va taom tayyorlashda ishlatish mumkin emas. Ushbu tarqalgan afsonaga qaraganda, termik qayta ishlashga uchragan asal, o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotadi va xattoki, sog’liq uchun zarar bo’ladi.
Bu afsonaga ishonishning keragi yo’q. Masalan, xalq tabobatida, deyarli barcha maslahatlar isitilgan asal bilan bog’liq, chunki shunda asalning davolash xususiyati kuchayadi. Qizdirilgan asalning zararligi haqida xavotir oladigan iste’molchilarga shuni aytishimiz mumkinki, istalgan pishiriq, murabbo va shirin gazirovkalarda bunday zarar ko’proq.
Muddati o’tgan mahsulotlarni yeyish zarar
Saqlash muddati o’tgan mahsulotlarni necha marta tashlab yuborganingizni eslang. Odatda biz ishlab chiqauvchilar maslahatiga amal qilamiz, lekin oziq-ovqat sanoati biznes ekanligi va u biz tez-tez va ko’p mahsulot sotib olishimizga qaratilganini unutib qo’yamiz.
Mahsulotning saqlash muddatini aniq aytib berishning iloji yo’q, shu sababdan ishlab chiqaruvchilar odatda kamroq muddatni belgilaydi. Bundan tashqari shunday mahsulotlar borki, agar barcha talablarga amal qilinsa, ularning saqlash mudddati deyarli chegaralanmagan.
Shuning uchun sizga faqat qadoqdagi saqlash muddatiga emas, balki aqlingizga quloq solishingizni maslahat bergan bo’lardik. Agar “saqlash muddati” 2 kun o’tgan yogurtning qopqog’i ishmagan, hidi yaxshi va konsistensiyasi o’zgarmagan bo’lsa, uni axlat idishga tashlash shart emas. Bu haqida qattiqroq xavotir oladigan uy bekalari bunaqa yogurtni pishiriq pishirish uchun ishlatishlari mumkin.
Baqlajonning achchig’ini yo’qotish uchun tuzlash
Deyarli har bir uy bekasi tayyorlashdan oldin, achchig’i chiqmasligi uchun baqlajonni tuzlaydi. Bu afsona qayerdan paydo bo’lganini aytish qiyin. Balki, bizning onalarimiz va buvilarimiz ovqatga ishlatgan baqlajon sortlari rostdan ham achchiq ta'm bergandir, lekin hozi bunday emas.
Ko’plab zamonaviy retseptlarda baqlajon tayyorlanishining bu qadami aytib o’tilmagan, biroq eski kulinariya kitoblarida bu haqida axborot kam emas. Umuman olganda, agar diet ovqat tayyorlamoqchi bo’lsangiz, albatta, uni tuzlasangiz bo’ladi. Bu baqlajonga kamroq yo’g’ shimib olishga yordam beradi, lekin uning achchiqligiga umuman ta’sir qilmaydi.
Yog’li go’shtni rad etganingiz ma’qul
Ortiqcha kilogrammlarni yo’qotish uchun, ko’p hollarda yog’lik go’shtlarni semirmaslik uchun rad etishadi. Ammo, savolni o’rganmasdan turib, xulosa chiqarishga shoshilmang. Masalan, xamon ishlab chiqarish uchun cho’chqalarni nima bilan boqishlarini bilasizmi? Ularning asosiy ratsionini rus yong’oqlari tashkil etadi, chunki u uglevodi yuqori mahsulot.
Qomatingiz bilan bog’liq muammolarda ajoyib mol go’shtini ayblashni bo’ldi qiling. Aslini olganda ortiqcha vazn yig’ilishiga kam harakatli hayot va ratsioningizdagi tezkor uglevodlar sababchi. Hayvon yog’lari esa, ayniqsa, o’lchangan miqdorda organizmingiz uchun muhim.
Qonli go’sht yeyish xavfli
Qonli go’sht yeyish qanchalik xavfsizligi haqidagi baxslar xali hamon tugagani yo’q. Mazali steykni sevuvchilar rare va medium rare go’shtlariga buyurtma beradilar, boshqalar esa wel done to’la pishirilgan go’shtni xush ko’radilar. Biz sizni biroz xafa qilmoqchimiz. Kam pishirilgan steyk go’shtini kesayotganingizda, siz qon emas, sharbat ko’rasiz, go’shtni tayyorlash uslubiga qarab sharbat rangi farqlanishi mumkin.
Go’shtdagi hamma qon hayvonni so’yish paytida oqib ketadi, biroq bu noto’g’ri bajarilgan bo’lsa, siz sotib olish jarayonining o’zida yoqimsiz qon yig’ilmalarini ko’rasiz va bunday go’shtni sotib olmasangiz kerak. Kam pishirilgan go’shtdan chiqadigan sharbat esa qizil rangga ega, bu uning miyoglobin oqsillariga boyligidan dalolat beradi.
Kalsiy faqat sut mahsulotlarida bor
Ko’p o’simliklarda sigir, echki va bosh hayvonlarning sutlariga qaraganda kalsiy ko’proq. Ko’kat,dengiz mahsulotlari, mevalar ham kalsiyga boy. Yana shuni unutmangkki, organizm kalsiyni qabul qilishi uchun D vitamini ham kerak. Shu sababdan, sutsiz mahsulotlar yeyish ham foydali, chunki ularda faqat kalsiy emas, balki vitamin D ham bor.
Xom sabzavotlar, qaynatilganidan foydaliroq
O’n yillardan ortiq vaqt davomida mevalarni qaynatilganidan ko’ra xom paytida yeyish foydaliroq degan fikr yuradi, chunki qaynatilganda ularning oziqaliligi sezilarli darajada pasayadi. Bunda haqiqat ham bor, lekin bu qoida hamma sabzavotlarga tegishli emas. Ingliz olimlarining aniqlashicha, ushbu sabzavotlarni qaynatilgan holda yeyish ma’qulroq: sabzi, pomidor, kartoshka, karom, brokkoli, lavlagi va shpinat. Qaynatilgan sabzavotlarning vitaminlari qisman yo’qolsa ham, foydali minerallari xomlariga nisbatan organizmda 6-7 marta yaxshiroq o’zlashtiriladi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, kartoshka faqat pechda terisi bilan pishirilgandagina foydali. Karom va brokkoli esa o’zining foydaliligini faqat bug’da pishirilgandagina ko’paytiradi.
Achchiq shokolad ozishga foyda
Achchiq shokoladda kaloriya nisbatan kamroq. Biroq, achchiq shokoladning vazn tashlashda yordam berishi ilmiy tomondan isbotlanmagan.
Tuz – oq zaxar
Inson tanasi 70% suvdan iborat, tuz esa organizmda suv balansini saqlashga yordam beradi. Suv bilan birga hayot uchun muhim bo’lgan kalsiy va magniy kabi mikroelementlar yuvilib ketadi. Bu moddalarning kamchiligida organizmda elektrolit balansi buziladi, tez charchash kuzatiladi, kuch yo’qotish, teri va soch qurishi yuz beradi. Shuning uchun tuzni ratsiondan butunlay chiqarib tashlab bo’lmaydi.
Yogurtning bebaho foydasi
Barchamiz bilamizki, har doim mojizaviy bakteriyalari bor yogurt yeb yursangiz, ovqat hazm qilish yaxshilanadi. Ispaniyalik olimlar ushbu maqtalgan mahsulotni tekshirib ko’rishdi.
Katta izlanish olib borildi: olimlar 4000 dan ortiq kishini tekshirishdi. Xulosa esa kutilmagan natija berdi: yogurtni doimiy iste’mol qilish sog’liqqa hech qanday ta’sir ko’rsatmas ekan. Izlanish natijalari Journal of the Academy of Nutrition and Dietetics jurnalida chop etilgan.
Sabzi ko’zga foyda
Sabzini iste’mol qilish ko’zga foyda degan afsona, Ikkinchi jahon urushi paytida o’tqazilgan propaganda kompaniyalardan boshlangan.
Smithsonian Magazine yozishicha, urush paytida Britaniyaning qirollik harbiy havo kuchlari uchuvchilarga nemis dushman samolyotlarini tunda urib tushirish uchun radiolokatsiya texnologiyasining yangi turini o’ylab topgan. Lekin, ushbu yangi texnologiyani sir saqlash maqsadida, hokimiyat uchuvchilarning omadi sabzi ite’mol qilishning natijasi deb tasdiqlashgan.
U davrlarda reklama sabzining foydali xususiyatlarini maqtagan va tunda ko’rishni yaxshilaydi degan.
Rostdan ham, sabzi ko’z nurini ushlab turadigan vitamin A ning eng yaxshi manbayi. Lekin, sabzi ko’z nurini yaxshilaydi yoki tunda ko’rishga yordam beradi degan gap noto’g’ri.
Ozmoqchi bo’lganlarga pishloq yeyish mumkin emas
Dietologlarning ko’pchiligi pishloqda ko’p yog’ bor deb ta'kidlaydi, shu sababli ozishni istaydiganlarga yeyish mumkin emas deyishadi. Ha, rostdan ham pishloq qadoqlarida: yog’lik darajasi 40%, 60 % degan yozuvlarni ko’p ko’rganmiz. Iste’molchilarning asosiy qismi bu raqamlarni noto’g’ri tushunishadi: odamlar pishloqning yarmi yoki butunlay yog’dan iborat deb hisoblashadi. Aslida bunday emas. Qadoqda ko’rsatilgan foizlar pishloqning emas, massasidagi quruq mahsulotga nisbatan olingan. Oddiy qilib aytganda 60 % ko’rsatilgan pishloqda, aslida 24 % yog’ mavjud.
Сообщения из Facebook