Ma’lumki tabiat hodisalari oldida insoniyat kuchsiz. Ammo bazida hech bo’lmaganda qisman tabiat hodisalaridan saqlanishning usullari topiladi. Ushbu rasmlarga qarab bir tomon toshqin suv, bir tomondan xotirjam aholini ko’rish juda ajablanarli. Hamma gap baryerda.
Bir necha yil avval Grayn (Avstriya) shahri kuchli suv toshqiniga uchradi. Dunay daryosi qirg’oqlaridan tashqariga chiqib ketdi. Suv kamayganda esa ushbu muammo yechimini qidirshni boshlab, turli choralar ko’rildi.
Katta suvni to’xtatish uchun mobil to’siq devor o’rnatishga qaror qilindi. Dunay daryosi qirg’oqlari bo’ylab fundament quyildi unga esa vertical metal balkalar o’rnatildi. Ular orasiga to’siqlar qo’yishdi. Paydo bo’lgan to’siq tabiat hodisasidan himoyaga aylandi.
Mutaxassislarning gaplariga ko’ra, bunday ixtiro tog’larda ishlamaydi, chunki u yerda suv tez oqim va katta kuch bilan uriladi, biroq tekislik uchun bu ayni muddao va qutqaruvdir.
Сообщения из Facebook