Qiziqarli ma'lumotlar: «Meni qobiliyatimga nazar tashlashlarini xohlardim, qanaqa bo’lib tug’ilganimga emas»: qo’lsiz va oyoqsiz fotosuratchi boshqalarni lol qoldirib kelmoqda
Indoneziyalik fotosuratchi Ahmad Zulkarnayn (Achmad Zulkarnayn) ning fotosuratlariga qarab, hech kim uni qo'l va oyoqsiz tug'ilgan deb o’ylamaydi. 24 yoshli Ahmad yuzi, og'zi va tugallanmagan qo’l-oyoqlari bilan suratga tushiradi.
Uning asarlari o'zi uchun javob beradi, va hech kim ularni boshqa mutaxassislarning suratlaridan ajrata olmaydi.
Fotosuratchi nafaqat boshqa nogiron insonlar uchun ilhom manbai bo’lib, balki hayotda qanday qiyinchiliklar paydo bo'lishidan qat'iy nazar, muayyan darajada qat'iylik bilan ularni bartaraf etish mumkinligiga dalil sifatida xizmat qiladi.
Zulkarnayn milliy libos kiygan modellarning portretlarini, go'zal peyzajlarni suratga oladi, va o'z noutbukida rasmlarni retushlaydi.
Fotosuratchining DZOEL nomli o’z kompaniyasi bor.
«Meni qobiliyatimga nazar tashlashlarini xohlardim, qanaqa bo’lib tug’ilganimga emas», — deydi Zulqarnayn.
Сообщения из Facebook