просмотров
Hattoki bo’rtib yuborilgan misol bor, choy paketchasini qanday qilib to’g’ri yashlashni: etiketkasini – kartonga, paketcha o’zini eski qog’ozga, shamasini – kompo’stga, qisqichni – eski metallga, ipchasini esa – belgilangan chiqindi chelagiga. Buni hazil deb aytish mumkin edi.. lekin Shveytsariyada emas.
Shunday uddabironlar ham bo’lganki, ular markani yopishtirmasdan chiqindilardan halos bolishga harakat qilgan. Lekin bundaylarga ham chora topildi – chiqindilar politsiyasi. Mutaxasislar zamonaviy texnologiyalar yordamida, noto’g’ri joyda yoki soliq to’lovisiz chiqindilarni tahlil qilishadi – qoyidabuzarni topishadi va jarima solishadi.
Jarimalar katta. Yangi Tsyurih gazetasi shunday voqea haqida yozgan, odam yo’lda ishga ketayotib, avtomoshina oynasidan uy chiqindilarini qog’ozli kopchalarda tashlab yuborgan. Politsiya uni topdi. Qoidabuzarni topishdi va jarima soldi: 6000 frank chiqindini utilizatsiyasi va trassani tozalash uchun, 3000 frank qonunni buzgani uchun va 530 frnak sud harajatlari. Jami, 9530 frank qilig’i uchun. Bu shveytsariyalik o’lchamlar bo’yicha juda kattiq jazo chorasi, chunki har bitta odam muhabbat bilan rappenni hisoblaydi. Mentalitet shunday.
80-chi yillarda, chiqindilarni belgilash faqatgina mamlakatni janubiy sharqida bo’lganda, chiqindili sayyohlik hodisalari tarqalgan. Dam olish kunlariga odamlar o’z oilalarini olishgan, hafta davomida to’plangan chiqindilar bilan bagajniklarini to’ldirishgan va davlatni boshqa qismiga piknikga ketishgan.
Va davlat bo’yicha sayohat qilishgan va chiqindilarni bepulga tashlab yuborishgan. Tsyurihni o’ziga kuniga 3000 tonnadan ortiq “yashirin” chelaklar chiqindilar bilan olib kelishgan. Shuning uchun barcha tuman va quyi palatalarga chiqindilarga boj to’lashni kiritishgan.
XX asrni 80-chi yillarida Shveytsariyadagi ekologik holat achinarli edi – barcha daryo va ko’llar fosfat va nitratlar bilan ifloslangan, yerlar – og’ir metallar bilan, biohillik borgan sari kamaygan, o’sayotgan iste’mol jamiyat esa chiqindini katta miqdorini ishlab chiqargan. Tez fursatda aholi o’zining chiqindilaridan, ishlab chiqarish va qishloq-ho’jalik ifloslanishlardan nafasi qaytish boshlandi. Bunday kichkina hududda keng maydonlar bo’lmagan, u erga chiqindilarni tashlab, esdan chiqarish uchun. Shunda yangi ekoligik siyosatni ishlab chiqarish savoli tug’ildi, va uni pedantlik bilan amalga oshirishni boshlashdi. Bunga ikkita o’n yillik ketdi, lekin natijasi barcha kutishlarni oqladi. Shveytsariya hozir – dunyoni eng ekologik mamlakatlaridan biri, rivojlangan jamoat transporti va toza tog’ havosi bilan. Istalgan ko’ldan, va albatta krandan qo’rqmasdan suv ichish mumkin.
Muvaffaqiyatni sababi nimada? Sababi shundaki, davlat – bu ular. Shveytsarlar o’ziga o’zining davlatini yig’ishtirish vazifasini yuklashgan, va muvaffaqiyat qozonishgan. Qolgani esa faqatgina vaqtni talab etgan. Hulosa oson… odamlar hohlashdi – odamlar bajardi!
Сообщения из Facebook