Birmada (Myanma) shahar bor va u haqida g’arbda hech kim eshitmagan, deb yozadi Viral Thread. U Nyu-Yorkdan 6 baravar kattaligi uchungina emas, balki mamlakatning poytaxti bo’lgani uchun ham g’alati.
O’n yil avval hukumat davlat poytaxtini Yangondan Neypidoga ko’chirgan, bu shahar haqida hech narsa ma’lum emas. Agar siz bilmasangiz, Myanma (avvalgi Birma) – bu Janubi-Sharqiy Osiyodagi harbiylar boshqaruvidagi davlat.
Poytaxt qurilishiga milliardlab pul sarflangan bo’lsada, bu yerga sayyohlar kiritilmaydi.
Quyida ushbu sirli shahardan qilingan fotoreportajni tomosha qiling.
Shahar million kishilik aholiga mo’ljallangan, lekin bo’sh
Bu yerda asosan hukumat a’zolari yashaydi
Guardian reportyori uni “Amerika chekkalaridagi apokalipsisdan keying qo’rqinchili manzara” deb nomladi
Shahar mamlakatning aholi yashamaydigan chakalakzor o’rtasida qurilgan
Restoranlarda sayyohlar va aholi yo’qligiga qaramasdan, shaharning hamma yerida tekin Wi-Fi ishlab turibdi
Mish-mishlarga qaraganda Shimoliy Koreya muhandislari shahar ostida yer osti tonnellar tizimini qurishgan
Bu pagoda – Rangundagi Shvedagon pagodasining nusxasi, lekin undan farqli o’laroq buni ichi bo’sh
Сообщения из Facebook