просмотров
Qadoqlangan salat bargi
Bakteriolog olimlar ogohlantiradi: supermarketdagi eng zararli mahsulot bu kesib, qadoqlangan salat bargidir. Qadoqda ushbu mahsulot iste’mol qilishga tayyor deb yozilgan bo’lsa ham unda oshqozon ichak kasalliklarini keltirib chiqaradigan bakteriyalar bo’lishi mumkin. Salat bargiga ular yerdan tushadi va ularni yo’qotib bo’lmaydi, chunki issiqlik bilan qayta ishlanmaydi. Sog’lig’ingizni ehtiyot qilishingiz uchun, har bir sotib olingan ko’katni yaxshilab yuvish maqsadga muvofiqdir.
Kolbasa
Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti kolbasa, bekon va go’shtni qayta ishlash mahsulotlarini rak kasalligini keltirib chiqaruvchi mahsulot deb tan olgan. Ulardagi nitrit, ichakda nitromizin – kuchli kanserogenga aylanishi mumkin. Dudlanganlari esa yana bir konserogen modda – benzpirenni o’zida saqlashi mumkin. Shu sababli, yaxshi mol go’shti sotib olib, uni uyda tayyorlab, kolbasa o’rniga gazak sifatida yoki sendvichlar uchun ishlatish sog’lig’ingiz uchun foydalidir.
Idishlangan ko’k choy
Olib borilgan tadqiqotlar shuni tasdiqladiki: idishdagi ko’k choy deb sotilayotgan mahsulot aslida ko’k choy emas. Ko’k choy o’zining antioksidantlari bilan mashxurdir, lekin 20 ta idishdagi “choy”dagi antioksidantlar atigi bir piyola haqiqiy ko’k choydagi antioksidantlar bilan barobar ekan. Bu mahsulot, asosan, suvdan tashkil topgan, undagi shakar miqdori esa gazirovkadagidan ham ko’p. Yaxshisi choyni uyda damlab, o’zingiz bilan olib ketganingiz ma’qul.
Meva qo’shilgan mahsulotlar
Mevali qo’shimchasi bor kruassanlar, bulochkalar va yogurtlar ishtaxani ochadi. Lekin uning ichidagi mevali to’ldiruvchilar ishlab chiqarish va sotish uchun mo’ljallangan. Konservantlar, amortizatorlar va quyiltiruvchilarga boy bo’lganligi sababli xamir uni shimib olmaydi va mahsulot aynimaydi. Lekin ularda haqiqiy mevalarni topish qiyin. Bunday qo’shimchalarni ishlab chiqaruvchilar o’zlarining mahsulotlarini quyidagiday ta’riflaydilar: “Mevalar hajmi – 20-40%”. Shu sababli, ertalabki nonushtangizga haqiqiy mevalardan qo’shib yeganingiz yaxshiroq.
Mayonez
Mayonezning tarkibi tuxum, sirka, kungaboqar yog’i va ziravorlardan iborat. Lekin do’kondan sotib olinadiganlarida yana konservantlar, rang beruvchilar va stabilizatorlar ham bor. “Yengil” mayonezda yog’ miqdori kamroq (masalan 50% o'rniga 35%), lekin uning quyuqligi va ta’mini saqlab qolish uchun unga kraxmal va shakar qo’shiladi. Shuning uchun koloriyasi bo’yicha u oddiy mayonez bilan bir xil bo’ladi. Bu sousni foydali deb bo’lmaydi, lekin uni yoqtirsangiz, yaxshisi uyda tayyorlang.
Maydalangan ziravorlar
Maydalangan ziravorlarni arzon qo'shimchalar bilan aralashtirib sotish oson. Masalan, dolchin (koritsa) o’rniga kassiya, za’faron o’rniga – aspur. Ziravorlarni don holatida sotib oling va o’zingiz maydalang. Ziravorlarni natriy glutamat – ta’m kuchaytiruvchisizini sotib olgan yaxshiroq. U zararsiz, lekin o’rganib qolsangiz ovqatning mazasi chuchukdek tuyila boshlaydi.
Non
Supermarketdagi nonni kimyoviy moddalar (masalan, kinolarda portillatish uchun ishlatiladigan benzoil periksi) yordamida oqlanadigan undan pishirishadi. Bunday un uzoq saqlanadi va unga hasharotlar kelmaydi, lekin uning foydasi ham kam. Bunday non xamiriga xamirni zichlashtiradigan non yopish yaxshilovchisi, ta’m kuchaytiruvchi, PAV va boshqa narsalar ham qo’shiladi. Bunday qo’shimchalar xamirning sifatini yaxshilab, non saqlanish muddatini uzaytiradi. Lekin bizning organizmimizga bu kerakmikin?
Nonni kichikrok novvoyxonalardan sotib oling. U yerda nonni nimadan yopishlarini so’ray olasiz.
Сообщения из Facebook