FOREX xalqaro valyuta bozori: Bo’lg’usi birja qirollari uchun eng to’liq va batafsil yo’riqnoma (1-qism)
FOREX xalqaro valyuta bozori: Bo’lg’usi birja qirollari uchun eng to’liq va batafsil yo’riqnoma (1-qism)
FOREX (ingliz tilida - Foreign Exchangemarket, ya’ni horijiy almashinuv bozori) — o’tgan asrning eтmishinchi yillar boshida, xalqaro savdo davr taqozosi bilan valyutalarning fiksatsiya qilingan kurslaridan erkin suzishga o’tgan paytida shakllangan xalqaro valyuta bozori. Bunda bir valyutaning kursi ikkinchisiga nisbatan eng shak-shubhasiz tarzda belgilanadi: ikkala taraf ham rozi bo’lgan o’zaro nisbat bo’yicha almashinuv orqali.

Marjaning o’lchami: FOREX bozoridagi kredit "yelka”si, ya’ni marja faqat mijoz va unga bozorgakirish imkonini beruvchi bank yoki brokerlik firmasi o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. Odatda u 1: 100 nisbatda belgilanadi. Ya’ni,1000 dollar depozit qilish orqali mijoz 100 ming dollarga teng miqdorda bitimlar tuzishi mumkin. Bunday yirik kredit "yelkalari”dan foydalanish,valyuta kotirovkalarining o’ta kuchli o’zgaruvchanligi bilan birgalikda bubozorni yuqori daromadli, lekin shu bilan birga havf ehtimoli ham juda yuqori bo’lgan bozor sifatida shakllantiradi.

 

FOREXda firibgarlik turlari va kasodga uchrashning sabablari

Xalqaro valyuta bozorida xizmatlar ko’rsatishning yetarli darajada tartibga solinmaganligi sababli, ko’pincha FOREX bozorida faoliyat ko’rsatuvchi brokerlik firmalariga bog’liq bankrotlikva firibgarlik holatlari uchrab turadi. Hech narsani sezmayotgan mijozlarning ishonchini surunkasiga suiiste’mol qilib kelgan shubhali ta’rifga ega bo’lgankompaniyalar tomonidan mablag’larni talon-taroj qilish va noqonuniy ravishda o’zlashtirib olish yo’li bilan mijozlarga nisbatan firibgarlik holatlari juda ko’p kuzatilgan.

Bunday kompaniyalar kredit tashkilotlari hisoblanmaydi va Markaziy bankning moliyaviy bozorda ishlash huquqini beruvchi litsenziyasiga ham ega emas. Ular mijozlarga xalqaro moliyaviy bozoriga haqiqiy chiqishni ta’minlab bera olmaydi va hatto valyuta treydingini amalga oshirish uchun zarur dasturiy ta’minot va boshqa bazalarga ega bo’lgan holda ham kazino, ya’ni yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan kazino tamoyillarini qo’llagan holda ishlaydi.

FOREX xalqaro  valyuta bozorida ishlash uchun barcha kerakli litsenziyalarga ega bo’lgan kompaniya yoki bankda bu turdagi noxush hodisalardan hech narsa yuz berishi mumkin emas.

Marja va marjinal bitimining mohiyati

Banklararo savdolarda bitimlarning odatiy hajmi 10 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Shu  bilan birga, bunday bitimlarning hajmiga xususiy sarmoyador, yoki hech bo’lmaganda, sarmoyadorlar ko’pchiligining qurbi etmasligi aniq, albatta.

Turli dilerlik yoki brokerlik kompaniyalarining vositachiligi tufayli FOREX bozorida kichik va o’rtasarmoyadorlar ishtirok etishining ham imkoni vujudga keldi. Dunyoning ko’p mamlakatlarda o’rta va kichik sarmoyadorlar o’zlarining amaliyotlarida 2 ming AQSHdollari miqdoridagi pub mablag’laridan foydalanib jahon valyuta bozoriga kirish imkoniyatiga ega.

Diling kompaniyasi o’z mijozlariga depozitdan bir necha barobar oshadigan kreditliniyasini, ya’ni "diling tirkagichi" yoki "kredit yelkasi"ni taqdim etadi. Marjinal savdo xizmatini ko’satuvchi brokerlar, garov depozitini kiritishni talab qiladi va mijozga kiritilgan depozitdan 50, 100 barobar, ba’zan esa hatto 200 barobar miqdordagi summalar bilan oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish imkonini beradi. Endi zarar xavfi mijozga yuklatilib, depozit esa brokerni sug’urta qiladigan xavfsizlik ta'minoti sifatida xizmat qiladi. Diling yoki brokerlik kompaniyasi orqali ishlash tizimi "marjinal savdo”("margintrading") nomiga ega bo’lib qoldi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook