просмотров
Soddaroq qilib aytganda "marjinal savdo"ning mohiyati shundaki, sarmoyador garov mablag’ini joylashtirib, ushbu garov evaziga ajratilgan maqsadli kreditlarni boshqarish huquqini qo’lga kiritadi va ochiq valyuta pozitsiyalari bo’yicha sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarning qoplanishini kafolatlaydi.
Avval aytib o’tilganidek,haqiqiy yetkazib berish yoki xaqiqiy valyuta ayriboshlashga ega valyutaga oid amaliyotlardan farqli o’laroq, FOREX ishtirokchilari, ayniqsa agar ulrning mablag’lari kichigina bo’lsa, sug’urta depozitiga ega savdo – marjinal yok itirkagichli savdodan (“margintrade” yoki “leveragetrade”) foydalanadi. Marjinalsavdoda har bir bitim albatta ikki bosqichga ega bo’ladi: valyutani bir narxda sotib olish (sotish), keyin esa, albatta uni boshqa narxda (yoki o’sha narxning o’zida) sotish (sotib olish). Birinchi harakat pozitsiyaning ochilishi, ikkinchisi esa pozitsiyaning yopilishi, deb nomlanadi. Pozitsiyaning ochilish paytida valyutaning xaqiqiy tarzda yetkazib berilishi sodir bo’lmaydi, buning o’rniga pozitsiyani ochgan ishtirokchi ehtimoli bor yo’qotishlarni qoplash kafolati sifatida xizmat qiluvchi sug’urta depozitini kiritadi. Pozitsiya yopilganidan keyin, sug’urta depoziti qaytariladi va foyda yoki zarar bo’yicha hisob-kitob qilinadi.
Marjinal savdodagi amaliyot albatta ikki qismdan iborat bo’ladi: pozitsiyaning ochilishi va pozitsiyaning yopilishi. Masalan, yevroni dollarga nisbatan qimmatlashishi (mustahkamlanishi)ni tahmin qilib, biz hozirgi paytda dollar evaziga arzonroq yevro sotib olib, uni keyinchalik, qimmatlashgan paytida sotmoqchimiz. Bu holda amaliyot quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: pozitsiyaning ochilishi – yevroni sotib olish, pozitsiyaning yopilishi – yevroni sotish. Pozitsiya yopilmagan butun davr mobaynida biz “yevro bo’yicha ochiq pozitsiya”ga ega bo’lamiz. Huddi shu kabi, agar biz yevroni dollarga nisbatan arzonlashadi, deb hisoblasak, unda amaliyotimiz quiydagi bosqichlardan iborat bo’ladi: pozitsiyaning ochilishi –qimmatroq yevroni sotilishi, pozitsiyaning yopilishi –arzonlashgan yevroni sotib olinishi. Shunday qilib, bizda valyuta kursining ko’tarilishi bilan birga tushishi paytida ham foyda olish imkoni mavjud.
FOREX bozorida savdoda ishtirok etish sxemasi
FOREX bozorigachiqishni faqat vositachi orqali amalga oshirish mumkin.Bunday vositachilar dilerlik markazlari bo’lishi mumkin. Bu tashkilot Sizga valyuta kotirovkalarini beruvchi va u orqali amaliyotlarni bajarishingiz mumkin bo’lgan broker bilan bog’lovchi aloqa kanali (kompyuter yoki telefon orqali) bilan ta’minlaydi. Shuningdek siz uyingizdagi o’z kompyuteringiz bilan Internet orqali to’g’ridan-to’g’ri ishlashingiz mumkin. So’nggi yillarda bu ko’rinishdagi ish faoliyati juda keng tarqalib boryapti. Siz kompyuteringiz ekranida ko’rgan narxlar – FOREX bozoridagi haqiqiy bitimlarning narxlari. Mijoz biror kompaniya bilan shartnoma tuzadi va kompaniya ushbu tuzilganshartnoma bo’yicha mijozning topshirig’iga ko’ra o’z hisobidan amaliyotlarni amalga oshirish majburiyatini oladi. Shu bilan birga, u bunday amaliyotlarni bajarishdan yo’qotishlarga duch kelishi, ya’ni zarar ko’rishi ehtimoli vujudga keladi, shuning uchun ham mijoz garov sifatida ma’lum miqdorda bankka depozit qo’yadi. Ushbu depozitning miqdori bank tomonidan tuzilgan bitimning summasi va mijozga taqdim etilayotgan “kredit yelkasi” asosida belgilanadi.Agar diling kompaniyasi o’tkazilgan amaliyotdan zarar ko’rgan bo’lsa, sarmoyador bu pul mablag’laridan qoplanadigan zararning miqdori bo’yicha majburiyatlarni oladi; agar korxona operatsiyadan foyda olgan bo’lsa, unda kompaniya sarmoyador oldida ushbu daromad miqdori bo’yicha majburiyatlari vujudga keladi. Olingan foyda mijozning garov depozitiga o’tkaziladi. Kompaniya o’z mablag’lari hisobidan o’ynashi sababli kompaniyaning mijozi ochiq pozitsiyani yopish to’g’risidagi ko’rsatma berishi majburiy shartdir; agar bunday ko’rsatma olinmasa, bank uzoq muddatli pozitsiyani qisqa muddatlisi bilan yopishi mumkin. Bunda mijoz zarar ham ko’rishi mumkin.
Сообщения из Facebook