просмотров
Bir-biriga nisbatan ikki foizdan ko’proq farq qilgan holda o’zgarishi juda kam uchraydi va oqilona o’yinda mijoz o’z garovni yo’qotib qo’yishi deyarli mumkin emas. Agar bankning dileri kursning noxush harakatlanishi paytida ehtimoli baland bo’lgan yo’qotishlar garov depozitining miqdoridan oshib ketishi mumkinligini ko’rsa, u mijozning ko’rsatmasisiz pozitsiyani garov miqdoridan oshmaydigan zararlar bilan mustaqil ravishda yopishi mumkin.
Marjinal savdo o’zining soddaligi bilan jozibadordir. daromad olish uchun etakchi xorijiy davlatlarning qimmatli qog’ozlariga sarmoya kiritish yurtdoshlarimizda qiziqish uyg’otmas,balki. Albatta, AQSH Federal G’aznachiligi zayomlari eng ishonchli va barqaror hisoblanadi, lekin ular yuqori narxlarda past rentabellikni (yillik 6% ga yaqin) tashkil etadi va uzoq muddatli investitsiyalarning obyektidir. Aksiyalar bo’yicha daromadliligi yuqoriroq, lekin dividendlar miqdori to’g’ridan-to’g’ri muayyan korxonaning muvaffaqiyatli ishlashiga va uning aksiyadorlarining imtiyozlariga bog’liq. Qizig’i shundaki, ularning stavkasini oshirish uchun aktsiyalarni sotib olish maqsadga muvofiqdir, ammo bu katta investitsiyalarni talab qiladi. Marjinal savdo yuqorida ko’rsatilgan cheklovlardan xalos bo’lgan –Siz o’zingizning kutishlaringizga qarab sotishingiz yoki sotib olishingiz mumkin, amaliyotni o’tkazish uchun esa bitim miqdorining faqat 1-3 foiz miqdorida mablag’ bo’lishi kifoya qiladi.
Valyuta xatarlaridan himoyalashni qo’llash
Tashqi savdo amaliyotlari bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar butun jahon valyuta bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi. Eksportchilar doimo chet el valyutasini sotishga, import qiluvchilar esa uni sotib olishga ehtiyoj sezadilar. Xalqaro valyuta bozorida valyuta kurslari doimiy o’zgarib turadi. Natijada, valyuta uchun sotib olingan yoki sotiladigan tovarlar yoki xizmatlarning haqiqiy qiymati sezilarli darajada o’zgarishi mumkin va yuqori oydali shartnomalar foydasiz yokihatto zarar keltiruvchi ham bo’lib qolishi mumkin. Albatta, valyuta kursining o’zgarishi foyda keltirgan vaziyatda, teskari holat ham vujudga kelishi mumkin, ammo savdo kompaniyasining vazifasi valyuta kurslarining o’zgarishidan foyda olish emas.
Savdo kompaniyasi uchun sotib olingan yoki sotilgan tovarlarning haqiqiy tan narxini rejalashtirish imkoniga erishish juda muhimdir, shuning uchun kompaniyalar o’z faoliyatida valyuta xatarlarini xedjlash, ya’ni ular himoyalanish ehtiyot choralarini ko’rishdan foydalanadi. Pul mablag’lari, shuningdek chet el valyutasidagi kelgusi daromad yoki xarajatlar valyuta xatarlariga duch kelish ehtimoli juda baland. Odatda kompaniyada buxgalteriya hisobi qandaydir bir valyutada amalga oshiriladi (masalan, AQSH dollarida), shuning uchun ham moddalarni xorijiy valyutada qayta baholash natijasida ushbu valyutalarning kursi o’zgarganda daromad yoki yo’qotishlar vujudga kelishi mumkin.
Valyuta xataridan himoyalash (xedjlash)
Valyuta xataridan himoyalash (xedjlash) - FOREX bozorida operatsiyalarni amalga oshirish orqali ushbu mablag’larning joriy qiymatini belgilashdan iborat bo’lgan valyuta kursining nomaqbul harakatlaridan mablag’larni himoya qilishdir.Xedjlash shunga olib keladiki, kompaniya uchun kurs o’zgarishining xavfi yo’qoladi, bu esa o’z navbatida, tadbirlarni rejalashtirish va valyuta kursining o’zgarishi bilan buzilmaydigan moliyaviy natijalarni oldindan tahmin qilish imkonini beradi. FOREX bozoridagi operatsiyalar marjinal savdo tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Savdoning bunday turi ko’plab xususiyatlarga ega bo’lib, aynan shular uni juda mashhur qilib yuborgan. Kichik boshlang’ich sarmoya undan bir necha (o’nlab yoki yuzlab) barobar ko’proq miqdorda amaliyotlarni amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu bir necha barobar ko’paytirish kredit yelkasi (Leverage) deb ataladi. Savdo naqd pulning real ishtirokisiz amalga oshiriladi, bu umumiy xarajatlarni kamaytiradi hamda valyutani sotib olish va sotish yo’li bilan (shu jumladan, depozit valyutasidan farq qiladigan) pozitsiyalarni ochish imkonini beradi. Valyuta xatarini real mablag’lar harakatisiz (kredit yelkasi ishtirokida) himoyalashning o’ziga xos xususiyati, salmoqli pul mablag’larini kompaniyaning aylanma mablag’laridan ajratmaslikning imkonini yaratadi.
Сообщения из Facebook