
просмотров
Baliqni juda qaynatvormaslik uchun

Qaynatilayotgan baliq go'shti yoyilib ketmasligi uchun suvga bir oz limon sharbatini qo'shing. Vaynatish vaqtida qozonni qopqoq bilan yopmang.
Pashtetni oson kesib olish uchun

Pashtetni bemalol kesish uchun, xar kesayotgan paytingiz pichoqni qaynoq suvga bo'ktiring. Shunda pashtet pichoqga yopishib qolmaydi.
Qahva qoldig'idan halos bo'lish uchun

Qahva qoldiqlari turka tubiga tushishi uchun bir choy qoshiq muzday suv qo'shib bir necha soniya kutib turish kerak. Undan keyin qahvan chashkaga quysa ham bo'ladi.
Danaksiz zaytunlar

Bu layfxak dunyoda tanilgan Jeymi Oliver kulinariga tegishli. Salatlarga biz ko'pincha zaytun va danaksiz maslinlarni ishlatamiz. Ularni osonlik bilan chiqarish mumkin. Maslin va zaytunni oshxonada ishlatiladigan istalgan tarelka yordamida bosib chiqarishingiz mumkin.
Go'sht qattim bo'lib ketmasligi uchun

Agar tushlikga yoki kechgi ovqatga mazali go'shtni tayyorlamoqchi bo'lsangiz, tayyorlash davomida go'shtni tuzlamang ayniqsa bu katta bo'laklar bo'lsa. Agar go'shtni tayyorlanib bo'lishdan oldin tuzlagan bo'lsangiz, uning usti suvsizlanib qattiq bo'lib qoladi.
Сообщения из Facebook