просмотров
Bu ajoyib kinoni hammamiz yahshi ko’ramiz, shu kinoni yarim iboralari “milliy” darajasiga o’tgan. Hushchaqchak hazil, rejissyorni nozik kesatiqlari – bir marta bo’lsa ham ko’rgan odamni, tasvir har birini yuragidan mustahkam joy oldi. Lekin shuni bilasizmi, kino umuman boshqacha bo’lishi mumkin edi?
Bu ssenariyni g’oyasi mualliflarga A. Sahnininni “Pravda” gazetasidagi kontrabandistlarga qarshi kurashishga bag’ishlangan maqolalarni o’qiganidan so’ng keldi. Qaydlarni birida qimmatbaho narsalarni olib o’tishni o’ziga xos yo’li haqida gap ketgan.
Ssenariyga asosan, kinoni syujeti bunday bo’lishi kerak edi: oddiy sovet davri odami Semyon Semyonovich Pavlik (keyinroq u Timoshkin va faqatgina kino chiqishidan oldin - Gorbunkov), chet el sayohatiga borib, kontrabandistlarni mahinatsiyasi markazida bo’lib qoladi.
Umuman olganda, ssenariy maqullangan, lekin e’tirozlar ham bo’lgan: uy boshqaruvchisi Plyush ishtirokidagi sahnalar sonini kamaytirish, militsiyani rolini “qavariq”roq qilish (targ’ibot), kontrabandistlar uchligini ikkitagacha kamaytirish, “kichkintoyni” olib tashlab.
Gorbunkovni asosiy roli faqat Nikulinga to’gri keladigan qilib yozilgan. “Ittifoq Sirk”da Nikulinga yarim yilga ta’til berishgan, buni avvalari hech qachon qilishmagan bo’lsa ham. Chet ellik joyi O’zbekistonda olingan, “Gorbunkov shahri” esa – Krimda.
Azaldan kino “Kontrabandistlar” nomi bilan bo’lishi kerak edi, yakuni esa boshqacha – lirik. Aniqrog’I esa: Pod’ezdan Gorbunkovlarni butun oilasi yangi kiyimlarda chiqadi, Semyon Semyonovichni ikkala qo’llari ham gipslangan, lekin ko’rinishi bahtli. Bolalar oldinga o’tishadi, Nadejda esa erini qo’lidan olib, qizarib, sekin aytadi: “Senya, men senga bir narsani aytmoqchi edim… Biz farzandli bo’lamiz!”
Shu bilan birgalikda luqmalar olib tashlangan: “Shef aytganday, bizning ishimizda asosiysi – sotsialistik realizm” va “ Partiya va hukumatni ikkinchi yilga qoldirishdi”. Sababi – siyosiy.
Uy boshqaruvchisi Plyushni monologida “Men xayron bo’lmayman, agar eringiz yashirin ravishda jazmanini oldiga borayotgan bo’lsa” azaldan “jazman” so’zini o’rniga “sinagoga” so’zi bo’lishi kerak edi.
Rejissyorni ssenariysida mast Semyonni budilnik bilan hotini uyg’otmagan, uni ustiga surat tushib, bo’ynida osilib turishi kerak edi. Budilnikni qo’llash g’oyasi bir nechta omadsiz dubllardan so’ng paydo bo’ldi – surat Nikulin bo’yniga “chiroyli” osilmagan.
“Quyonlar haqida qo’shiq” birinchi kinoprobalarda kemada bajarilgan. Faqatgina kino chiqishidan oldin uni “Omadsizlik oroli”ga almashtirishgan, “Quyonlar haqida qo’shiq” esa restoranga ko’chgan – “jo’shqinlikni suyultirish”
Mironov suvda ketayotgan, qarmoqga engishgan bolaga tepki bergan joyi esingizdami? Bu rolni Nikulinni o’g’li o’ynagandi. Bu sahna uzoq vaqt o’hshamagan edi – bola suvga Mironov o’qtalishidan oldin tushib ketgan, shuning uchun Gayday bolani Mironov shunchaki o’tib ketishiga ishontirgan.
Tinchlangan Maksim qarmoqqa engashdi, hiylagar rejissyor Mironovga pichirlagan: “Yahshiroq yaqinlash!”. Dubl o’hshadi, Nikulinni bolasi esa Tsvetnoy bulvardagi sirkni hozirgi general direktori va ba’diy rahbari “Andrey tog’adan” qattiq hafa bo’ldi. Epizod filmga tushdi, ovozi esa – qirqildi.
Ikkalovi shunday tabiiy o’ynashdiki, “Yordam berilar! Oyijo-o-on!”ga qutqaruvchilar bilan haqiqiy kater tezda yetib keldi!
“Ishq vulqoni” qo’shig’ini Svetlana Svetlichnaya emas, Aida Vedisheva ijro etgan, u “Qavqaz asirasi”da ham qo’shiq aytgan. Svetlichnaya Gaydaydan juda hafa bo’lgan unga qo’shiq aytish uchun imkon bermagani uchun. U Nina Grebeshkovadan qiziqib so’radi: “Nega Gayday o’z ovozi bilan aytishga ro’zi bo’lmadi”? Kinoda Svetlichnaya o’zini ovozi bilan gapirmagan, Zoya Tolbuzina ovozi bilan gapirgan. Yagona o’zi aytgan iborasi: “Men aybdor emasman!...”
Gayday filmini deyarli barcha qo’shiqlarini kompozitor Aleksandr Zatsepin o’ylab topgan. “Omadsizlik oroli” ba’diy kengashga shunday yoqmadiki, uni savatga uloqtirmoqchi bo’lishdi, lekin kino probalarida qo’shiqni Mironov shunday qoyil-maqom ijro etdiki, Gayday qo’shiqni albatta kinoga qo’shishga qattiq turib oldi.
Mironovni apteka oldida qulab tushishi bitta dublda amalga oshirildi, Nikulin esa hech ham kerak bo’lganiday qulab yiqilolmadi. Azaldan banan po’chog’I rejalashtirilgan, so’ngra uni tarvuz qobig’iga almashtirishdi. Almashtirish yordam bermadi, natijada Nikulin o’rniga Leonid Kanevskiy yiqildi. Sahna Bakuda olingan.
Qo’rqinchli abrakadabra bilan so’kinayotgan kontrabandist – Kanevskiy qahramoni, boshqa narsa emas balki uni keyinchalik rafiqasiga aylangan sevgilisiga shifrlangan habardir. Agar etibor bilan eshitsa, u bir nechi marotaba “Berazina kumanit” deb kaytaradi. Berezina – rafiqasini familiyasidir.
Plyush uy boshqaruvchisi roli sinalayotganlarni barchasidan Gaydayga yoqdi…Nonna Mordyukova. Bundan tashqari u Andrey Mironov bilan chiqisha ololmas edi, uni “onasini o’g’ilchasi” deb hisoblar edi. Agar Nonna syomkada jumlani noto’g’ri aytsa, Mironov uni darhol to’g’rilar edi.
Esingizdami suv osti suratga olishda Papanovni trusigini tortib olishgan? Bu sahnani dublyor bilan olishgan. Syomkalar vaqtida har hil hiylalarga borishga to’gri kelgan. Masalan, u vaqtda suv ostida syomka qilish uchun kameralar bo’lmagan, shuning uchun apparaturani suvdan saqlash uchun bir moskvalik mohir saqichdan maxsus boks yasadi. Suv ostidagi epizodlarini bir nechtasini maket yordamida olishgan: odam shaklini tayorlagan, va kombinatsiyalangan syomkalar operatorlari ular bilan ko’lmakda ovora bo’lishgan.
Gorbunkovni o’g’li Mironovga muzqaymoq otgan epizodda, aslida tvorog bo’lgan (u yahshiroq “chaplangan”), otgan esa bola emas, rejissyorni yordamchisi. Yahshi tarbiya ko’rgan sovet davri bolasiga mashxur aktyorni tvorog bilan otib tashlashga dadillik etmagan.
Eng kulgilli epizodlardan biri, bu kattagina odam so’raganda: “Otagina, chekish topiladimi?” – qo’rkib ketgan Gorbunkovdan (“Sen nima, kar va soqovmisan? – Ha!”) Moskvadagi Lenin prospektidagi yer osti o’tish yolida olingan, oldin u erda hojathona bo’lgan.
Kattagina odam rolini “Smena” jurnali muhbiri L. Pleshakov oynagan, usha paytda juda mashxur bo’lgan, Nikulin bilan intervyu uchun vaqtincha kasbini almashtirishga rozi bo’lgan. Bu qisqagina epizod 4 soat davomida oingan! Gayday Pleshakovni bu rolga u o’zini sochlari o’sib ketgan ko’ksini ko’rsatgandan so’ng tasdiqlagan.
Kemaga “Mihail Svetlov” nomini Gayday shoirga bo’lgan o’zini katta muhabbati tifayli qo’ygan. Portga “Pobeda” kemasi kelgan, Gayday kapitanni kema nomini bir kunga o’zgartirishga ko’ndirgan, hattoki qutqaruv chambarini ham nomini o’zgartirishgan. Natijada kemadagi barcha epizodlarni bir kunda olishgan! Film ekranlarga chiqdi. Dengiz flotini boshlig’I uni qaramog’ida “Mihail Svetlov” yo’qligini bilib, bu hatoni to’g’rilashga darhol izim berdi, va suvga tushirilgan birinchi kema shoir nomi bilan ataldi.
Syomka vaqtida shunday mish-mish tarqadiki, Nikulin olamdan o’tdi deb. Aslida esa “Gorizont” mehmonhonasi ishchisi podvalda Nikulinni “tanasini” topib oladi. Qo’rqib ketganidan u yaxshiroq qaramagan, aslida bu mulyaj edi, Gorbunkov vertolyotdan tushib ketayotgani epizodini olish uchun yasalgan.
Kinoda ko’p dekoratsiyalar ishlatilgan: Tuapse yonidagi Atoy qishlog’I oldida butun “Qumli orol”ni yaratishgan!
Baliq tutayotgan vaqtda Lyolik (Papanov) jahl qilib “Ovsar” deb aytib yuboradi. Lekin bu ibora Geshaga atalmagan edi, suratga olish guruhidagi kimgadir syomkani kechiktirayodgani uchun aytgan, - suv muzday edi.
Kinoda Gorbunkovni rafiqasi bir necha marotaba eriga aytadi: “Sen shunday ishonuvchansanki!”. Ssenariyda bu so’zlar yo’q edi, lekin real hayotda Nina Grebeshkova turmush o’rto’giga buni ko’p marotaba aytgan – L. Gaydayga – va u uni doimiy so’zlarini qahramon ayol so’zlariga qo’shgan.
Militsionerlar mast odamni olib ketayotgan epizodga Gayday o’zi ovoz bergan.
Kinoni ohiridagi epizod, Nikulinni ZIS-110 avtomobiliga kran tushirayotgan joyi, va so’ngra Nikulin boshini qayrilma qoziqga urib olgan joyi rejalashtirilmagan edi. Nikulin rostdan ham boshini urib olgan, va aynan shu epizod kinoga kiritilgan.
Huddi shu epizodda Nikulinni katerdan kranni sariq rangli nayzasi ko’taradi, moshinaga esa – yashil.
Kozodoev bazaga kelayotgan vaqtida, Gorbunkovga u erda “ovozsiz va changsiz” gipsni echishlari kerak edi, u ayolni kiyimida – yubkada edi. Bazani ichida esa u ishton va maykada bo’lib qoladi.
Esingizdami? ”Bolalarga – muzqaymoq, ayoliga – gul!”. Mironov qahramoni stolcha oldiga, qo’lida cho’pdagi muzqaymoqni ushlab keladi, bir necha soniyadan so’ng esa u vazachadagi muzqaymoq sharlariga aylanib qoladi. Mo’jiza!
Huddi shu sahnada Kozodoev Gorbunkov hotiniga ikkita atirgul beradi.
Birinchi qismini ohirida TK stantsiyada Papanov va Mironov Nikulinni ikki tomondan qo’rish quvurida qisib olishadi, unda yaqqol chiqish uchun yo’l yo’q edi. Ikkinchi seriya shundan boshlanadiki, Nikulin quvirdan tashqarida bo’ladi.
Kozodoev Nikulinni tosh bilan hushidan ketkizmoqchi bo’lgan sahnada, u sumkadan oq toshni oladi, kulrang bilan esa o’qtaladi.
Magazindagi Pegas (“Sizda huddi shunaqasi bormi, faqat qanotlarsiz?”) “Ishdagi Ishq” kinosida ham olingan, uni og’irligi ostida A.Myagkov qahramoni ot bilan epizodida ezilib qolgan, so’ngra esa “Shirli-Mirli” komediyasida bastakorni kvartirasi intereridaham. Bu ot haligacha “Mosfilm” rekvizit bo’limida saqlanib turibdi!
Сообщения из Facebook