Jaranglashi ajoyib, lekin Evropada (va nafaqat) shunday joylar borki, u yerda ko'chmas mulkni deyarli mayda chaqalarga xarid qilib olish mumkin.
Ba'zan u yoki bu shahar hukumati o'z aholi yashash joylarini farovonligini har qanday yo'l bilan bo'lsada oshirishga harakat qiladilar. Eng oddiy va shu vaqtning o'zida ajoyib usullardan biri - bu ko'chmas mulkni ramziy narxga sotuvidir. Biroq, xarid vaqtida siz sotuvchilarning oldinga suradigan shartlariga rozi bo'lishingiz kerak bo'ladi.
Rappottenshteyn (Avstriya)
Chexiya chegarasi yaqinida joylashgan Avstriyaning qishlog'i Rappottenshteyn hukumati 2009 yili aholi sonini oshirish bo'yicha ajoyib yo'l tutdilar: barcha xohlovchilar uchun 1 evro evaziga 800 yoki 900 kvadrat metr o'lchamidagi yer uchastkasini xarid qilish imkoni berilgan edi.
Biroq, quyidagi shartlar mavjud edi: yer uchastkasini olgan oila juftligi yoki yolg'iz odamlar yaqin o'n yil mobaynida xech bo'lmasa bir nafar farzandli bo'lishlari, hamda yaqin uch yil mobaynida yer uchastkasida uy qurishlari lozim edi. Agarda bu shartlar buzilsa, yangi yer egalari 12 ming evro miqdorida jarima to'lashlari kerak bo'ladi.
Shan-dyu-Bul (Fransiya)
Kalvados departamentidagi Shan-dyu-Bul fransuz shaharchasida uy qurish uchun yer uchastkalarini kvadrat metrini atigi 1 evroga (ajratiladigan joylar o'lchamlari 1000 kvadrat metrga yaqin) xarid qilishni taklif etgan edilar. Aksiyaning maqsadi shu aholi yashash punktida aynan aholi sonini oshirish edi. 2010 yil holatiga ular 400 kishidan kam bo'lgan edi, hamda ularning aksar qismi inglizlarni tashkil qilar edi.
Biroq, bu taklif "jiddiy niyat" li xaridorlar uchun haqiqiy bo'lib, bu yerda doimiy yashash uchun o'rnashib, uy qurish uchun sarmoya qilishga qaror qilganlar uchundir. Millati va fuqaroligi ahamiyat kasb etmaydi, muhimrog'i oilada farzandlar borligi.
Kobridj (Angliya)
Staffordshir grafligidagi Kobridj shahri hukumati tashlandiq uylarga ikkinchi hayot berishga va shaharni yangilashga harakat qilmoqdalar. Shaharda 1 evro narxga bir necha o'nta uylar bor.
Biroq, bu ramziy narx bo'lib, u bo'lajak uyga kapital qo'yilmalarining boshlanishi hisoblanadi. Chunki ko'chmas mulkni kelajakda 30 ming fint sterling miqdorida to'lovlari sharti bilan sotiladi. Bu summaga uyning kelajakda qilinadigan ta'miri yoki uning tiklanishi kiradi. Yoki yangi egalarda uyni qayta tiklash uchun omonatlari borligini tasdiqlovchi hujjat kerak. Ko'chmas mulkni besh yil mobaynida sotish mumkin emas.
Liverpul (Angliya)
Liverpulning Enfild nomli tumani tanazzulli hisoblanadi. Garchi, aynan shu yerda afsonaviy "Liverpul" futbol klubining huddi shu nomli uy stadioni joylashgan bo'lsa ham. Bu yerda uylar shundoq ham suv tekinga sotiladi. Lekin, shahar munisipalitetining maxsus taklifi bo'yicha ikki qavatli uyni atigi 1 evroga xarid qilish mumkin.
Bunday dasturning maqsadi - eskirgan uylarni chiroyli uylarga o'zgartirishdir. Sotuvdan avval shahar hukumati uylarni qauta tiklash bo'yicha eng qiyin ishlarni amalga oshiradilar. Biroq, uylarni xarid qilish uchun Buyuk Britaniya fuqarosi bo'lib, Liverpulda ishlab, istiqomat qilish lozim.
Karrega-Ligure (Italiya)
Bu kommuna Italiyadagi Pemont hududidagi Alessandriya provinsiyasida joylashgan. Sotuvga qo'yilgan uylar besh vodiy o'rab olgan joyda joylashgan. U vodiylarni rohiblar uzoq vaqtlardan beri egallab keladilar. Karrega-Ligure hukumati quyidagi loyihani poselokning bo'shab qolishi bilan kurash uchun ishga tushurdilar. Bu Italiyaning dengiz sathidan 950 metr balandlikdagi eng kam aholi sonili poseloklaridan biridir. Bu yerlar juda a'lo darajali ekologiyasi bilan taniqli.
Turar joyni faqat ekologik xom ashyo ishlatgan holda tiklash mumkin bo'ladi. Shuningdek, yangi egalar binoning tashqi ko'rinishining autentikligini saqlab qolishlari lozim. Uylarning stili avvalgi qurilganga tashqi ko'rinishi jihatidan to'liq mos kelishi kerak.
Gandji, Sisiliya (Italiya)
Bu italiyan qishlog'ida turar joyni ramziy narxga xarid qilib olish mumkin. Bu deyarli barcha aholi katta shaharlarga ish va imkoniyatlar qidirib ko'chib o'tishga harakat qilishlari bilan bog'liq. Kommuna hukumati Gandjiga yangi hayot berish uchun hamda, aholi sonini oshirish maqsadida kim oshdi savdoga 20 ta uyni 1 evroga qo'ydi.
Biroq, yodda tutish lozim, sotuvga qo'yilgan uylarning ahvoli juda ham ayanchli. Ko'chmas mulkni o'z mablag'lari hisobiga tiklashga to'g'ri keladi. Sisiliyada har qanday ko'chmas mulkni rasmiylashtirish 6000 evro turadi. Hamda, bo'lajak mulkdor Gandjidagi uyni sotib olganda, uni yaqin besh yil mobaynida ta'mirdan chiqarishga majburdir.
Pitkern oroli (Buyuk Britaniya)
Tinch okeanidagi mitti oril (bu Buyuk Britaniyaning dengiz ortidagi hududi) o'z aholisi sonini oshirishni shu qadar qattiq istamoqdaki, hattoki u yerga ko'chib kelishni xohlaganlar uchun bepul yerni taklif qilmoqda. Bu yerda 2015 yil hattoki, gomoseksual nikohlarga ruxsat berildi. Orolning aholi soni 1930 yillardagi pik darajasi, 200 kishidan pasayib kelib, xozirgi kunda 56 rezident ko'rsatkichigacha keldi.
Pitkern oroliga ko'chib o'tmoqchi bo'lgan odam mustaqil bo'lib, o'z biznesi bilan shug'ullanishi kerak. Chunki, u yerda ish topish juda mushkul. Shunga qaramay, hukumat qiziqqan tomonlarni o'z hisibidan qurish kerak bo'lgan, uyni qurish uchun bepul yer bilan ta'minlab berishga tayyor. Hamda, o'zining to'lov qobiliyati borligini tasdiqlovchi hujjatlarni, bankdan hisobida kamida 30 ming Yangi Zelandiya dollarlari borligi haqidagi ko'chirmani, taqdim qilish lozim. Dastlabki hisobga ko'ra, orolda 160 kvadratdagi uyning qurilishi va mebellanishi 150 ming Yangi Zelandiya donlariga aylanadi. Shu bilan birga, Pitkern orili dunyodagi eng borish qiyin bo'lgan joylardan biri ekanini hisobga olish kerak.
Rube (Fransiya)
Belgiya bilan chegaradagi kichik qishloqda uylar ramziy narx, 1 evroga sotilmoqda. Dasturning maqsadi - tumanga yangi hayot berish. Lekin, bino ayanchli ahvolda bo'ladi. Rekonstruksiyani o'z mablag'lari hisobiga o'tkazish kerak bo'ladi, hamda besh yil davomida uyni sotish mumkin emas.
Xokkaydoning g'arbiy sohili (Yaponiya)
Yaponiya aholisi juda ko'p va zichligi barchaga ma'lum. Lekin, bu yerlarda ham yoshlar megapolislarga oqib kelib uzoqda joylashgan hududlarni deyarli bo'sh qoldirmoqdalar. Xokkaydoning g'arbiy sohilida hukumat yer uchastkalarini bepul tarqatishga majbur. Faqat bir shart bor: uch yil mobaynida uy qurish va unda rasman istiqomat qilish kerak.
Sardiniya (Italiya)
Italiya oroli Sardiniyada 1 evro evaziga uy sotib olishni Ollolai shahri va Nulvi kommunasi hukumatlari taklif qilmoqdalar. Xaridorga yagona talab - bu shartnoma rasmiylashtirilgandan so'ng, bir yil mobaynida binoni to'liq ta'mir qilish. Bu esa, 20 ming evrodan kam bo'lmagan summaga aylanadi.
Сообщения из Facebook