Dunyoning eng boy insonlarining ilk kasblari
Dunyoning eng boy insonlarining ilk kasblari
Zamonaviy milliarderlarning hammasi ham og’zidagi kumush qoshig’i yoki cho’ntagidagi millionlari bilan tug’ilmaganlar albatta. Ularning ko’pchiligi o’z faoliyatlarini eng pastki pog’onadan boshlaganlar.

Biz zamonamizning eng boy insonlarining muvaffaqiyat tarixi haqida ma’lumotlar yig’dik. Ularning ilk kasblari hozirgi milliardlariga hech ham mos kelmaydi. Afsus, hamma ham ular kabi 12 yoshda shunday qunt bilan ishlay olmaydi.

Richard Brenson, Virgin kompaniyasining prezidenti

Moliyaviy ahvoli: $4,8 mlrd

Ilk kasbi: Rojdestvo archalarining sotuvchisi.

Virgin imperiyasining bo’lajak asoschisining ilkbiznesi Rojdestvo bayrami arafasida archalarni yetishtirib, sotish edi. Biroq archanovdalari quyonlar tomonidan yoq qilinganligi sababli, uning ishi yurishmadi.Brensonning birinchi omadli biznesi 15 yoshida asos solgan Student nomli maktabjurnali edi.

Mark Zuckerberg, Facebook asoschilaridan biri

Moliyaviy ahvoli: $34,9 mlrd

Ilk kasbi: Facebook asoschisi

Markning tarixi o’zgacha. U mustaqil va birortamuvaffaqiyatsizliklarsiz omadga erishdi. Hozirda ham ilk ishida faoliyatyuritmoqda.

Djordj Lukas, kinorejissyor, “Yulduzlar jangi” yaratuvchisi

Moliyaviy ahvoli: $5 mlrd.

Ilk ishi: muallim yordamchisi.

Zamonaviy rejissuraning qahramoni hisoblangan Djorjo’z ish faoliyatini Janubiy Kaliforniya Universitetida Amerika dengiz piyodaaskarlar kadetlariga hujjatli film san’ati bo’yicha ta’lim berish bilanboshlagan.

Maykl Dell, Dell kompaniyasining prezidenti

Moliyaviy ahvoli: $18,2 mlrd.

Ilk kasbi: Xitoy restoranida idish-tovoq yuvuvchi.

Yuqori sinfda o’qir ekan, Dell o’sha davrning jiddiybiznesi – filateliya birjasiga asos soladi. Ilk markalarni esa Xitoyrestoranlaridan birida idish-tovoq yuvish orqali topgan pullariga sotib oladi.

Elon Mask, Tesla Motors, PayPal va SpaceXkompaniyalarining asoschisi

Moliyaviy ahvoli: $11,9 mlrd.

Ilk kasbi: videoo’yinlar yaratuvchisi.

10 yoshida o’zining ilk kompyuterida mustaqil ravishdaprogrammalashtirishni o’rganib oldi. 12 yoshida esa o’zining birinchiprogrammasi – Blastar o’yinini $500 ga pulladi. Hozigi paytda shaxsiy kosmikkemasini moliyalashtirish ustida ish olib bormoqda.

Djeff Bezos, Amazon kompaniyasining asoschisi

Moliyaviy ahvoli:$ 34,7 mlrd.

Ilk kasbi: McDonald’s da ishchi.

Yoshligida otasining fermasida mehnat qilgan.O’spirinlik davrida McDonald’sda ishchi bo’lib ishlagan. Bir yildan keyin yozdaesa o’spirinlar uchun ilmiy lager tashkil qilib, tadbirkorlik mahoratininamoyon qiigan. 

Stiv Balmer, Microsoft korporatsiyasining sobiq boshdirektori

Moliyaviy ahvoli: $21,5 mlrd.

Ilk kasbi: Qandolat mahsulotlari bo’yicha menedjeryordamchisi

Microsoft bosh direktori ilk mehnat faoliyatini DuncanHines’ Moist &Easy Cakes and Brownies nomli qandolat mahsulotlar ishlab chiqarishkorxonasida menedjer assistenti lavozimida ishlash bilan boshlagan. Buninguchun maktobdoshlarining kulgusi ostida ham qolgan.

Yan Kum, WhatsApp asoschisi

Moliyaviy ahvoli: $6,8 mlrd.

Ilk kasbi: Farrosh.

WhatsApp asoschisining tirishqoqligi bugungi kundabiznes boshlayotgan tadbirkorlarni ruhlantiradi. AQSH immigratsiyasidan keyinYan saraton kasalligi bilan og’rigan onasiga kasallik bilan kurashishda yordambergan. 16 yoshida mahalliy oziq-ovqat do’konida farrosh bo’lib ishlagan. Yahoodagi ishi tufayli kolledjdan ketishga majbur bo’lgan.

Uorren Baffet, Berkshire Hathaway da direktorlarkengashining raisi, dunyodagi eng yirik xayr-ehson qiluvchi shaxs.

Moliyaviy ahvoli: $72,3 mlrd.

Ilk kasbi: Gazeta tarqatuvchi, saqich sotuvchisi.

Baffet 6 yoshidanoq ishlay boshlagan. Uyma uy yuribsaqich sotgan. Bundan tashqari har kuni ertalabdan gazeta tarqatishga hamulgulgan.

Fil Nayt, Nike raisi

Moliyaviy ahvoli: $ 22,4 mlrd.

Ilk kasbi: Gazetada assistent.

Nike ta’sischilaridan biri va raisi Fil Nayt otasi unio’zining Oregon Journal gazetasiga ishga olishdan bosh tortganidan xafabo’lgach, raqobatchilarning nashriyotiga joylashishga majbur bo’lgan va kechasibilan turnir jadvallarini to’ldirib chiqgan. U maqsadga mana shundayasta-sekinlik bilan erishgan. Just do it, shioriga amal qilgan.

Muvaffaqiyat birdaniga o’z-o’zidan kelib qolmaydi,buni doimo yodda tutish lozim. Genri Ford aytganidek: “Muvaffaqiyatli hayotsiri – bu sizning taqdiringizda qilinishi kerak bo’lgan narsani anglash va unibajarishdir”.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook