Qiziqarli ma'lumotlar: Dunyoning eng yuqori daromadli sportchi ayollarinig 2017 yil reytingi
Qiziqarli ma'lumotlar: Dunyoning eng yuqori daromadli sportchi ayollarinig 2017 yil reytingi
Mariya Sharapova 11 yil davomida Forbes eng yuqori daromadli sportchi ayollarning ro’yxatini boshida turar edi. 2016 yilda Serena Uilyams undan ilgarilab ketdi. Bu yili esa, rossiyalik tennischi hattoki, o’ntalikka ham kirmadi.
Sportchi ayolning portfoliosida Nike, Head, Evian va Porche qolganlar. Biroq to’lov summalari kamaygan. Bundan tashqari 2017 yil 26 aprelida Mariya turnirlarda ishtirok etmadi, shuning uchun uning yillik daromadi (2016 yil iyunidan 2017 yil iyunigacha) 6 million dollardan pastga tushib ketdi. Forbes galereyasi Sharapovada omadliroq bo’lganlar haqida gapirib beradi.

Serena Uilyams, 35 yosh, AQSH

Sport: tennis Umumiy daromad: 27 million dollar Ish haqi/yutuq pullar: 8 million dollar Reklama daromadi: 19 million dollar Serena Uilyams 15 yil davomida ayollar tennisida yetakchi: birinchi bor u WTA reytingida 2002 yilda, 20 yoshligida, yetakchi bo’lgan, o’zining oxirigi turnirini esa (xozirgi vaqtda), “Katta shlem” turniri – Avstraliyaning ochiq chempionati – 2017 yilda, 35 yoshida yutdi. Uch o’tgach, sportsmen ayol xomiladir ekanini va kortga 2018 yilning boshida qaytishini ommaga e’lon qildi. 2017 yil iyun holatiga, Serena karyerasi davomida 84 million dollar miqdorida yutuq pullari ishlab topgan. Bu dunyodagi har qaysi sportchi ayoldan ko’ra ikki barobarda ortiqroq. Bundan tashqari, so’nggi yillarda kenja Uilyamsning reklamadan daromadlari ham oshdi. Serenaning o’ndan ortiq partnerlik kelishivlari (Beats by Dre, Gatorade, JPMorgan Chase, Nike, Tempur-Pedic va boshqalarni hisobga olganda) bor bo’lib, 2017 yilda esa, Intel tennischini o’z reklama kompaniyasiga taklif qildi.

Anjelika Kerber, 29 yosh, Germaniya

Sport: tennis Umumiy daromad: 12,6 million dollar Ish haqi/yutuq pullari: 7,6 million dollar Reklama daromadi: 5 million dollar Kerber 2016 yilni jahon reytingining yetakchisi bo’lib yakunladi va o’zining asosiy homiylari – Adidas va Yonexdan yirik bonuslar oldi. Bundan tashqari, hisobit yilida (2016 yilning iyunidan 2017 yilning iyunigacha) u yangi beshta reklama shaartnomalarini SAP, Generali, Rolex,Slim Secrets va bareMinerals kompaniyalari bilan imzoladi.

Danika Patrik, 35 yosh, AQSH

Sport avtopoygalar Umumiy daromad 12,2 million dollar Ish haqi/Yutuq pullar 7,2 million dollar Reklamadan daromad 5 million dollar Sayyoramizning eng yoqimtoy poygachi ayolida Stewart-Haas Racing (Monster Energy NASCAR seriyasi chempionatida qatnashadi) bilan hali bir yillik shartnomasi qolgan. Lekin xozir uning mashinasi uchun keying mavsum uchun homiy qidirish davom etmoqda. Patrikaning personal partnerlari o’nta bo’lib, ularga Coca-Cola, Ford va Nationwide kabi gigantlar ham kiradi.

Ronda Rouzi, 30 yosh, AQSH

Sport: MMA Umumiy daromad: 11 million dollar Ish haqi/Yutuq pullar: 8 million dollar Reklamadan daromad: 3 million dollar 2016 yilning dekabrida Rouzi muhim MMA-turniri UFC 207 ning xedlayneri edi. Deyarli nuqsonsiz karyera rezyumesi (12 g’oliblik va 1 mag’lubiyat professionallarda) va aralash yakka kurashdagi eng mashxur sportchi statusi Rondaga record gonorarni – 3 million dollar miqdorida (mag’lubiyat bo’lgan taqdirda ham, natijada u Amanda Nuncesga 48 soniyada mag’lub bo’ldi) va sotilgan translyasiyalardan daromadlardan ulushni (bu jangda 1,1 million dollar pay-per-view xaridlar boe edi) kafolatlagan edi. 2017 yil yozda Ronda yulduzlar uchun sinashish teleshousi, Battle of the Networkda, qatnashgani uchun durust chek va Reebok va Panten bilan homiylik shartnomalari oldi. Rouzining kelajakdagi rejalarida: kurashchi Trevis Braun bilan to’y va “”22-milya boevikining premyerasi. U yerda Rouzi Mark Yolberg bilan rol ijro etgan.

Vinus Uilyams, 37 yosh, AQSH

Sport: tennis Umumiy daromad: 10,5 million dollar Ish haqi/Yutuq pullar: 3,5 million dollar Reklamadan daromad: 7 million dollar 2017 yil yanvarida Avstraliyaning ochiq chempionatida Vinus 2009 yildan buyon ilk bora “Katta shlem” turniriga yetib keldi. Biroq, kamtarin natijalarga qaramay, to’ng’ich Uilyams, singlisi ketidan karyerasidagi yutuq pullari bo’yicha (38 million dollar) sportchi ayollar orasida ikkinchi o’rinni egallaydi. Uning homiylik portfoliyosida (American Express, Jamba Juice, Silk va Wilson) ehtimol, Adidas yoki Nike bilan yirik shartnoma yetishmas, lekin buning sababi sportchi ayol o’z kiyim liniyasi Eleven ni ilgari surishidadir. Bundan tashqari, Uilyams Vashington va uning chetlarida smuzi va sharbatlar do’konlari tarmog’iga ham ega ( o’nta joy). Uning aktiv ijtimoiy pozisiyasi – tennischi ayollarning erkaklar bilan teng yutuq pullariga egaligi huquqi uchun kurash, Shegren sindromili odamlarga yordam – brendlar va ko’rgazmali turnirlar tashkilotchilariga yoqadi, shuning uchun hatto, 37 yoshda Vinus oltixonali daromadli yulduz bo’lib qolmoqda.

Gabrinye Mugurusa, 23 yosh, Ispaniya

Sport: tennis Umumiy daromad: 7,7 million dollar Ish haqi/Yutuq pullar: 4,2 million dollar Reklamadan daromad: 3,5 million dollar 2016 yili Fransiya ochiq chempionatida yutgandan so’ng, Mugurusa jahon reytingining 2-qatoriga yetib oldi. 2017 yil iyulida esa, “Katta shlem” turniining karyerasidagi ikkinchi turini yutib oldi va “Uimbldon” ning chempioni bo’ldi. Biroq, bu titul uchun 2,8 million dollar miqdorida yutuq puli va homiylarning bonuslari sportchining daromadlariga 2018 yil reytingida qo’shiladi.

Karolin Voznyaski, 27 yosh, Daniya

Sport: tennis Umumiy daromad: 7,5 million dollar Ish haqi/Yutuq pulliar:2,5 million dollar Reklamadan daromad: 5 million dollar 2017 yilning birinchi etti oyida Voznyaski beshta finallarda besh marotaba o’ynadi, lekin birortasini ham yutmadi. Sobir birinchi raketkaning rezyumesida WTA turnirlarida 25 ta g’alaba, homiylik portfoliyosida esa, Adidas, Rolex, Babolat, Usana, State Drinkd bilan kelishuvlar. Biroq, Adidas bilan uning eng yirik shartnomasi shu yili tugaydi.

Agneshka Radvanska, 28 yosh, Polsha

Sport: tennis Umumiy daromad: 7,3 million dollar Ish haqi/ Yutuq pullar: 3,3 million dollar Reklamadan daromad: 4 million dollar 2016 yilning katta qismini Rodvanska jahoon reytingining top-3 da o’tkazdi. Biroq, bu yili 10 pog’onaga tushib qoldi. Sportchi raketkalar etkaziv beruvchisini o’zgartirdi: Srixon Babolatdan ko’ra ancha yaxshiroq shartlar taklif qildi. Radvanskaning boshqa ikki partnerlari – Polsha neft kompaniyasi Lotos va kosmetik brend Inglot.uning karyerasi davomidagi 26,5 million dollar yutuq pullari tarixda ayollar o’rtasida beshinchi natijadir.

Ejeni Bushar, 23 yosh, Kanada

Sport: tennis Umumiy daromad: 7,1 million dollar Ish haqi/Yutuq pullar: 0,6 million dollar Reklamadan daromad: 6,5 million dollar Bushar jahon reytingining 70 qatorini egallaydi. Biroq, brendlar tomonidan, yoqimli tashqi ko’rinishi va ijtimoiy tarmoqlardagi savodli aktivligi tufayli, eng talab etilgan sportchilardan bo’lib qoladi.Unda Nike bilan ko’p millionli shartnomasi bor, bu yili esa, Ejeni bilan Coca-Cola, Aviva va Rogers kompaniyalari kelishuvlarini yangiladilar. O’tgan yozda tennischining homiylik portfoliyosiga Colgate qo’shildi, 2017 yilning fevralida esa, Bushar Sports Illustrated Swimsuit har yillik jurnalining maxsus soni uchun syomkalarda qatnashdi.

Simona Xalep, 25 yosh, Ruminiya

Sport: tennis Umumiy daromad: 6,2 million dollar Ish haqi/ Yutuq pullar: 4,7 million dollar Reklamadan daromad: 1,5 million dollar Xalep mana 200 hafta jahon reytingining top-10 da joylashib turibdi. Va bu xozirda o’ynayotgan tennischi ayollar uchun record. Bu yili Xalep “Mersedes” ning ruminiyalik vakolatxonasi bilan ko’p yillik shartnoma imzoladi. Lekin, uning homiylik portfoliosidagi kelishuv bu Adidas bilan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook