Qiziqarli texnologiya: Unitazdan to devorgacha: reallikni mutloq o'zgartirib yuboradigan, kelajakdan bo'lgan 7 ta robotlar
Qiziqarli texnologiya: Unitazdan to devorgacha: reallikni mutloq o'zgartirib yuboradigan, kelajakdan bo'lgan 7 ta robotlar
Robotlar dunyoni bosib olmoqdalar.
Bir necha yil avval murakkab topshiriqlarni bajara oladigan "to'laqonli" robotlarni yaratish aql bovar qilmas bo'lib tuyular edi. Bugun jahon korporasiyalarining deyarli barchasi sun'iy tafakkur yaratish sohasida ish olibbormoqdalar. Odamlar qanday robotlarni yarata olganlari va qaysilarini xozirgi vaqtda keng qo'llayotganliklari haqida xozir maqolada to'xtalib o'tamiz.

1. Autonomous Tractor

1. Autonomous Tractor
Qishloq xo'jaligi mashinalari birinchilardan bo'lib robotga aylandilar.
Jozibador bo'lmasada, lekin foydasi katta bo'lib, Autonomous Tractor mashinasi - bu butunlayin avtomatlashtirilgan traktordir. U keng ko'lamli qishloq xo'jaligi ishlarini odamlarning deyarli ishtirokisiz bajara oladi. Bunday yer chopuvchi, ekin ekuvchi va hosil yig'uvchi har qanday ob-havoda, sutkalab mehnat qilishi mumkin. Bunday traktorlar (endilikda nafaqat traktorlar!) qishloq xo'jaligi texnikasiga ixtisoslashgan CNH Industrial kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

2. T-pod

2. T-pod
Avtopilotli yuk mashinalar bu kelajak.
Oxirgi uch yil ichida ko'pgina mashina quruvchi kompaniyalar butunlay avtomatlashtirilgan, haydovchisiz yuk mashinalarini yaratishga harakat qilmoqdalar. T-pod loyihasi ko'plardan biri bo'lib, eng istiqbollilaridan biri hamdir. Aynan T-pod yuk mashinasi muammolarsiz yurmoqda. Uni yo'llar va magistrallarni egallab olishidan faqatgina ekspert va byurokratlarni uning haydovchi-odamlar va piyoda yo'lovchila uchun havfsiz ekaniga ishontirish ajratib turibdi.

3. Regi-Robo

3. Regi-Robo
Aqlli savatlar kassirlarni ishdan bo'shatmoqdalar.
Zamonaviy robotlarning katta qismi odatiy ishlarni bajarishga to'g'ri kelib, muhandislar ularni "robotlar" ga aylantirmoqdalar. Panasonik kompaniyasining yaratgan maxsuloti do'konlarda sotuvchilarni o'rnini egallashi mumkin bo'lgan savatcha - qiziq yechim bo'lib qoldi. Xozirgi kunda muvaffaqiyat bilan bir necha do'konlarda qo'llaniladi. Shu kungacha bu savatcha hali bitta ham odam-kassirni ishdan bo'shatgani yo'q.

4. Semi-Automated Mason

4. Semi-Automated Mason
Amerikalik g'isht teruvchilarning yarimini ishdan bo'shatgan robot.
Robot SAM amerikalik Construction Robotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, quruvchilarning bir necha marotaba ish tashlashlarining sababi bo'lgan. Gap shundaki, bu robot-g'isht teruvchi g'isht terishni har qanday odamdan ko'ra yaxshiroq bajaradi. Mashina odam aralashivisiz ishlaydi, sutkalab mehnat qila oladi va to'g'ridan to'g'ri servis xizmatiga muxtoj emas.

5. Unitaz - robot

5. Unitaz - robot
Bu yerda shunday narsa borki.
Yaponiya ajabtovur mamlakat. Mana Panasonicfirmasi ham maxsus mahalliy bozor uchun "aqlli" unitaz chiqarishga qaror qildi. Bu antiqa robotning shuncha ko'p turli funksiyalari borki, hojatxonaga kirganda bunday narsalarni qilish mumkinligini o'ylab ko'rmaganiga hayron qolish mumkin.

6. Robot-to'siq

6. Robot-to'siq
Va hattoki devor ham robot bo'lishi mumkin.
Xitoyliklar yanada uzoqqa ketishdi. Tamojnya muhandislari birinchi "aqlli" yo'l to'sig'ini yaratishdi. U shosse bo'ylab harakat qilib, bu bilan yo'l chiziqlari joylashuvini o'zgartira oladi. Bu nima uchun kerak? Minimun trasport trafigini optimizasiya qilish uchun. Mashina odam ishtirokisiz ishlaydi va faqat ba'zida operator tomonidan inspaksiya qilinadi.

7. Uy robotlari

7. Uy robotlari
Bunaqasini har bir yalqov istaydi.
Albatta, bugungi kunda eng ko'p miqdorda ishanib, chiqarilayotganlar uy robotlaridir. Ko'pincha bu tozalovchilardir. Biroq, oxirgi vaqtlarda bozorda ovqat pishirishni, uyni qo'riqlashni, o'z egasini ko'nglini ko'tarishni va XX asrdan keyin chiqarilgan barcha turmushda ishlatiladigan buyumlarni boshqarishni biladigan robotlarni topish mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook