просмотров
Naryana ismli qizaloq sakkiz yoshda, u Yakutiyalik bo’lib, oddiy oilada yashaydi. Model agentliklari uni jon deb qandaydir qasrga ko’chirib o’tib, u yerda ertayu kech fotosessiyalar o’tkazish imkoniga ega bo’lishni istaydilar. Ammo uning onasi bunga qat’iy qarshi. Qizaloqqa modellik karyerasini boshlashga hali juda erta, xozir maktabda o’qib, bilim olsin. O’zining unikal va xech qayerda uchramas tashqi ko’rinishini nam qilishni, Naryana katta bo’lganida hal qiladi.
Naryananing barcha qarindoshlari qora rangdagi soch sohiblari va Yakitiyada yashovchilarga hos tashqi ko’rinishga ega, ammo bu qizaloq – albinos. Bu narsa Shimol xalqlarining genotipi bilan uyg’unlikda, rassom nuqtai nazarida, aqlbovar qilmas kombinasiyani beradi. Uning sochlari mutlaqo oq rangda, terisi sayqallangan chinniga oxshash, qo’shimcha, nur taralib turuvchi ko’zlar va buddistlar ilohiyatiga o’xshash chexra. Qizaloqni “Oppog’oy” deb chaqirishlarining va doimo sur’atga olishga taklif qilishlarining xech ajablanarli joyi yo’q.
Model bo’lib ishlash Naryana uchun deyarli oldindan aniq, bunday imkoniyatni qo’ldan chiqarish juda axmoqona, bundan tashqari qizaloq ham sur’atkashlar uchun qiyofalarda turishdan bosh tortmaydi. Ammo xozirda u – go’dak, va shunga yarasha qiziqishlarga ega. Masalan, unga raqs va rassomlik yoqadi. Ota-onasi Albert va Elena bu albinism holati har bir sulolada birinchi bor uchrayotgan hol ekanini ta’kidlab, qizlarining bu qobiliyatini xech qaysi hollarda ekspluatasiya qilmasliklarini aytadilar. Qizaloqda xech bo’lmaganda, to’la qonli bolalik bo’ladi.
Сообщения из Facebook