Sopol va yog’och idishlar hususiyati
Sopol va yog’och idishlar hususiyati
Qadimda odamlar tabiatdan olingan idish tovoqlarda ovqatlanishgan, bundan usul uzoq vaqt avlodan-avlodga meros bo’lib o’tib kelgan. Buvilarimiz esa ovqatning mazasi idishlarga bog’liq bo’lishini yaxshi bilishgan. Huddi shu kabi foydali idish uchun olinadigan hom ashyolardan biri daraxt bo’lgan. Bugungi kunda yog’och yoki sopol buyumlarni bezak sifatida ko’rishga o’rganib qolganmiz. Keling, ular haqida gaplashamiz.

Ayrim ixlosmand ayollar va chekka qishloqlarda hanuzgacha bunday idishlar ishlatayotganliklarini ko’rish mumkin. Bu kabi  idishlarda saqlanadigan yemishlar uzoq vaqt mobaynida o'z hususiyatini saqlab turadi. Yog’ochda oshlovchi modda mavjud bo’lib, bu bakteriyalar ko’payishining oldini oladi. Taom tez buzilishidan saqlaydi va inson organizmi uchun foydali moddalarni saqlab qoladi. 

Shunday qilib aytishimiz mumkinki, yog’och o’zidagi foydali hususiyatni taom orqali insonga yetkazib beradi. Murabbo  tayyorlashda yog’och qoshiqning ahamiyati juda yuqori. Murabbo tayyorlashda mevalar metall idishda  ezilib ketadi, yog’och idishda esa butunligicha turadi. Ovqatlar va shifobaxsh giyohlar tayyorlashda yo’g’och qoshiqdan foydalanilsa sabzavot va giyoh tarkibidagi vitaminlar parchalanmaydi.  Eng muhimi zararli ishqorlanish yuz bermaydi. 

Sopol idishlar ham inson qo’l mehnati mahsulidir. Avvallari hattoki  sopol tovoqda suv qaynatishgan, taomlar tayyorlashgan. Ovqatlar pishirishda idishlar shakli ham muhim ahamiyatni kasb qilgan. Pastki qismi keng, og’zi esa tor idishda taom xil xil bo’lib pishadi. foydali moddalarni saqlab qoladi. 

Xozirgi kunda ham sopol ko’zachalarda sho’rvalar tayyorlanadi. Chunki ko’pchilik bu usuldagi taomning foydali hususuyatlaridan habardor. Hozirgi kunda yupqa alyumin va boshqa metallardan tayyorlangan zamonaviy idish tovoqlar paydo bo’ldi. Tog’ri shu kabi idishlarga ham ko’nikib qolganmiz. Biroq sizga sopol va yog’och idishlardan ham foydalanib  ko’rishni maslaxat beramiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook