Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar
Taqdir zarbalaridan yengilmay, ularga qarshi kurasha olgan mashhur shaxslar
Kulfat so’ramasdan keladi, u kim bunga loyiq – loyiq emas ekanligini surishtirib o’tirmaydi, u hayotimizga kirib kelar ekan, hamma narsani ostin – ustun qilib yuboradi. Kimdir taqdir zarbalariga ko’nikadi, taqdirga tan berib hamma qatori yashashni davom ettiradi, kimdir esa tushkunlikka tushadi. Bunday insonlar kulfat bilan kurashib, uni yenga olgan boshqa odamlardan o’rnak olishlari kerak.
Ushbu maqolamizda taqdir zarbalariga qarshi kurashda o’zida cheksiz kuch topa olgan shaxslar haqida ibratli voqealar bilan tanishishingiz mumkin.

Nik Vuychich

Nik Vuychich
Nik Vuychich oyoqsiz va qo’lsiz tug’ilgan, lekin ota-onasini mehri tufayli, Nik o’zining kuchiga ishondi va hech narsaga qaramay yashashda davom etdi: Nik golf o’ynaydi, syorfing bilan shug’ullanadi, dunyoni kezadi, minglab odamlar oldida sahnaga chiqadi, o’zi haqida gapirib beradi, hayotga ishonchni va shijoat hissini hech qachon yo’qotish kerak emas deydi. Yaqinda Nik ikkinchi martta ota bo’ldi. Ko’chada bolalar Nikdan oyoq qo’li haqida so’rashganida, Nik ularga ishonchli ovozda: “Bu hammasi sigaret chakishdan” deb javob berarkan.

Viktoriya Duval

Viktoriya Duval
Haqiqiy sportchi oxirigacha sportchi bo’lib qoladi. 20-yoshlik tennischi Viktoriya Duval buni amalda isbotladi. Ikki yil avval qiz Wimbledon turnirida qatnashgan edi, musobaqa vaqtida ahvoli yomonlashdi, uni kasalxonaga olib ketishdi. Kasalxonada unga: halokatli limfoma tashxisini qo’yishdi. Viktoriya kasal bo’lish va davolanishga ulgiraman, birinchi navbatda boshlaganimni oxiriga yetkazishim kerak dedi va musobaqaga qaytdi va 3 ta turnirda g’olib bo’ldi. Musobaqadan keyin Viktoriya rostdan ham kasalxonaga qaytib bordi, kimyoterapiya kursini o’tdi va hozirgi paytda yana sportga qaytgan.

Bill Porter

Bill Porter
Qachonki insonda hayotdan maqsadi bo’lsa, asosiysi unga erishish uchun xohish bo’lsa, uni hech narsa to’xtata olmaydi. Bill Porterning xohishi ish topish edi. Unda bosh miyya falajlik kasali bor edi, bunday odamni ishga olishni hech kim istamasdi. Bunday tuganmas rad javoblardan yengilmagan Porter mahalliy kompaniyaga ishga kirdi. Shunday qilib Bill hamma rad etgan ishni topgan edi. Kutilmaganda Porter kompaniyaning eng yaxshi sotuvchisiga aylandi. Uning tarixini xabarlarda gapirishadigan bo’lishdi va 2002 yilda uning hayoti to’g’risida “eshikma eshik” nomli film olingan.

Kseniya Bezuglova

Kseniya Bezuglova
Kseniya avtohalokatga uchragandan keyin nogironlar aravachasiga bo’g’lanib qoldi, qiz homilador edi. Shifokorlarlar homilani oldirib tashlashni maslahat berishdi, lekin Kseniya rad etdi. Hozir uning qizi Taisiya o’smoqda, Kseniya bo’lsa kuchini yangi o’zanga qaratgan. Eski rejalar, avvalgi hayot ritmi kerak bo’lmay qoldi. Endi Kseniya aravachadagi nogironlar huquqi uchun kurashmoqda. 2012 yilda u aravachadagi go’zal ayollar o’rtasida bo’lib o’tgan tanlovda g’olib bo’ldi. Bu unga ijtimoiy faoliyat yuritishga imkon berdi, hozirda u nogironlar ishi bo’yicha Moskva Meriga qarashli kordinatsion kengashning a’zosi. O’tgan yili esa u yana ona bo’ldi.

Yevgeniy Smirnov

Yevgeniy Smirnov
Raqqos uchun raqsga tushish qobiliyatini yo’qotishdan yomonroq narsa yo’q bo’lsa kerak. Agar professional raqqos oyog’ini avtohalokatda yo’qotgan bo’lsa nima qilishi kerak? Raqsni davom ettirish kerak! Aynan shunday qildi Breyk-dans bilan shug’ullanuvchi Yevgeniy Smirnov. U harakatlarni qaytadan o’rgandi, balansni ushlab turish, qaytadan raqs tushishni o’rgandi. Lekin sahnadagi namoyishlari faqat raqs, chiroyi emas balki, kuchli iroda, o’zini shunga bag’ishlash tufayli amalga oshdi. Iloji yo’q narsani o’zi yo’q.

Olesya Vladikina

Olesya Vladikina
Bu chiroyli qizga qarang. U hali 30 yoshga ham to’lmagan. Lekin u juda ko’p azoblar ko’rgan. Taylandda Olesya Vladikina avtohalokatga uchragan. Uning yaqin dugonasi halok bo’ldi, o’zi esa chap qo’lidan ajrab qoldi. Shu vaqtgacha u suzish bo’yicha sport ustasi bo’lgan va karyerasiga nuqta qo’ymoqchi ham bo’lgan. Lekin u qiz yengilmadi. Olesya vaqt o’tishi bilan yana suzish bilan shug’ullanishni boshladi hamda Paraolimpiya o’yinlarida qatnashdi va 2 ta oltin medalni qo’lga kiritdi. Olesya yasama qo’l qo’ydirishga ko’nmadi, uni “juda noqulay”, deb aytdi, hamma harakatlarni chap qo’lida bajarmoqda.

Silvestr Stallone

Silvestr Stallone
Aktyor karyerasi uchun chiroyli bo’lishi kerak, deb o’ylash noto’g’ri. Buning uchun Silvestr Stallonening tarixini bilish yetarlidir. Tug’ma jarohat tufayli yuzining bir qismi falaj, uning og’zi qiyshiq, tili bo’lsa bir qismi falajdir. Lekin shuhrat qozonishiga bu uni to’xtata oldimi? Yo’q. Aktyor bo’lish- bu chiroyli bo’lib yurish degani emas, asosiysi rolini yaxshi o’ynashidir.

Meydelin Styuart

Meydelin Styuart
Qachonki insonda orzu bo’lsa, hech nima uni to’xtata olmaydi. Meydelin Styuart daun kasali bilan tug’ildi. Ammo uni orzusi model bo’lish edi. Jurnallardagi, reklamalardagi, televizordagi va afishalardagi modellardek chiroyli bo’lishni istardi. Va unga erishdi ham! Albatta bu yo’l unchalik oson kechmadi va juda ko’p vaqt ketdi, lekin Meydelin o’z orzusiga erishdi. Birinchi bo’lib 20 kg ozdi, keyin bo’lsa u hamma modellik agentliklariga borib ko’rdi. Meydelin ketma-ket rad javobini oldi, faqat bitta agentlik qiz bilan ishlab ko’rishga rozi bo’lmagunicha. Hozirgi paytda Meydelin ayollar uchun “nostandart o’lchamli” kiyimlarni reklama qilmoqda. Bundan tashqari bu qiz Nyu-York moda haftaligida qatnashgan.

Andrea Bochelli

Andrea Bochelli
Ko’rlik bu dunyoni ko’rishga yo’l qo’ymaydi, lekin uni his qilishga to’sqinlik qilolmaydi, yurak bilan his qilishni. Ehtimol aynan shu narsa sababli taniqli italiyalik qo’shiqchi Andrea Bochelli qo’shiqlari orqali o’z energiyasi va hayotga bo’lgan umid ishonchini bo’lishadi. Andrea Bochelli oilali, to’rt farzandning otasi, u o’z faoliyatini davom ettirmoqda, ba’zan mashhur boshqa qo’shiqchilar bilan birga duetlar ijro etadi.

Shantal Braun-Yang

Shantal Braun-Yang
Bu modelning go’zalligi haqiqattan g’aroyib. Shantal Braun-Yang terining kamyob kasalligi – vitiligo, ya’ni teri pigmentatsiyasining buzilishi bilan kasallangan. Sha ntal ideal qomati va go’zal yuz tuzilishini hisobga olib, o’z kamchiligini fazilatga aylantirishga qaror qildi va yanglishmadi. Hozirda bu qiz taniqli amerika modelidir. “Qora tanli insonlar bor, oq tanli insonlar bor. Men esa ikkala guruhga taalluqliman”, - deydi model. Hayotda o’z o’rnini topgan ushbu shaxslar haqidagi voqealar sizda tushkunlikni ketkazib, hayotga ishonch hisini uyg’otishiga ishonamiz!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook