Zamonaviy sanoat mol kolchiligi dunyosida do'konlar tokchalarida nimalarni uchratmaysiz. Lekin ba'zan shunday buyumlar va predmetlar sotiladi va sotib olinadiki, ularning mavjudligidan xech qanday ma'no mantiq yo'q bo'lib, ularning narxi esa, sukutli ajablanishni vujudga keltiradi.
1. Supreme kiyim brend markasining g'ishti
Nima uchun o'zi bunday g'ish mavjud? Ma'lumki, talab taklifni vujudga keltiradi va omma qandaydir sababdan nafaqat ommaviy shim va futbolkalar balki, go'sht ishlab chiqarilishini talab qilishni boshlagan.
Supteme firmasi 2016 yili kuz-qish kolleksiyasini taqdim etganida, ular orasida boshqa yangiliklar qatorida kutilmaganda, g'isht ham bor edi. Ha, bu oddiy g'isht bo'lar edi, agarda unda moda brendining logotipi bo'lmagan bo'lganida. Bu aql bovar qilmas bo'lib eshtilishi mumkin, lekin korporasiya uzoq vaqtdan beri o'z nomini bosh marketologlaening qo'liga nima tushsa, shunga yozib kelmoqda. Kanselyariya pichoqlaridan tortib to o't o'chiruvchilargachan. Ularda shu rusm bo'lgan.
Dastlab, brend g'ishti 30 dollar turar edi. Hamda, butun kolleksiya eBay ommaviy platformasi yordamida, o'z narxidan ancha baland bahoga, qisqa muddatda sotib yuborilgan edi. Redditor yangiliklar agregatoridagi yigitlar 223 kvadrat metr uyni bunday g'ishtlardan qurish qanchaga aylanishi mumkin ekanini hisoblashga qaror qilgan edi. Ular g'ishtning standart bahosi bilan uni elitib berish xizmat xaqqini qo'shdilar va kotedj uchun qancha g'isht kerak ekanini aniqladilar. Natijada ular 4 704 000 dollar miqdorida summani olishdi!
2. Jil Sanderdan qog'oz paket
Kamtarona qog'oz paket aql bovar qilmas yulduzli onlariga imkoniyatni, unga dunyoga mashxur kiyim dizayneri Jil Sander e'tibor qaratganida qo'lga kiritdi. Uning mehnat maxsuli bo'lib "Vasari" bo'ldi. Buning uchun, agar sotib olish istagingiz bo'lsa, naqd 290 dollar to'lashingiz kerak bo'ladi! Paket maxsus qobiqli yuqori chidamlili qog'ozdan ishlangan. Yonlari va buklanish joylarida u iplar bilan tikilgan va paketning ichidagi narsa-buyumlatning to'g'ri ventilyasiyasi uchun metal proushinalar bilan jihozlangan. Dizaynning yakuniy niqtasi bo'lib, mashxur kutyurening logotipining tushurilishi bo'ldi. Bularning barchasi oddiy qog'oz paketning fenomenal narxini oqlaydimi? O'zingiz hal qiling.
3. Brilliantlar bilan naqshlangan PG Tips kompaniyasining choy paketchasi
Angliya asl choy xo'randalarining mamlakati. Lekin, kim ham o'ylabdi deysiz, bunchalik darajada deb! 2005 yili dunyodagi birinchi brilliantlar bilan inkrustasiya qilingan choy pakerchasi yaratilgan edi. Bunday aql bovar qilmas yo'l albatta ommaviy ishlab chiqarish uchun qilingan emas. U PG Tips choy markasining 75 yillik yubileyi sharafiga chiqarilgan edi. Unikal paketcha deyarli 10 ming dollar turar edi va dunyodagi eng qimmatbaho hisoblangan edi. U qo'l mehnati bilan 280 ta brilliantlar bilan Britaniyanig Boodles zargarlik salonida inkrustasiyalangan edi. Paketcha ichida PG Tips ning haqiqiy choyi joylashgan. Bu ro'yxatdagi boshqa ko'p buyumlardan farqli, olmos choy yaxshi xizmat ko'rsatdi. Uni Britaniyaning savdo markazlari bo'ylab, Manchesterning bolalar shifoxonalari uchun pul yig'ish uchun, turga jo'natishgan edi.
4. Pradadan qog'oz uchun skrepka
Kanselyar skrepkalari juda arzon buyum, ularni arzimagan mayda chaqa evaziga o'nlab va yuzlab sotib olish mumkin. Vaziyat yaqin oragacha shunday edi. Prada mashxur modalar uyi ofis buyumlari ishlab chiqaruvchi industriyasini zabt etishga uning vaqti keldi deb qaror qilishidan avval. Pradaning firma skrepkasi sterlinlangan kumushdan quyilgan bo'lib, u ofis skrepkasiga stillashtirilgan pullar uchun klipsa deb pozisiyalashtiriladi. U 185 dollar turadi. Va ha, ishlab chiqaruvchilar uni qanday atasalar ham, bu baribir oddiy skrepka.
Ommaviy aksessuarni xozirda kamchilik yaxshi baholagan, hamda yangi skrepkani ijtimoiy tarmoqlarda mazxara qilishga ham ulgurishgan. U yerda foydalanuvchilar, Prada uni qanday nomlashga urinmasin, oddiy buyum uchun bu qadar oshirilgan qiymatdan haqoratlangan bo'ldilar.
5. Chanel dan bumerang
Bu moda yangiligi 2017 yilning bahor-yoz mavsumi kolleksiyasi taqdimotida paydo bo'ldi. Yuqori modalar uyi Chanel u uchun 1 325 dollar so'ramoqda. Bumerang savdoda sport kiyimi kolleksiyasining aksrssuari sifatida paydo bo'ldi. Noyob narx - bu yagona tortishuv masalasi emas. Moda qonun chiqaruvchilarida ancha jiddiy muammolar vujudga keldi. Fransuz kompaniyasini Avstraliya tub madaniyati ramzining behurmat va noo'rin ishlatilishida ayblamoqdalar.
Dizaynerlik bumerangi ijtimoiy tarmoqlarda qizg'in diskussiyalarni yuzaga keltirdi. Bir tomondan avstraliyalik aktivistlar Chanel ni qadimiy buyumning ekspluatasiyasi uchun qoralamoqdalar, boshqa tomondan, foydalanuvchilar yangiliklarga yengilroq munosabatda bo'lib, ko'proq e'tiborni haqiqatdan muhim muammolarga berishga chorlamoqdalar.
Chanel kompaniyasi o'z navbatida Yerdagi barcha madaniyatlarni cheksiz hurmat qilishida ishontirgan va kimdir o'zini haqoratlangan deb his qilganidan juda afsusda ekanligini ta'kidlagan. Dizaynerlar bumerang misoli bilan dunyoning boshqa qismilaridagi aholining sport ermaklarini tomosha qilib ilhomlanganlar va xech qanday yo'l bilan Torres bo'g'ozi orollari yashovchilari va aborigenlarning jamiyatiga nisbatan behurmatlik qilish istagi bo'lmagan. Hamda, ular bumerangning madaniy ob'ekt sifatida ahamiyatini kamaytirmoqchi bo'lmaganlar. Biroq, bu kabi uzrlardan so'ng ham, Chanel kompaniyasi tovarni sotuvdan qaytarib chaqirib olmagan.
6. Balenciaga dan xaridlar uchun sumka
Fransuz dizaynerlik uyi Balenciaga sumkalarni 1 130 dollarga sotmoqda. U sumkalar ko'rinish jihatdan nufuzli do'konlarda biron nima xarid qilgan uchun bepul beriladiganlarga o'xshaydi. Lekin, odatiy do'kon sumkalari qalin qog'ozdan qilingan bo'lsa, moda yangiligi 100% mol terisidan qilingan. Sumkaning ushlagichlari ham charmdan (nappadan), ichida esa, kumush furnitura va zamokli chontaklar bilan bezatilgan.
Dizaynerlik sumkasini issiq nondek, tez vaqtda sotib olindi. U sotuv rastalariga kelib tushishga deyarli ulgurmadi. Chunki, xaridlarning ko'p qismi tarmoqlarda qilingan edi. Hamda, bu baland narx va tashqi ko'rinishining ancha oddiy bo'lishiga qaramay.
7. Verments dan narkotik o'tlarni saqlash uchun tumor
Kaliforniya, Massachusets, Nevada va Meynlarda marixuana legalizasiya qilinishi bilanoq, 2016 yili fransuz modalar uyi Verments sotuvga antiqa lotni chiqardi. Narkotik o'tlarni saqlash uchun tumor. Birinchi qarashdan y mashxur brendning nomi yozilgan oddiy tumorga o'xshaydi. Lekin, uning ichida siz olmos shipkalar va magnitli zastyojkalarni topasiz. Tumor kumush va oltindan qilingan ko'rinishlarda bor bo'lib, deyarli 750 dollarga sotilmoqda.
8. Lego ning tilla detalchasi
2017 yilning fevralida Catawiki auksion uyi savdoga dunyodagi eng kam uchraydigan LEGO kublaridan birini qo'ydi. Hamda, uni 20 000 dollarga sotdi. Detalchaning boshqalardan ajralib turuvchi hususiyati bu uning 2,8 gramm sof oltindan qilinganligidadir. Uning narxi 2 118 dollarni tashkil qilishiga qaramay, bu g'ishtchaning asosiy qimmatbaholigi aynan uning kolleksion noyobligdadir. Dunyoda bu kabi detallar 10 tadan ortiq emas deb hisoblanadi. Hamda, ularni 1979-1981 yillarda, 25 yil davomida LEGO kompaniyasining jamoasida ishlaganlarga va alohida biznes-hamkorlarga taqdim etilgan.
9. Tilla tualet qog'ozi
Dunyodagi eng qimmat tualet qog'ozi avstraliyalik Toilet Paper Man nomli kompaniyasi tomonidan qilingan edi. Uch qavatli sifatli qog'oz tarkibida 4,8 gramm oltin bor va kompaniyaning saytidagi ta'kidlashga ko'ra, bu stillashtirilgan gigiena predmetidan foydalanish sizga aql bovar qilmas lazzat bag'ishlar ekan. Bunday tualet qog'ozining faqat bitta o'rami mavjud bo'lib, hamda u 1 219 515,45 dollarga sotiladi. Bu juda foydali bitimga o'xshab jaranglaydi!
2016 yilning oktyabrida Green Pantry uy hayvonlari uchun ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyasi elita mushuklar ovqatini liniyasini yo'lga qo'yganini ma'lum qildi. U to'rt oyoqli do'stlar egalariga bir oyiga 918 dollarga tushadi. Bir yilda sizning mushugungiz taxminan 11 000 dollar yeydi. Bir martalik ovqat qabul qilish uchun siz 15,30 dollar sarf qilasiz.
Har ikki kilogramlik paket oddiysidan ko'ra 30 marotaba qimmat. Hamda, u 10 kunga yetishi kerak. Ovqat tarkibiga qora ikra, to'rlar bilan tutilgan shotland lososi, qo'lda tutilgan norfolk lobsteri, krablat, organik sparja, shafran va lebeda kiradi. Ovqatda konservantlar, bo'yoqlar va GMO maxsulotlari yo'q.
Сообщения из Facebook