Top 25: Dunyodagi eng mashhur me’moriy xatolar
Top 25: Dunyodagi eng mashhur me’moriy xatolar
Go’zal va iqtidorli me’moriy loyihalar ruhni hayajonlantiradi va o’zidan inson tafakkurining noyob muvaffaqiyatlari, ijodiy iqtidori va muhandislik innovatsiyalarini namoyish qiladi. Lekin me’morlar o’z hisob-kitoblarida xato qilishlari ham mumkin, va o’z qobiliyatlarini hamda salohiyatlarini haddan ziyod baholashlari ham mumkin.

Biroq, natijada,yomon dizayn ham ko’pincha ulug’vorlikka sazovor bo’ladi va turistlarni jalb qiladi. Bu yerda sizni dunyodagi eng g’alati, noodatiy, omadsiz va hatto xunuk mehmonxonalar, ko’priklar va minoralar kutmoqda.

25. Tushayotgan Pizan minorasi

25. Tushayotgan Pizan minorasi

Ushbu bino sayyoramizdagi eng muvaffaqiyatsiz loyihalardan biri bo’lishiga qaramasdan, turistik reytinglarda eng baland satrlarni egallaydi. Pizan minorasini 1173 yilda qurishni boshlaganlar, lekin afsonaviy bino mualliflari o’z mehnatlarining oxirini ko’ra olmadilar, chunki qo’ng’iroqning qurilishi 1300 yillarning boshida, qariyb yuz yildan so’ng bitqazildi. Uning fundamenti qo’yilgan yumshoq botqoqli zamin uchun bino bir tomonga engayishni va tushishni boshladi. Quruvchilar bu yirik loyihani qurish uchun mo’ljallangan yerni tekshirishni eslaridan chiqarishdi, shekilli. Ammo xavotirlanmang, siz hali “hovuchda” minorasi bilan rasmga tushishga ulgurasiz – zamonaviy ustalar holatga aralashishdi, va engayish to’xtatildi.

24. Chikagodagi Aon-markaz

24. Chikagodagi Aon-markaz

Klassik tamoyil bilan qurilgan ushbu Standard Oil Building turdagi 346-metrli osmono’par bino bino yirik shaharlardagi boshqa baland bo’yli binolarga o’xshash tuyuladi. Lekin uning o’ziga xos tarixi mavjud. 1974 yildauzoqni ko’rolmaydigan me’morlar Aon-markazning (Aon Center) old tomonini marmar plitalar bilan qoplashga qaror qilishdi. Natijada marmar bo’laklab ulkan balandlikdan tushishni boshladi va qo’shni binolarga zarar ko’rsata boshladi va bu juda ko’p shovqin chiqardi. Quruvchilar xavfli plitalarni qayta qurish va bu 83-qavatli osmono’par binoning old tomonini butunlay boshidan qurish uchun ancha mehnat qilishlariga to’g’ri keldi.

23. Bruklindagi Barclays-markazi

23. Bruklindagi Barclays-markazi

Barclays markazi (Barclays Center) – bu Amerikadagi Bruklin (Brooklyn) shahrining eng asosiy sport arenasi va konsertlar maydoni, va yana uzuncharoq shakldagi vazang rangidagi, kirish tepasidagi tomida katta teshigi bor konstruksiya makonidir.Qiziq dizayn va uning nomidagi katta osmon rang harflar kasalxonanimi, kosmik kemanimi,yoki temir tayyorlash zavodinimi eslatadi, ammo bu bino aynan shahar stadioni sifatida o’ylangan. 

22. Buyuk Britaniyadagi maxfiy razvedka binosi

22. Buyuk Britaniyadagi maxfiy razvedka binosi

Siz mamlakatning eng yaxshi razvedkachilari aynan Angliyaning poytaxtida “yashiringanliklarini” bilardingizmi? London bo’ylab uzoq sayr qilib yurganda qiziq bir binoni uchratish mumkin, va unda britaniyalik mashhur MI6 xizmati bo’lim boshliqlari ishlaydi. Taniqli qahramon Djeyms Bond (James Bond), agent007, aynan mana shu binoda xizmat qilgan. Maxfiy razvedka ningshtab-kvartirasini ko’rinmas va sirli deb atash mumkin, ammo u Qadimgi dunyoning kuchi va ta’sirini singdiruvchi qarorgohdir.

21. Jijkovsk teleminorasi

21. Jijkovsk teleminorasi

Jijkovsk teleminorasi (Žižkov) qadimiy Praganing qoq o’rtasida kelib tushgan haqiqiy boshqa sayyorali kosmik kemaga o’xshaydi. Minoraning ichida ko’rgazma zallari, panoramali maydonlar va restoranlar mavjud. Biroq turistlarni bu yerga konstruksiyaning balandligi emas, rang-barang chiroqlar yoki uning infratuzilmasi ham emas, balki qiziq qora rangli,minora bo’ylab pastga va yuqoriga mo’ralovchi chaqaloqlar haykalchalari jalb qiladi.Dahshatli ko’rinish!

20. Djon Xenkok minorasi

20. Djon Xenkok minorasi

Djon Xenkok minorasi Bostondagi (Boston) eng baland (241 metr) va eng xavfli binodir. Uning qurilishi vaqtida, me’morlar va muhandislar xatolari sababli u vaqti-vaqti bilan to’kila boshlagan edi. Masalan, 1972-1973 yillarda minoradan 200-killogramli shishalar tusha boshladi. Derazalar bosimga shunchaki, chida olmadi va hatto odamlar ustiga tushish xavfi ham bor edi. Xavfsizlik uchun, muammo yechimi topilguncha, birnecha vaqtga binoning old tomonini oddiy fanera bilan o’rab qo’ygan edilar. Quruvchilarga 10334 ta derazani almashtirishga to’g’ri keldi.

19. Vdara mehmonxonasi

19. Vdara mehmonxonasi

Vdara (Vdara) mehmonxonasi– ko’rinishidan qulay xonali hashamatli osmono’par inshoot. Ammo uning lohiyachilaribir muhim xatoga yo’l qo’yishgan, va u haqida biz hozir sizga aytib beramiz. Bino kazino va ko’ngilocharliklarning mashhur poytaxti- Las Vegasda qurilgan. Qoqcho’l or’tasida qurilgan shaharda ob-havo issiq bo’lmasligini kutish qiziqbo’lardi, albatta. Ammo hamma mehmonlarga ham basseyn oldidagi shezlongda cho’zilib va kuni bilan mehmonxonaning shisha devorlaridan aks beruvchi quyoshnurlari ostida erib ketish yoqmasa kerak. Tashrif buyuruvchilar ushbu bino joylashishini rejalashtirayotganlarida me’morlar dam oluvchilarning qulayligini inobatga olmaganliklari haqida tez-tezshikoyat qilishadi. Biroq, siz “tutunli” zagar olishni xohlasangiz, bu joyaynan siz uchun.

18. Arcelor Mittal Orbit Sculpture nazorat minorasi

 18. Arcelor Mittal Orbit Sculpture nazorat minorasi

Sizning e’tiboringizda nafaqat original haykal, balki juda funksional qurilish! 115-metrli Arcelor Mittal Orbit Sculpture minorasi qizil maxluqning ichini eslatadi, ammo aslida, loyiha dizaynerlari Londondagi Olimpiada sharafiga qandaydir ramziy haykalni yaratmoqchi edilar. Natijada, mana shu sirli konstruksiya vujudga keldi. 2015 yilda uni slayd-gorka bilan jihozlashdi.


17. Ryugyong mehmonxonasi

17. Ryugyong mehmonxonasi

Shimoliy Koreya - ko'p ajoyib narsalar mamlakati va Ryugyong mehmonxonasi (Ryugyong Hotel) – bundan mustasno emas. Mehmonxona Pxenyan (Pyongyang) shahrida joylashgan va ko’pincha u o'zining noyob shakli va balandligi (330 metr) bilan mashhur bo'lgan. Mehmonxona 2016 yilda ishga tushirilgan bo'lsa-da, u o'z ishini boshlagani yo’q, bunga sabab Shimoliy Koreyada keskin siyosiy vaziyat, va u yerga hali biron mehmon tashrif buyurgan emas. Ryugyong binosi dizayni bir necha martalab tanqid qilindi, uni nufuzli Esquire jurnalining maqolasiga binoan dunyodagi eng xunuk binodeb, va DailyTelegraph ga ko'ra dunyodagi qurilish loyihalari bo’yicha ikkinchi omadsizi deb atalgan. Shu bilan bir vaqtda, nufuzli Italiya me'mori Stefano Boeri(Stefano Boeri) Ryugyong mehmonxonasini "zamonaviy dunyoda ilmiy-fantastikaning yagona parchasi" deb hisoblaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook