Siganlarni odatda qanday ko’rinishda tasavvur qilamiz? Pul so’rab yurgan, keraksiz mayda-quyda buyumlarni yig’ib olgan va o’ziga butkul qaramagan insonlar sifatidami? Ammo sigan millionerlariga tegishli mazkur suratlarni tomosha qilib, ular haqidagi tasavvuringiz o’zgarib ketsa ajab emas.
Ruminiyaning Buxarestida Buzesku nomli noodatiy va hayratlanarli shaharcha mavjud. Undagi 800ga yaqin uyning har biri millionerlarga tegishlidir. Mazkur uylarning boshqa hashamatli xonadonlardan aslo farq yo’q, ularning sohiblari siganlar ekanligini hisobga olmasa, albatta.
Bu yerda ikki qavatli uylarni deyarli uchratmaysiz. Ikki qavatli uylar 1989 yildagi kommunistik tartib qulaganidan keyin qurilgan eski binolardan sanaladi. Shahardagi asosiy uylar esa 3, 4, 5 qavat villa shaklida qurilgan. Arxitektura borasida hilma-hillikni kuzatishingiz mumkin.
Siganlar bu haqida “Agar biror chiroyli narsani ko’rsak, bizda undan ham yaxshiroq bo’lishi kerak” degan iborani aytadilar. Uylar orasida shveytsarcha uslubda va ulkan ko’rinishda qurilganlari ham, bir qarashda ofis binolarini yodga soladigan va oyna bilan qoplab chiqilganlari ham, ko’rinishidan saroylarni eslatadiganlari ham bor.
Ba’zan ulg’aygan sigan bolalari vafot etgan ota-onalarining 2 qavatli uylarini buzib tashlab, uning o’rniga balandroq va hashamatliroq uylar qurishadi.
Odatda bu kabi uylarda katta yoshli kishilar va kichkina bolalar orqa xonalarda istiqomat qilib, oshxonada taomlanadilar. Ulkan uylar esa bo’m-bo’sh turgandek ko’rinadi. Katta tantana zallariga faqat mehmon kelgandagina kirishlari mumkin.
Badavlat siganlarning kundalik hayoti boshlarnikidan farqlanmasligi hayratlanarlidir. Misol uchun ular uydagi tozalikni saqlash uchun taom tayyorlay olishmaydi. Yoshi katta ayollar esa hanuzgacha tomorqalarda chorva boqishadi, yopinchiqlar tikishadi. Ular ko’p qavatli uylarda yashashga ko’nika olishmaydi.
Bolalarning ota-onasi ko’proq safarda bo’ladilar va biznes bilan shug’ullanishadi. Uyga esa faqat bayramlar, turli marosimlar va motam bo’lib qolgandagina kelishlari mumkin.
Ushbu suratda bolalarning cho’qintirish marosimi uchun beriladigan sovg’a tasvirlangan. Siganlar cho’qintirgan ota-ona uyiga cho’chqa yuborishadi.
Mahalliy siganlar bunday daromadni qayerdan topishlarini ham berkitmaydilar. Ularning asosiy daromadi metall savdosidan bo’lib, 1980 yilda Buzeska oilalari mamlakat bo’ylab aylangancha qozon savdosi bilan shug’ullanganlar. Yaxshi ustalar uchun bu juda ham foydali daromad manbai edi. Siganlar yo’l-yo’lakay savdo qilib, qora va rangli metall o’g’irlaydilar.
1089 yildan so’ng mazkur guruhdan millionerlar chiqishni boshlaydi. Qozon yaratuvchilari va ularning o’g’illari Ruminya hamda Sharqiy Yevropa bo’ylab tashlandiq fabrikalardan qimmatbaho metalllar, mis, po’lat, alyuminiy va kumush qotishmalarini yig’ishadi. “Revolyutsidan so’ng hattoki ahmoqlar ham metall sotib, 5 ta uy qurishi mumkin edi” deydi sobiq qozon sotuvchisi Marin Nikolae.
Suratdagi ushbu egizaklar Gelu va Edi Petrachelar bayram tantanasini kutishmoqda. Ular boshqa siganlar kabi tilanchilik qilish va kambag’allikda yashashga majbur emaslar.
Sigan ota-onalar farzandlariga o’zlari bolalikda mahrum bo’lgan barcha narsalarni muhayyo qilib berishga intilishadi. Aksariyat holatlarda bolalar ulg’aygach, ota-onalaridan sovg’a sifatida mashina va uylarga ega bo’ladilar.
Buzeskolik millioner siganlar ajoyib usul bilan ishlashadi. Ular G’arbiy Yevropaga 3-4 oyga ishlashga boradilar va yaqinlari bilan birga bo’lib, to’y qilish maqsadida qaytib kelishadi.
Siganlarda haligacha erta nikoh odati saqlanib qolgan. Bu yerdagi kelinlarning aksariyat qismi 14, 13 yoshda turmushga chiqishadi. Badavlat siganlar o’z urug’lariga kim a’zo bo’lishi mumkinligiga juda katta e’tibor berishadi va shu sababli to’y qilish masalasida ham kuyov va kelin nomzodini atroflicha o’rganishadi. Ko’p holllarda siganlar to’yi kattalar orasidagi kelishuvlarga asoson bo’lib o’tadi.
Сообщения из Facebook