просмотров
Amir Temurning xaramlaridan yana biri Cho‘lpon Mulk Og‘o begim bo‘lib, Hojibek mo‘g‘illarining qizi edi. U nihoyat darajada go‘zal edi. U sohibqironning 1391 va 1394 yillardagi harbiy yurishlarida birga yurgan. Ibn Arabshoxning ta’kidlashicha, go‘yo vafosizlik qilgani uchun Temur uni o‘zi bo‘g‘ib o‘ldirgan deydi.
Temur xaramlaridan ya’na biri Dilshod Og‘o begim bo‘lib, Sulton Uvays Shayx Hasan Jazoyiring qizi edi. U 776/1374 yilda Amir Temur nikohiga kiradi va 785/1383 yilda kasal bo‘lib o‘ladi. Undan farzand bor yo‘qligi no’malum.
Sohibqironing suyukli xotinlaridan biri - Tuman Og‘o begimdir.
TumanOgo begim Saroy Mulk xonimning akasi amir Musoning qizidir. Xonimga jiyan o‘rnidadir. Tuman Og‘o 1366 yilda tug‘ilib, 1378 yilda 12 yoshida Amir Temurga nikoh qilingan. U xusnda tengi yo‘q bo‘lgan. Uning sharifaga Samarqandda maxsus Bog‘i bihishitni barpo ettirgan. Temur vafotidan keyin Xalil Sulton 1406 yilda Shayx Nuriddin bilan bo‘lgan jangda yengilib, Tuman Og‘o begimni xotinlikka berishga majbur bo‘ladi. Shayx Nuriddin vafot etgach uni Xirotga olib keladilar.
AmirTemurning yana bir xotini Tukal xonimdir, Hizr Xo‘janing qizi edi. 800/1397 yilda sohibqiron Amir Temur Konigulda katta to‘y o‘tkazib, Tukal xonimni o‘z nikohiga kiritadi. Tukal xonim xaramda (xon qizi bo‘lganitufayli) Saroy Mulk xonimdan keyingi o‘rinda turgan, ya’ni "kichik xonim" deb atalgan. 1397 yilda sohibqiron Tukal xonim sharafiga Samarqandda "Bog‘i dilkusho"ni barpo ettiradi.
Ibn arabshohning yozishicha, 1408 yilda Xalil Sulton Mirzoning xotini Shod Mulk begim Tukal xonimni zaharlab o‘ldirgan. Sohibqironingkeyingi paytlarda olgan xotini Ruh Parvar Og‘o bo‘lib, Amir Temurning xoz kanizlaridan edi. Rux, Parvar Og‘o ham yosh va go‘zal ayol bo‘lgan. Uning sohibqirondan farzandi bo‘lmagan.
Amir Temur vafotidan so‘ng Ruh, Parvar Og‘oni Amir Hamza Sulduz xotinlikka olgan. Amir Hamza Sulduz vafotidan keyin Ruh ParvarOg‘oni amir Ali Tarxon o‘z nikohiga oladi. Ali Tarxon vafotidan keyin Ruh, Parvar Og‘oni amir Hasan So‘fi o‘z haramiga olgan. Ruh, Parvar Og‘o 1423 vafot etgan .
Amir Temur farzandlari
O‘gi Begi Xonim Amir Temurning katta qizidir. O‘gi Begi Xonimning onasi Turshush Og‘adir. Shuningdek, O‘gi Begi Xonimning qaysi yilda tug‘ilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
1382yilda O‘gi Begi Xonim to‘satdan og‘ir bedova kasalga uchraydi shu yil oxirida vafot etadi.
Sulton Baxt begim Amir Temurning ikkinchi qizidir. Sulton Baxt begimning onasi sohibqironning ikkinchi xotini O‘ljaoy Turkon Og‘o begim edi.
U 1366 yildayoq vafot etganligi ma’lum. Sulton Baxtbegimning tug‘ilgan yilini 1360-1366yillar orlig‘i deb taxmin qilish mumkin.
Muhammad Jahongir Mirzo
Muhammad Jahongir Mirzo Amir Temurning katta o‘g‘li bo‘lib 1356 yil tug‘ilgan, uning onasiTurmish Og‘odir. 1373 yil yilda Jahongir Mirzo Xorazm shohi Husayn So‘fining qizi Sevinch bekani o‘z nikohiga oladi.
1374 yilJahongir Mirzo Ilyos Yasuriyning qizi Baxt Mulk Og‘oga uylanadi. Undan tug‘ilgan o‘g‘ilga Pir Muhammad Mirzodeb ism qo‘yishadi. Ammo u 1376 yil 20yoshida kasal bo‘lib o‘ladi.
Muhammad Sulton Mirzo Jahongir Mirzoning katta o‘g‘li. U 1376 yil Yusuf So‘fining qizi Xonzodaga uylanadi. AmirTemur taxt vorisi deb bilgan uni. 1399 yil Temur jangga ketayotib Samarqand taxtini Muhammad Sulton Mirzo ishonib topshirib ketadi. Muhammad SultonMirzo bilan amakivachchasi Iskandar Mirzo bilan o‘rtasida kelishmovchilik tufayli amakivachchasini qatl qildiradi.
1402 yilda Boyazid Yildirimga yurishda Temur farmoniga muvofiq ishtirok etadi va qishda qattiq kasal bo‘lib o‘ladi va uning jasadi Oqsharga jo‘natiladi.
Pir Muhammad Mirzo Jahongir Mirzoning 2 o‘g‘li bo‘lib Baxt Mulk Og‘oning o‘g‘lidir.1392 yilda bobosi Temur G‘azna, Qobul, Zobiliston, Qandaxar joylarini topshiradi. U Temurning Hindiston yurishida Qo‘sh qanot bo‘lgan.
Bobosi vafotidan keyin Samarqand uchun voris edi, ammo Xalil Sulton taxtni egallab bo‘lgan edi. UShoxruh Mirzo bilan bitm to‘zib Xalil Sultonga qarshi kurash uchun bitim to‘zadi. 1406 yilda 2 o‘rtada jang bo‘ladi va Xalil Sulton g‘olib bo‘ladi. 1407 yilda Pir Muhammad Mizoning vaziri amir Pir Ali Toz tomonidan bo‘g‘ib o‘ldiriladi.
Pir Muhammad Mirzodan 7 o‘g‘il qoladi. Qaydu Mirzo, Bo‘zanjir Mirzo, Holid Mirzo, Sa’d Vaqqos Mirzo, Qaysar Mirzo, Jahongir Mirzo, Sanjar Mirzo.
Muhammad Jahongir Mirzo Sulton Mirzoning katta o‘g‘lidir. Muhammad Jahongir Mirzoning nabirasi va u 1396 yilda tug‘ilgan. 1409 yil Xalil Sulton taxtdan tushurilgach taxt Ulug‘bek Mirzoga beriladi vaunga Hisor hokimligi beriladi.
Uumrining oxirigacha Hisorda hukumronlik qiladi va 1433 yil 38 yoshida vafot etadi. Uning Muhammad Sulton Mirzo va Xalil Sulton ismli o‘g‘illari qoladi.
Muhammad Sulton Mirzo 1423 yil tug‘ilgan. U otasidan qolgan Hisori Shonmonda hayot kechiradi va 1448 yil vafot etadi. Undan farzand bor yo‘qligi noma’lum.
Sa’dVaqqos Mirzo Muhammad Sulton Mirzoning 2 o‘g‘li. Amir Temurning katta o‘g‘li Muhammad Jahongirning nabirasidir. U 803/1400 yilda tug‘ilgan. U biron viloyatda hukmdor bo‘lmagan.
Yaxyo Mirzo Muhammad Sulton Mirzoning 3 o‘g‘li. U haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. U 1408 yilda 10 yoki 8 yoshida vafot etgan.
Xalil Sulton Mirzo Muhammad Jahongir Mirzoning 2 o‘g‘lidir. Halil Sulton Mirzo ham akasi kabi Hisori Shodmonda hayot kechirib, 1459 yilda vafot etadi. Halil Sulton Mirzodan bir o‘g‘il bir qiz qoladi.
Muhammad Umar Mirzo Xalil Sulton Mirzoning o‘g‘li bo‘lib 1442 yilda tug‘ilgan va Sulton Boyqaro huzurida mulozamatda bo‘lgan.
U bir necha bor Boyqaroga isyon ko‘taradi va bunda Boyqaro isyonni bartaraf etadi. U1471 yil Faroh, qo‘rg‘onini musodara qiladi va Muzaffar boshchiligida qo‘shin jo‘natadi va u ajal sharobini ichib vafot etadi.
Qaydu Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, Temurning o‘g‘li Jahongir Mirzoning nabirasidir. U 1396 yilda tug‘ilgan.
Afg‘oniston yerlarini suyilgor tarzida boshqardi hamda otasiga mulozim xizmat qilgan. Unga nisbatan bir necha amirlar isyon ko‘taradi. Maqsad ukasi Sanjar Mirzoni ko‘tarish edi. Shu asnoda uo‘z yerlarini mustahkamlab oldi va u yerlariga mustaqil ravishda hukmronlik qilish orzusi tushdi. Elchilik mulozamatlarida Shoxruh Mirzo bilan gapi qochadi va Qaydu Mirzoni ushlab 1417 yilda Xirotda barcha gunohlaridan kechadi va qoldiradi. 1418 yil Qandaxorga qochadi. Shoxruh Mirzo o‘g‘li bilan sipoxlarni jo‘natadi va uni ushlab kelishadi. Shoxruh Mirzo uni Ixtiyoriddin qal’asida tashlaydi vashu yerda vafot etadi.
Holid Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 2o‘g‘li bo‘lib 1399 yil tug‘ilgan. U hamShoxruh Mirzo mulozimatida bo‘lgan. U 1427 yilda kasal bo‘lib o‘lgan.
Qaysar Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 4 chi o‘g‘li bo‘lgan. 1401 yilda tug‘ilgan. U hech qayerda hukmronlik qilmagan. U ham Shoxruh Mirzo huzurida ishlagan. 1424 yilda vafot etgan.
Bo‘zanjar Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 5-o‘g‘li bo‘lib, 1402yilda tug‘ilgan. U hech qayerda hukmronlik qilmagan. U ham Shoxruh Mirzo huzurida ishlagan. 1422 yilda vafot etgan.
Jahongir Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 6-o‘g‘li bo‘lib, 1402 yilda tug‘ilgan. U ham hech qayerda hukmronlik qilmagan. U ham Shoxruh Mirzo huzurida ishlagan. 1433 yilda vafot etgan.
Sanjar Mirzo Pir Muhammad Mirzo Qobuliyning 7-o‘g‘li bo‘lib, 1403 yilda tug‘ilgan. U akasi Qaydu Mirzo saroyida mulozamatda bo‘lgan. U isyoni kechirilib, Shoxruh Mirzo o‘z huzurida olib qoladi. U umrining oxirigacha xoqon mulozamatida bo‘lib, 1429yilda Xirotda vafot etadi.
Сообщения из Facebook