просмотров
“Titanik” halokati – butun dunyoni larzaga solgan hodisadir. Musibat minglab hayotlarni olib ketdi, tirik qolganlarda esa xotira yukini qoldirdi. Bazi passajirlar boshqalarga yordam berish maqsadida kemada qolgan, bazilari esa, o’z hayotlarini saqlab qolish uchun qabih ishlarga qo’l urgan. U daxshatli kechada Atlantikaning muzli suvlari insoniyat hissiyotlarining guvohi bo’lgan – jasorat va qahramonlik, shu bilan birga qo’rqoqlik va qabihlik.
Bryus Ismey, biznesmen, “Titanik” tegishli bo’lgan poroxod kompaniyasi, “Uayt Star Layn” boshi (o’ngda – Jonatan Xayd Ismey rolida, “Titanik” filmi)
Ismeyni, ayollar va bolalarga joy bermasdan qutqaruv shlupkasiga o’tirganida ayblashadi. Shu bilan birga, pressa musibatli kechada aynan u kapitanga tezlikni oshirish buyrug’ini berganlikda shubha qiladi. Ismey instruksiyasiga binoan shlyupkalar soni qisqartirilgan – mavjud 20 ta o’rniga “Titanik”da 48 ta shlyupka sig’gan bo’lar edi. Omon qolganlarni qutqaruv kemasiga chiqarib olishganida, Ismey o’ziga alohida kayuta talab qilgan va ko’p vaqt davomida opium ta’sirida bo’lgan.Ismeyni “Titanikning asosiy qo’rqog’i” deb atashgan.
Deniel Bakli ayol qiyofasiga kirib olgan
Bir necha erkaklar bilan birga Bakli qutqaruv shlupkasiga sakragan. Lekin vaqtida yetib kelgan ofitserlar qayiqdan chiqishini va ayollar bilan bolalarni o’tqazib yuborishni talab qilgan. Bunga Deniel yig’lab passajirlar orasiga tiqilgan. Uning so’zlariga qaraganda, pasajirlardan bir ayolning unga rahmi kelib, o’z ro'molini unga bergan. Sakragan erkaklarning ko’pi qaytib chiqqan, ba’zilarini esa ofitserlar otib tashlagan, lekin Bakliga hech kim e’tibor bermagan – uni ayol deb o’ylashgan.
Shlyupkalarga osilgan cho’kayotgan pasajirlarni eshkaklar bilan urishgan
Cho’kayotgan minglab odamlarning qichqirayotganini eshitib, shlyupkada omon qolgan odamlar xudoga shukronalar aytishgan. 20 ta qutqaruv shlyupkasi 1178 ta odamni sig’dira olardi, bu “Titanik” passajirlarining uchdan bir qismiga teng, lekin shluyupkalarning ko’pi yarim bo’sh jo’nagan. Ekipaj a’zolari shlyupkalar qaytishini so’ragan, lekin unga chiqib olgan odamlar, o’girlik ko’payib ketishidan qo’rqib qarshilik ko’rsatgan. Musibat jabrlanuvchilari eng yaqin shlyupkalarga osila boshlagan, biroq ba’zi passajirlar ularni uzun eshkaklar bilan urib tushurishgan.
Robert Xichens
Xichens ekipaj a’zolaridan biri bo’lib, qutqaruv shkyupkalaridan birining kuzatuvchisi bo’lgan. Shlyupka pasajirlari kema cho’kib ketgandan so’ng, yoniga borib tirik qolganlarni qutqarishga qaror qilgan, lekin Xichens bunga qat’iy rad javob berib, cho’kayotganlarni “tayyor murdalar” degan. Bu shlyupkada mashxur “cho’kmas” Molli Braun bo’lgan, va u Xichensni qaytishga ko’ndirgan.
Birgina shlyupka cho’kayotganlarni qutqarish uchun qaytib kelgan
Shlyupka musibat joyiga qaytib kelganida, kema qoldiqlari orasida ko’plab jonsiz tanalar yotardi, ofitserlar yana bir necha odamni qutqarishga muvafaq bo’lishgan.
Mister Karter ayoli va bolalarini cho’kayotgan kemada qoldirib ketgan
1912 yilda Karter xotini va bolalari bilan Yevropa sayohatidan “Titanik”da qaytayotgan edi. Halokat kechasida mister Karter Bryus Ismey orqasidan shlyupkaga sakragan. Halokatdan so’ng Karterlar ajrashib ketishgan, missis Karterning so’zlariga qaraganda: eri uni va bolalarini tashlab, shlyupkaga o’tirb olgan va suzib ketgan. Keyinchalik ular qutqaruv kemasi bortida ko’rishishgan. Mister Karter hech narsa bo’lmaganday nonushda haqida gapira boshlagan.
Masabumi Xosono shlyupkaga berkinib tushib olgan
Oxirgi shlyupka jo’natilayotgan payta, ofitserning “ikkita bo’sh joy” degan gapini eshitib, Xosono o’zini yoqotib qo’ymadi. U shlyupkaga bir erkak sakraganini ko’rib, orqasidan qaytardi. Xosono Yaponiyaning transport vazirligida ishlardi va Rossiyaga vazifa bilan jo’natilgan edi. Qaytishda esa “Titanik” bortiga chiqdi. Amerikada yomon nom orttirdi. Yaponiyaga qaytganida uni qo’rqoq deb tan olib, ishdan bo’shatishdi. Uni xattoki yapon darsliklarida ham axloqsiz odam sifatidagi illyustatsiyalarini ko’rishingiz mumkin.
Tirik qolganlarning ba’zilari o’z jonlariga qasd qilishdi
Vashington Jorjni korrupsiyada shubha qilishayotgan edi, 1919 yil u o’zining boshiga o’q ochdi. Genri Uilliyam Frauental (suratdagi) halokat kechasida, shlyupkaga sakrab, pasajirlardan birining qovurg’asini sindirgan. 1927 yil yettinchi qavatdan sakrab, o’z joniga qasd qilgan. Mister Niskanen, uchinchi klassning omon qolgan pasajirlaridan biri, halokatdan bir necha vaqt o’tib, Kaliforniyaga oltin izlash uchun yo’l olgan. Lekin omadi kelmadi, keyinchalik u o’z uyini yoqib yuborib, joniga qasd qilgan.
Ser Kosmo qutqauv shlyupkasi eshkakchilarini sotib olgan
Ekipajning yetti a’zosi va bir necha pasajirlari bilan, Ser Kosmo Daff Gordon va uning ayoli – umumiy 12 kishi, 40 kishiga mo’ljallangan qutqaruv shlyupkasida suzib ketgan. Aytishlaricha, Kosmo har bir ekipaj a’zosiga, tezkor qutqaruv uchun 5 funt sterlingdan to’lagan.
Ba’zilar kuchuklarni qutqargan
“Titanik” bortida nafaqat odamlar, balki uy hayvonlari ham bor edi. Hayvonlarning ko’plari nobud bo’ldi, lekin bazilari “mo’jiza” bilan tirik qolishgan, shu jumladan ikki shpits va pekines. Ayollar o’z kuchuklarini kiyim yoki paltolariga o’rab, qutqaruv shlyupkalariga bildirmay olib o’tganlar.
Edvard Rayan
Edvard Rayan o’z hayotini ayol qiyofasiga kirib olib qutqarib qolgan. U boshiga sochiq o’rab olib, yuzini berkitib, ofitserlar yonidan o’tib ketgan. Sochiq tufayli, uni ayol deb o’ylashgan. U palubada turgan qizni ushlab qolib, deyarli suvga tushishga ulgurgan shlyupkaga sakrab olgan.
Ekipajning ba’zi a’zolari egoizmning yuqori cho’qqisini ko’rsatishdi
O’zining hayotini har qanday yo’l bilan qutqarishga nafaqat pasajirlar balki ekipaj a’zolari ham harakat qilgan. Masalan, oshxona ishchisi Ritz Pol Maudj jo’nayotgan shlyupkaga sakrab tushib olgan, keyin ekipaj a’zosi uni shlyupkadan samarasiz chiqarib olishga uringan. Shu tunda kemaning o’t o’chiruvchisi radist Xerol Braydning qutqaruv jiletini o’g’irlashga harakat qilgan.
Amerikalik biznesmen Dikinson Bishop shlyupkaga “tasodifan yiqilib tushgan”
“Titanik”da Bishop o’z xotini bilan to’y sayohatidan qaytayotgan edi. Halokat kechasida ayolini qutqaruv shlyupkasiga chiqarishgan, lekin u ham “sirli” yo’l bilan omon qolgan. Biznesmenning so’zlariga qaraganda, palubada uni bort tashqarisiga itarib yuborishgan va u “tasodifan” pastga tushirilayotgan shlyupkaga tushib qolgan. Rostdan ham, baxtli tasodif.
Musibat tunida birinchi bo’lib “katta kishilar” vahimaga tushgan
“Titanik” halokatidan so’ng The New York Times gazetasida “Uayt Star Layn” boshqaruvidan bo’lgann kapitan Roberts maqolasi chop etilgan. Robertsning so’zlariga qaraganda, yuqori lavozimli kishilar, masalan kongressmen va senatorlar, birinchi bo’lib palubada vahima ko’tarib, shlyupkada joylar uchun kurasha boshlagan.
Mayor Artur Godfri Poshan, kanadalik biznesmen
Halokat kechasida Poshan qutqaruv shlyupkasida tasodifiy vaziyat taqozosi bilan paydo bo’lib qolgan. Shlyupka komandirlardan biriga yordam kerak bo’lgan, Poshan o’zini yaxta boshqaruvchisi deb tanishtirgan va unga bortga ruxsat berishgan. Bu kishini tezkor qutqaruv uchun o’zini yaxtachi qilib ko’rsatgani uchun, keyinchalik amerika gazetalarida uni “qo’rqoq egoist” deb atashgan.
Сообщения из Facebook