Dunyoda muxtasham tabiiy ob’ektlar bor bo’lib, bu sharhimizda sizga faqatgina ularning kichik qismigina havola etiladi. Lekin, ular alohida e’tiborga loyiq ekaniga ishonchingiz komil bo’lsin! O’ziga rom etuvchi bu jarliklar, tepaliklar va sohillar go’zalligi bilan bir qatorda eng havfli va hattoki, o’limga olib kelishi mumkinligi bilan ham ajralib turadi. Bunday joylar juda kam uchraydi va oddiy odamlar uchun deyarli yetib bolmasdirlar.
1. Salstraumen (Saltstraumen), Norvegiya
Salstraumen – bu kichik norvegiya ko’rfazi bo’lib, u yerda kemada yurish faqatgina juda ham tajribali dengizchilar qo’lidan keladi. Bu yerdagi suv \ning ko’tarilishlari juda kuchli va keng hamda chuqur bo’lgan suv o’ramalarini vujudga keltiradi. Ular tayyorgarligi yo’q bo’lgan yaxtsmenlar va sayyohlar hayoti uchun jiddiy havf tug’diradi. Tashqaridan qaraganda bu joy juda ham maftunkor bo’lib ko’rinadi. Go’yoki u yerda suv osida hayot qaynaynayotgandek va yuzaga bahaybat tarixiy mavjudot chiqib keladigandek tuyuladi.
2. Gufr Berje g’ori (Gouffre Berger), Fransiya
Bu tubsizlik yer tubiga 1200 metrga kirib ketadi, u aqldan ozdiruvchi bo’lib ko’rinsada, g’orning tubida bahaybat ko’l bor. U yerda bir necha soniyada halok bo’lish mumkin. Yomg’ir yog’ayotgan vaqtda u suv bilan to’la bo’ladi va bu vaqtda Gufr Berjda bo’lgan barcha hayot uchun havfli tuzoqqa tushib qoladi. Bugungacha u yerda ko’p odamlar halok bo’lgan, lekin u o’ziga tadqiqotchilar va go’zallikni yaxshi ko’radiganlarni butun dunyodan rom etavermoqda. Yer osti tubiga yetishga faqat tajribali speliologlar erisha oladilar. Chunki pastga tushish texnik jihatdan juda ham murakkab, hamda professional asbob-qurimalarni talab etadi.
3. Prekestulen qoyasi, Norvegiya (Preikestolen)
Norvegiyada juda baland va qiya bitta qoya bor bo’lib, u bu yerga taxminan muzlik davrining so’nggida – bundan deyarli 10 000 yil avval paydo bo’lgan/ O’sha vaqtda kata muz bo’lagi bo’linib tog’ bo’lagining bir qismini o’zi bilan olib ketgan va bu hayratga soluvchi qiyalikni vujudga keltirgan. Kvadrat va deyarli tekkis maydoncha Norvegiyaning f’ordi Lyuse (Lyse) dan 604 metr balandlikda joylashgan. Lekin u o’z joyida juda uzoq vaqtdan beri tursada, ammo u yemirilishni davom ettiradi. Shunga qaramay u hali millionlab maydoncha chetida turib o’z asablarini qitiqlashni istagan sayyohlani o’zida kutib ola oladi. Prekestulen – mashxur diqqatga sazovor joy va selfi uchun sevimli joydir. Biroq uning baland qiyaligi hushyor bo’lmagan sayyohlar uchun kata havf tug’diradi, agarda siz toyib ketsangiz, sizni o’lim kutadi. Qoyadan butun dunyodan keladigan eng qo’rqmas beysdjamperlar sakraydilar.
4. Katta moviy rang teshik (The Great Blue Hole)
Bu bahaybat suv osti bo’shlig’I Beliz barye rifi qirg’oqlari rayonida joylashgan (Belize). G’or deyarli ideal dumaloq shaklga ega bo’lib, uning tubi deyarli 108 metrda joylashgan. Bu sayyoramizdagi eng chuqur akvalang bilan sho’ng’iydigan dengizdagi teshiklardan biri. O’z vaqtida Jak Kusto (Jacques Cousteau) bu yerda bo’lib, Katta moviy rang teshikni butun dunyoga mashxur qilib yuborgan. Bu yerga sho’ng’ish havfsiz, lekin 40 metrdan chuqurroqqa sho’ng’igan har kim dekompressiv kasalligidan hastalanish havfiga uchraydi.
5. Antilopa Kan’yoni (Antelope Canyon), AQSH
Bu antiq joy AQSHning janubi-g’arbida joylashgan bo’lib, Yerdagi eng go’zal qoyali formasiyalar deb tan olingan. O’z nomini kanyon olov-rang-qizil rangli devorlari antilopalarning mo’ynasini eslatgani tufayli olgan. Biroq bu joy bizning ro’yhatimizga tasodifan tushib qolmadi – bu yerda halok bo’lish mumkin. Yomg’irlar yoqqanida o’ziga maftun etuvchi yoriqlar juda kata tezlik bilan suvga to’ladilar va kuchli oqimlar o’z yo’lida har qanday tirik mavjudotni o’ldirishi mumkin.
6. K2 Cho’qqisi, Gimalay
Ehtimol siz bu tog’ haqida filmni ham tomosha qilgandirsiz. K2 (yoki Chogori) – bu Anapurnadan so’ng dunyodagi ikkinchi eng baland cho’qqi bo’lib, alpinistlar orasida ko’tarilish uchin eng havfli tog’ kabi mashxur. Uning yonbag’rlarida juda ko’p tajribali alpinistlar halok bo’lganlar, lekin u o’ziga ekstremal sharoitlar va Gimalayning aql bovar qilmas go’zallikni sevuvchilarni rom qilishda davom etmoqda. Qishda uning cho’qqisiga hali xech km ko’tarila olmagan. Eng qulay sharoitli oylarda 25% jasur alpinistlar bu yerda halok bo’ladilar. K2 ochilganda beri hammasi bo’lib tog’ taxminan 290 ta alpinistlar tomonidan ishg’ol qilingan (ulardan 66 tasi halo bo’lganlar). Shu vaqtning o’zida Everest yaqinda 4000 ta alpinistlar zabt etishlar belgisidan oshib o’tadi.
7. Do’zax eshiklari, Turkmaniston
Darvaza yoki mahalliy aholi ataganidek, Do’zax eshiklari – bu gazli krater bo’lib, uning vujudga kelishida sovet geologlari aloqdorlar. Skvaginaning razvedkali qazish vaqtida bu yerda ko’chish yuz bergan va kavernadan (bo’shliq) yuzaga katta miqdordagi metan ajralib chiqishni boshlagan. 1980 yili tadqiqotchilar gazni yoqib kurishga qaror qilishdi. Buni toksik moddaning tarqalishini to’xtatish maqsadida qilgan edilar. Lekin, xech kim bu krater bir necha kundan ko’proq yonishini kutmagan edi. Dozax eshiklari deyarli 40 yildan bei yonmoqda va u qachon o’chishi absolyut darajada aniq emas.
Сообщения из Facebook