просмотров
Ulug’Vatan urushi davrida Shoahmad Shomahmudov va uning turmush o’rtog’i BahriAkromova ota-onasini yo’qotib, yetim bo’lib qolgan hamda Toshkentga evakuatsiyaqilingan 15 nafar bolalarni o’z tarbiyalariga oldilar.
Birgina 1943 yilning o’zida temirchi Shoahmad Shomahmudov to’rt marotabaota bo’ldi. U tarbiyasiga olgan bolalar turli millatga mansub bo’lib,familiyalari ham turlicha edi: Raya Maltseva – belorus, Malika Islomova –tatar, Volodya Urusov – rus, to’rtinchisi esa ismini ham bilmaydigan ikkiyoshli bolakay edi. Shoahmad ota unga Nig’mat deb ism qo’ydi.
Shomahmudovlar oilasi “Hurmat belgisi” ordeni bilan taqdirlandi. BahriAkromova esa “Qahramon ona” unvoniga ega bo’ldi. Er va xotin ShomahmudovlarRahmat Fayziyevning “Hazrati inson” romanining hamda shu roman asosida suratgaolingan “Sen yetim emassan” badiiy filmining prototipiga aylandilar. “Sem yetimemassan” filmi 1964 yilda Leningraddagi kinofestivalda “Eng yaxshi tsenariy”(R.Fayziy) mukofotiga sazovor bo’ldi. Shuhrat Abbosov rejissyorlik qilgan ushbu film 1972 yilda esaO’zbekiston Lenin komsomoli mukofotining lauriyati bo’ldi. Ikki yildan so’ngesa Hamza nomidagi O’zbekiston SSR Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.
Toshkentdagi ko’chalardan biri Shomahmudovlar nomi bilan atalgan.
1982 yilda Toshkent markazida “Xalqlar do’stligi” maydonida Shomahmudovlaroilasiga atab “Xalqlar do’stligi” monumenti o’rnatildi. Ushbu monumentningmualliflari – haykaltarosh D. Ryabichev, arxitektorlar L. Adamov va S.Odilov.Bu san’at asari Ulug’ Vatan urushi yillarida SSSR ning turli respublikalaridan15 nafar yetim qolgan bolalarni asrab olgan toshkentlik Shomahmudovlaroilasining ramzidir. Monument markazida temirchi Shomahmudovlarning oilasiniaks ettirgan haykallar kompozitsiyasi o’rnatilgan.
SSSR davrida Shomahmudovlar oilasining dong’i butun mamlakatga taraldi.Urush boshlanishi bilanoq O’zbekiston Respublikasi bir milliondan ortiqodamlarni evakuatsiya qildi, ulardan 200 mingtasi ota-onasini yo’qotgan bolalaredi. Bizning Respublikamizga butun boshli bolalar uyini ko’chirib olibkeldilar. Toshkent vokzalidagi evakuatsiya punkti orqali bir kecha-kunduzda 200tadan 400 tagacha yetim bolalar olib o’tilar edi.
Toshkentlik ayollarning chaqirig’i bilan yetim qolgan va evakuatsiyaqilingan bolalarni boqib olish bo’yicha katta miqyosdagi harakatlar boshlandi. Bubolalarning ko’pchiligi o’zlari haqida hech narsani bilmas edilar. Ularningxotiralarida faqatgina bombalar portlashi, sirenalar ovozi, yaqinlariningo’limi bor edi xolos. Ularning taxminiy yoshini shifokorlar aniqlaganlar,familiya va ismlarini esa yangi oiladagi ota-onalari qo’yganlar. Evakuatsiyabo’lgan bolalarni asrab olish uchun odamlar oilalari bilan vokzalga kelib, buyerdan o’g’il va qizlari bilan qaytar edilar.
Minglab odamlar Shomahmudovlar oilasidan o’rnak oldilar. Ular rus,belorus, moldavan, ukrain, latish, qozoq, tatar kabi turli millatga mansub bo’lgan bolalarga boshpanaberdilar. Butun boshli korxonalar ham yetimlarni otaliqqa ola boshladilar.O’zbekistonda kolxozlar, tramvay parklari, sartaroshxonalar, nonvoyxonalarningo’g’il-qizlari voyaga yeta boshladilar.
Shomahmudovlar oilasining haykali ushbu hamjihatlik hamda SSSR ningturli respublikasidagi turli yoshdagi odamlarning minnatdorchiligi sifatidabarpo etildi. Ushbu arxitektura monumenti o’zbek xalqining mehmondo’stligiramzi va butun boshli g’oyalarning asosi bo’ldi. Ko’pgina rejissyorlar,aktyorlar, yozuvchilar va boshqa kasblarning taniqli namoyondalari Toshkentniikkinchi Vatan deb bilishlarini aytib o’tganlar. Masalan, yozuvchi Dina Rubinaota-onasi evakuatsiya vaqtida Toshkentda tanishganlarini, o’zi ham shu yerdatug’ilganini, shuning uchun Toshkent uning uchun qadrli ekanligini tan oladi.Uning bir qator asarlari uchinchi shaxs nomidan yozilgan. “Ko’chaning quyoshlitarafi” romanining qahramoni ham huddi muallif singari urushdan keyingiToshkentda tug’ilgan.
2008 yilda 12 aprelgao’tar kechasi Toshkentda o’zbek xalqining insonparvarligi va mehr-shafqat belgisi bo’lmish Shomahmudovlar oilasi aksettirilgan Xalqlar Do’stligi Monumenti olib tashlandi.
Hukumat Xalqlardo’stligi saroyini “Istiqlol’ saroyi deb o’zgartirishi ushbu monumentni boshqajoyga ko’chirilishiga sabab bo’ldi.
Сообщения из Facebook